|
1-mavzu: Qoʻshma gap haqida ma'lumot. Bogʻlangan va bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar. Reja
|
bet | 11/11 | Sana | 22.10.2022 | Hajmi | 80.65 Kb. | | #27854 |
Bog'liq 1 mavzu Qoʻshma gap haqida ma\'lumot Bogʻlangan va bogʻlovchisiz 2 mavzu Ergashgan qoʻshma gaplar Bosh va ergash gap 2 soat, Influence of local food on tourist motivation in Bukhara, Thesis paper (18110526)!, Barabanli quritgich (4), KURS ISHI 3Keyingi qism oldingi qismdagi olmosh bilan ifodalangan yoki ifodalanmagan eganing mazmunini izohlab, aniqlab keladi. Misollar: Faqat shu esida: ertasi kuni koʻzini ochganda yonida Sobirjon yoʻq edi. (As. M.) Sizga shu narsa ayon: siz oʻz oilangizda, sovet xalqlarining buyuk doʻstona oilasidasiz. (As. M.) Hozirdanoq koʻrinib turibdi: siz dangasalik, ayyorlikni bilmaydigan yigitga oʻxshaysiz. (A. Q.)
Keyingi qism birinchi qismdagi olmosh bilan ifodalangan kesimning mazmunini izohlab, aniqlab keladi: Yaxshisi shu: bizdan xavotir olmay, erta bilan kapsanchilar oldiga borgin. (A. Q.) Andishaning sababi shudir: Zaynabning ham tanlagani bor. (H. 0.) Shul erur aybim, Muqimiy, mardumi Fargʻonaman. (M.)
Keyingi qism oldingi qismdagi olmosh bilan ifodalangan toʻldiruvchining yoki ifodalanmagan toʻldiruvchining mazmunini izohlab keladi. Masalan: Men bilaman, sizlarga ishonish mumkin. (A. K.) Bildi ota: foydasizdir qiynamoq (H. H.) Bilaman, gʻuroʻrin g yoʻl bermay turibdi. (0.)
Bunday qoʻshma gaplarda izohlanuvchi qism oldin, izohlovchi qism keyin keladi. Koʻpincha she’riy asarlarda bu holat oʻzgarib, izohlanuvchi qism izohlovchi qismning oʻrtasida kelishi mumkin: Dushmanlarga, bilmam, bandi boʻldimi. Xazon qilolmaysan, bilgin, mening bogʻimni. Beklar qatoridan, koʻrdim, uy berdi.
Keyingi qism qoʻshma gapning birinchi qismidagi aniqlovchining mazmunini konkretlashtirib keladi: Adolatxon- dan xunuk bir xabar keldi: u Samarqanddagi maktabni bitirib, Toshkentga ketibdi (A. Q.)
Ayrim qoʻshma gaplarning tarkibidagi qismlarni bir-biriga boglash uchun hech qanday bogʻlovchini qoʻllab boʻlmaydi: Xushxabar olib keldim: garnizon yanchildi, shahar oʻzimizning sovetlar qoʻliga oʻtdi. (As. M.) Bu gapdagi birpnchi va ikkinchi komionent orasida xech qanday bogʻlovchini ishlatib boʻlmaydi. Quyidagi misollarda ham shu holatni aniq koʻrish mumkin: Qani boʻlmasa, biz bilan yoʻrin g, soy boʻyini aylanib kelamiz. (S. Ahm.) Oldingizda bir yoʻl bor, bu — partiyaning yoʻli.
|
| |