|
Mavzu Energetika tizimining avtomatikasini ulash va uni ishlatish
|
bet | 17/85 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 6,42 Mb. | | #153069 |
Bog'liq 1 Mavzu Relel h moya xaq da umum y tushuncha Reja17 Mavzu Energetika tizimining avtomatikasini ulash va uni ishlatish
Reja;
1 Elektr energiyasi ta’minoti
2 Taqsimlovchi uskuna
Elektr energiyasi ta’minotida uzilishi mumkin bo‘lmagan birinchi kategoriya iste’molchilari zaxirali manba bilan ta’minlanishi kerak.
Zaxirali ta’minot manbani avtomatik ulash (ZAU) qurilmasi elektr stansiyalarida, hamda ikki va undan ortiq liniya yoki transformator bilan ta’minlangan tarmoq podstansiyalarida keng qo‘llaniladi. Elektr stansiyalarida ZAU qurilmasi o‘ta Muhim mexanizmlarning elektr motorlari (ta’minlash nasosi, tutun so‘rgich va boshqalar) ulanganda ishlatiladi.
ZAU qurilmasi ikki qismdan iborat. Birinchi qismga ishchi ta’minot manbasi himoyasini to‘ldiruvchi minimal kuchlanish himoyasi kiradi. Bu himoya ZAU qurilmasini ulaydi. Iste’molchilarni elektr energiya bilan ta’minlash to‘xtatilgan barcha hollarda ishchi ta’minot manbasini o‘chirilishini ta’minlaydi.
Ikkinchi qismga ishchi manba uzgichi o‘chirilganda zaxira ta’minot manbasini avtomatik ulanishini ta’minlovchi ulash avtamatika kiradi.
Taqsimlovchi uskuna ishchi liniya bo‘yicha normal ta’minlanadi,(7,1) uning uzgichi V1 ulangan. Zaxiradagi liniya uzgichi V2 normal o‘chirilgan.V2 uzgich 2 yukli yuritma bilan ta’minlangan. V2 uzgichni 3 yukni tushirish yo‘li Bilan ulash mumkin. Uzgich qo‘l bilan yoki Masofali (masofada) ulanadi.Bunda yuritma richagini ozod etuvchi maxsus ulash chulg‘amzanjiri tutashtiriladi.
Ko‘rsatilayotgan sxemda ZAU qurilmasi zaxirali liniyada o‘rnatilgan TN2 kuchlanish transformatoridan ta’minlanadi.
V1 uzgich o‘chirilganda uning yuritmasidagi 1-blok-kontakti tutashadi, natijada ikkinchi yukli yuritma-g‘altak cho‘lg‘amida tok paydo bo‘ladi; g‘altak o‘zakni tortadi va 3 yukni ozod etadi, u esa og‘ib uzgich yuritmasi o‘qini buradi va V2 uzgichni ulaydi, bunda zaxira liniyadan uskuna ta’minoti tiklanadi.
Sxemada uskunaning yig‘ma shinasida kuchlanish yo‘qolganda ZAU ni ishga tushirishni ta’minlovchi minimal kuchlanish relesi (N<) ko‘zda tutilgan, agarda V1 uzgich ulangan bo‘lsa, bunda 5 va 4 rele ishga tushadi, V1 uzgich o‘chadi, V2 esa ulanadi.
TN1 kuchlanish transformatori saqlagichlar yordamida himoyalanganda avtomatik qurilmaning noto‘g‘ri harakati bo‘lmasligi uchun 2 ta kuchlanish relesi o‘rnatiladi, ularning cho‘lg‘amlari har xil fazalarga ulanadi, kontaktlari esa ketma- ket ulanadi.
ZAU qurilmasi ishga tushganda iste’molchilar ta’minotidagi uzilish vaqti himoyaning harakati vaqtlari yig‘indisidan tashkil topadi. Bular uzgichning ishchi manbadan o‘chirish va zaxira ta’minot manbasi ulash vaqtlaridir. Tez harakatlanuvchi rele himoya, uzgich va yuritmalar uchun bu vaqt 0,4-0,5 s tashkil etadi.
Havo elektr uzatish liniyalarida aksariyat qisqa tutshuvlar momaqaldiroqli razryad, qushlar simlarning har xil fazalarni tutashtirishi, simlarning o‘ralashib ketishi va boshqalar natijasida sodir bo‘ladi. Tajribasi ko‘rsatadiki, havo tarmoqlarida Shunga o‘xshash tutshuvlarning aksariyat qismi qisqa vaqtli harakterga ega, chunki shikastlangan qism o‘chirilgandan so‘ng tutshuv joyidagi izolyasiya ko‘p holda tiklanadi va liniya yana ishga ulanishi mumkin.
Ko‘p hollarda qisqa tutshuvlar transformator podstansiyalarida izolyasiyalarni yoki yuqori kuchlanish saqlagichlarining izolyasiyalarini tutashib qolishi natijasida sodir bo‘ladi va u ham qisqa vaqtli xususiyatga ega. Qisqa tutshuvdan so‘ng ular odatda ta’mirlanmay, saqlagichsiz yana ishga tushirilishi mumkin.
Liniyani qayta ulash uchun maxsus qurilma qo‘llaniladi, u yordamida o‘chirilgan liniya avtomatik ravishda yana ishga tushiriladi. Bu qurilma avtomatik qayta ulash qurilmasi (AQU) deb ataladi. Bir tarafdan ta’minlanadigan liniyalarda AQUni samarasi yuqori, AQU ning har bir muvaffaqiyatli harakati iste’molchilar ta’minotining uzilishini oldini oladi. Respublikamiz energetika tizimida bir karra, hamda ko‘p karra harakatlanuvchi uch fazali va bir fazali AQU qurilmalari qo‘llaniladi.
Bir karrali deb liniyani faqat bir martta ulaydigan AQU ga aytiladi, agar liniya yana himoya orqali o‘chirilsa, unda AQU qurilmasi harakatdan to‘xtaydi va ikkinchi martta ishlamaydi. Bir fazali deb, faqat bitta o‘chirilgan fazani qayta ulaydigan AQU ga aytiladi.
AQU qurilmasi elektr relelar yordamida elektrli tamoilda yoki uzgich yuritmasiga mos ravishda mexanik tamoilda bajariladi.
Elektrli AQU elektr magnitli va pnevmatik yuritma bilan ta’minlangan uzgichlarda ishlatiladi. Mexanik AQU qo‘l bilan yoki avtomatik boshqariladigan yuritma (yukli, prujinali) bilan ta’minlangan uzgichlarda ishlatiladi.
Bir karrali qo‘l bilan qaytariladigan elektrli AQU sxemasida oraliq (KL) 4 va ko‘rsatkich (KN) 6 relelar ko‘zda tutilgan.
Relening yuqoridagi kontakti 4 normal holatda yopiq, pastkisi ochiq, uzgich 7 ulangan. Liniyada qisqa tutshuv sodir bo‘lganda releli himoya ishga tushadi va o‘chirish g‘altagi SO yordamida uzgich V o‘chiriladi. Uchirgich o‘chirilgandan so‘ng uning yuritmasi kontaktlari 3 oraliq relesi kontaktlarining OK ulanish solenoidi US zanjirini tutashtiradi va uzgich ulanadi (tok zanjiri: plyus – kontaktlar 3-relening yuqori kontaktlari 4-rele g‘altagi 6-uzgich 7-kontaktlar 1-g‘altak OK- minus).
|
| |