• Uchinchi kuni
  • 1-mavzu: Qoʻshma gap haqida ma'lumot. Bogʻlangan va bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar. Reja




    Download 80.65 Kb.
    bet8/11
    Sana22.10.2022
    Hajmi80.65 Kb.
    #27854
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    1 mavzu Qoʻshma gap haqida ma\'lumot Bogʻlangan va bogʻlovchisiz
    2 mavzu Ergashgan qoʻshma gaplar Bosh va ergash gap 2 soat, Influence of local food on tourist motivation in Bukhara, Thesis paper (18110526)!, Barabanli quritgich (4), KURS ISHI 3, Metrologiya, 121993 (1), Lesson plan, Mustaqil ish, Jismoniy madaniyat bakalavriat ta`lim yo\'nalishida o\'quv jarayonini, 100-104, 415-419, Daily routine1, 02
    2) holning koʻpgina turlari ham ikki qism uchun umumiy boʻlib keladi: Gʻira-shira yorugʻda uning kulrang yuzi qorayib, koʻzlari sirli yaltiradi. (As. M.) Toshning zarbidan Odinaning boshi yorilib, oʻzi erga yiqildi. (S. A.) Shu payt bak yorilib, benzin quyiga tomon oqa boshladi. (S. Ahm.) Uchinchi kuni rayondan artistlar kelib, daryo boʻyida katta konqert qoʻyib berildi. (A. Q.)

    Qoʻshma gaplarni mazmun munosabati va biriktiruvchi yordamchilarning ishlatilishiga qarab ikki asosiy gruppaga (bogʻlangan va ergashgan qoʻshma gaplarga) boʻlib tekshirgan edik.


    Qoʻshma gaplarning bogʻlovchi vositasiz birikkan koʻrpnishlari yuqoridagicha gruppalashtirishning bir turi emasligi haqida ham ma’lumot berilgan edi.
    Bogʻlovchi vositasiz birikkan qoʻshma gaplarning qismla- ri oʻzaro bogʻlovchilarsiz yoki bogʻlovchi vazifasidagi grammatik shakllarsiz, faqat intonaqiya bilangina birikib, sintaktik butunlikni hosil qiladi.
    Bogʻlovchi vositalarsiz birikkan qoʻshma gaplarni tarkibidagi qismlarning oʻzaro munosabatiga qarab bogʻlangan yoki ergashgan qoʻshma gap deyish qiyin. Chunki bunday qoʻshma gaplar “ba’zan tuzplish jihatidan bogʻlangan qoʻshma gapga, mazmunan esa ergashgan qoʻshma gapga oʻxshaydi: Qitobni sevingiz: u sizning barcha fikrlarni toʻla anglashingizga yordam beradi, u sizni kishilarni hurmatlashga oʻrgatadi. Bu gapdagi qismlar bogʻlovchi vositasiz, faqat intonaqiyaning oʻzi bilangina bogʻlangan.
    Bogʻlovchi vositalarsiz birikkan qoʻshma gaplarda predikativ qismlar bogʻlovchili qoʻshma gapdagiga nisbatan ancha zichroq aloqada boʻladi. Bunday qoʻshma gapning qismlari yaxlit intonaqiya bilan aytilishiga koʻra ketma-ket kelgan alohida-alohida sodda gaplardan farq qiladi.
    Bogʻlovchi vositasiz birikkan qoʻshma gapning qismlari bir-biridan sanash ohangiga oʻxshash tugallanmagan intonaqiya bilan ajralib turadi. Bu intonaqiya sabab, chogʻishtirish, shart ma’nosini, voqealarning ketma-ket yoki bir vaqtda yuzaga kelishini koʻrsatadi. Misollar: Togʻning koʻrki tosh bilan, odam koʻri bosh bilan. (Maqol.) Chol-u kampir bir quchoq gul koʻtarib perronga oʻtdi, Quzak gullarining oʻtkir hidi qoldi havoda.((As. M.) Atrof tinch> choʻponlar quyosh tigʻidan qochib, mizgʻigani kirib ketishgan. (As. M.)
    Bogʻlovchi vositalarsiz birikkan qoʻshma gap oʻz tarkibidagi qismlarning munosabati jihatidan ikki xil boʻladi: 1) teng qismli qoʻshma gap; 2) tobe qismli qoʻshma gap.
    Bogʻlovchi vositasiz birikkan qoʻshma gapning birinchi turida uning qismlari bir-biri bilan mazmunan teng munOsa- batda boʻladi va oʻzaro tenglik intonaqiyasi orqali birikadi. Shu jihatdan boglangan qoʻshma gapga oʻxshaydi. Farqi shundaki, predikativ qismlar orasida teng bogʻlovchilar qoʻllanmaydn: Soat oʻn birlarda ular vodiyga kirib keldilar, bir-biriga tu- tash qishloq koʻchalari boshlandi. (As. M.) Turgʻunoy birinchi tovushni eshitganda seskandi, soʻnggilari esa uni vahimaga soldi. (A. Q.)
    Bogʻlovchi vositasiz birikkan qoʻshma gapning bu turi bogʻlangan qoʻshma gapning ayrim turlariga sinoiim boʻla oladi. Misollarni qiyoslaylik: 1. Qoʻngʻiroq chalindi va dars boshlandi. 2. Unsin bibi qiziga gapirmoqchi boʻlmadi, ammo qizining oʻzi ona yuragini ochishga majbur qildi. (O.) 3. Goho mayin kuy yangrar, goh yoshlarning shoʻx qahqahasi eshitilib qolar edi.
    Keltirilgan misollarning birinchi va ikkinchisida qismlarni biriktiruvchi teng bogʻlovchilarni (va,ammo) tushirib qoldirib, bogʻlovchisiz qoʻllash mumkin. Lekin uchinchi gapdagi bogʻlovchini tushirsak, qoʻshma gapning mazmuni oʻzgaradi; toʻrtinchi gapda esa bogʻlovchini umuman tashlab boʻlmaydi. Demak, bogʻlovchi vositasiz birikkan qoʻshma gapning bu turi biriktiruv va zidlov bogʻlovchisi qatnashadigan bogʻlangan qoʻshma gaplargagina sinonim boʻla oladi.

    Download 80.65 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 80.65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: Qoʻshma gap haqida ma'lumot. Bogʻlangan va bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar. Reja

    Download 80.65 Kb.