1-mavzu: Qoʻshma gap haqida ma'lumot. Bogʻlangan va bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar. Reja




Download 80.65 Kb.
bet4/11
Sana22.10.2022
Hajmi80.65 Kb.
#27854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 mavzu Qoʻshma gap haqida ma\'lumot Bogʻlangan va bogʻlovchisiz
2 mavzu Ergashgan qoʻshma gaplar Bosh va ergash gap 2 soat, Influence of local food on tourist motivation in Bukhara, Thesis paper (18110526)!, Barabanli quritgich (4), KURS ISHI 3, Metrologiya, 121993 (1), Lesson plan, Mustaqil ish, Jismoniy madaniyat bakalavriat ta`lim yo\'nalishida o\'quv jarayonini, 100-104, 415-419, Daily routine1, 02
Zidlov bogʻlovchili bogʻlangan qoʻshma gaplar
Bogʻlangan qoʻshma gap qismlarini oʻzaro bogʻlashda ammo, lekin, biroq kabi bogʻlovchilar va shu bogʻlovchilarga vazifadosh –u (-yu), -da yuklamalari ishlatiladi.
Zidlov bogʻlovchili bogʻlangan qoʻshma gaplardagi mazmun toʻsiqsiz ergash gapli qoʻshma gapdagi mazmunga yaqin boʻladi:bogʻlangan qoʻshma gaplarda ham bir-biriga zid boʻlgan ikki hodisa ifodalanadi. Masalan, Sobir Oʻktamni kabinaga oʻtirishga qistadi, lekin u unamadi. (O. ) – bogʻlan gan qoʻshma gap.
Sobir Oʻktamni kabinaga oʻtirishga qistasa ham, u unamaditoʻsiqsiz ergash gapli qoʻshma gap.

  • Ammo bogʻlovchisi bilan tuzilgan qoʻshma gaplarda qismlardagi mazmun bir-biriga qarama-qarshi qoʻyiladi: Hamroqul suvni ichib, bir oz oʻziga kelganday boʻldi, ammo qayragʻochdagi chumchuqlarning chugʻurlashi negadir koʻnglini ozdirdi. (A. Q.)

  • Lekinbogʻlovchisi ham mazmunan bir-biriga zid ikki sodda gapni bogʻlaydi va ikkinchi qismning boshida qoʻllanib, predikativ qismlardan biridagi voqeaning yuzaga kelganligini koʻrsatadi: Onaxon yangi shaharga kam kelgan, lekin bu koʻchalardagi katta-katta binolar esida qolgan ekan. (As. M.)

Ba’zan ammo, lekin bogʻlovchilari yordami bilan birikkan bogʻlangan qoʻshma gaplarda zidlikni kuchaytirish uchun birinchi gap oxirida -u(-yu) yuklamasi ishlatilishi ham mumkin. Masalan: Qishloqda yumushlarim boshdan oshib yotibdi-yu, lekin kelmaslikka ilojim yoʻq. (0.) Bashorat bilan Tursunoy yugurib-yelib yetib keldilar-u, lekin Safiya Boʻriyevna hali ham uyda yoʻq edi. (As.M.)
Ba’zan (soʻzlashuv nutqida) bu bogʻlovchilar birga qoʻllanadi va ma’no kuchaytiriladi: Paxtamizning hozirgi holati kuzda yaxshi hosil olishga ishontirib turibdi, ammo lekin shu vaqtgacha majlis uchun bironta klubimiz yoʻq, (S. Ahm.)
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 80.65 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu: Qoʻshma gap haqida ma'lumot. Bogʻlangan va bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar. Reja

Download 80.65 Kb.