Mavzu Relelarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash




Download 6,42 Mb.
bet35/85
Sana08.02.2024
Hajmi6,42 Mb.
#153069
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   85
Bog'liq
1 Mavzu Relel h moya xaq da umum y tushuncha Reja

34 Mavzu Relelarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash
Reja;
1 Generator nosozliklariga kollektorning ifloslanishi
2 Starter relesidagi kontaktlarning holati
Generator nosozliklariga kollektorning ifloslanishi, cho‘tkalarning yeyilishi, cho‘tka
ushlagich prujinalarining sinishi, sim chulg‘amlarining uzilishi, chulg‘amlar orasidagi qisqa tutashish, yakorni massa bilan qisqa tutashishi, yakor sim chulg‘amlarini uzilishi, tasmaning bo‘shashishi yoki uzilishlari kiradi. O‘zgaruvchan tokli generator va sozlagich relelarni diagnostikalashda 95 uning hosil qilayotgan kuchlanishi kattaligi va holati tekshiriladi. Kuchlanish hamma iste’molchilar ulanganda, 12V dan kam bo‘lmasligi kerak. Benzinli dvigatellardagi me’yoriy ishlayotgan generatorda hosil bo‘ladigan kuchlanish o‘zgarishi 11,2V dan oshmaydi. Ishdan chiqqan diodning kuchlanishni to‘g‘rilash xususiyati kamayib, kuchlanish 2,53V ga oshadi. Bunda voltmetr ko‘rsatayotgan kuchlanishning o‘rtacha miqdori o‘zgarmaydi, ammo akkumulyator va boshqa elektr jihozlarining ishlash muddati me’yoridan qisqaradi. Ko‘rsatilgan nosozlik ossillogramma orqali oson aniqlanadi. O‘zgaruvchan tok generatorida mexanik va elektr turkumidagi nosozliklar bo‘lishi mumkin. Mexanik nosozlik: rotor valining yeyilishi, shponka uyasining kengayishi, podshipnikning yeyilishi va gayka rezbasining shikastlanishi va boshqalar. Ular ko‘zdan kechirish va bo‘laklarga ajratish yo‘li bilan aniqlanadi. Ko‘rsatilgan nosozliklar elektrotexnik va tokarlik ustaxonalarida bartaraf etiladi. Eng ko‘p uchraydigan nosozliklar cho‘tkaning yeyilib ketishi va uni ushlab turuvchi prujinaning elastikligi kamayishi hisoblanadi. Bu nosozliklar detallarni almashtirish yo‘li bilan bartaraf etiladi. Starterning ishlash jarayonida uchraydigan nosozliklar natijasida dvigatelni o‘t oldirib bo‘lmaydi. Bu, o‘z navbatida avtomobil ishga yaroqsiz, degan so‘z. Starterning asosiy nosozliklari. Ularga quyidagilar kiradi: kollektorning ifloslanishi va kuyishi, cho‘tkaning yeyilishi va osilib qolishi, cho‘tka simining uzilib qolishi, erkin yurish muftasining qadalib qolishi yoki shataksirashi, yakor chulg‘amining sochilib ketishi, tortish relesidagi starter ulash kontaktlarining kuyishi, tortuvchi vintlar bilan mahkamlangan qopqoqning bo‘shab qolishi, cho‘tkatutkichning izolyasiyali 96 shaybalari va plastinalarining kuyishi, elektromagnitning g‘altagi vtulkasida tortish relesi yakorining qadalib qolishi, podshipniklarning yeyilishi, yakor vali yuritmasining qadalib qolishi, tortish relesi chulg‘amlarining uzilishi, bufer prujinasining kuchsizlanishi, uyg‘otish chulg‘ami yoki yakorning «massa» bilan qisqa tutashuvi, kollektor plastinalari orasidagi tutashuv, starter ishlayotgan paytda chiqadigan o‘ziga xos shovqinlar va h.k. Stapterga texnik xizmat ko‘rsatish. Starterga texnik xizmat ko‘rsatish uchun uni avtomobildan yechib olib maхsus stend (2.41-rasm) da texnik ko‘rsatkichlari aniqlanadi, so‘ngra, starter zanjiridagi simlar va klemmalarning va starter cho‘tkalari hamda kollektorning holati tekshiriladi. Kollektorning ishchi yuzasi ko‘p kuymagan va silliq bo‘lishi lozim. Ishchi yuza kirlangan bo‘lsa, benzin bilan namlangan toza lattada artiladi. Agar kuyish izini va kirlarni tozalashga erishilmasa, u holda kollektorni mayin oynasimon (donadorligi 80100 bo‘lgan) jilvir bilan tozalash kerak. Cho‘tkalar cho‘tkatutkichda tiqilmay, erkin siljishi hamda ko‘p yeyilmagan bo‘lishi lozim.
Starter relesidagi kontaktlarning holati tekshiriladi, kontakt yuzasi changdan tozalanadi.
Kontaktlar birmuncha kuygan bo‘lsa, ularni mayin oynasimon jilvir yoki mayin tishli tekis egov bilan tozalanadi. Agar kontakt boltlarining kontakt diski bilan tutashadigan joylarida yeyilish katta bo‘lsa, ularni 180°S ga burish lozim. Dvigateldan yechib olingan starterni salt ishlashda va to‘la tormozlanish tartibida tekshiriladi. Salt ishlash tartibida, starter iste’mol qilayotgan tok miqdori va aylanishlar chastotasi tekshiriladi. To‘la tormozlanish tartibida iste’mol toki, kuchlanish va tormozlash momenti o‘lchanadi. Ushbu tartibda starterni ulash davomiyligi 5 soniyadan oshmaydi. Starter shesternyasining o‘q bo‘yicha harakatlanishini tekshirish va rostlashda akkumulyator batareyasining musbat klemmasini starter relesi chulg‘amining chiqarish klemmasiga, manfiy klemmasini esa starter korpusiga («massaga») ulanadi. Bunda rele yakori tortiladi va shesternyani suradi. Shesternyaning yon qismi bilan tirak halqa orasidagi tirqish metall chizg‘ich yordamida o‘lchanadi. Changlardan tozalash uchun starter havo bilan purkaladi. Starterning ichki bo‘shlig‘i kuchli ifloslanganda esa uni qismlarga ajratib tozalash zarur. Starter qopqog‘ini va yuritmasini kirlardan kerosinda namlangan latta yordamida tozalanadi. Ularni kerosinli vannaga botirib yuvish ta’qiqlanadi, chunki erkin yurish muftasi yuritmasidagi va bronzagrafitli g‘ovak sirpanish podshipniklaridagi moylar yuvilib ketishi mumkin. Yuritma harakatlanadigan starter vali SIATIM-201 yoki SIATIM-202 moyi bilan moylanadi. Avtomobilni qishda ishlashga tayyorlashda, yurgazish isitkichini, shuningdek, dvigatelni yurgazishga ko‘maklashuvchi boshqa yordamchi vositalarning holati va ishlashi tekshiriladi. 98 Yoritish va ogohlantirish anjomlari nosozliklarining kelib chiqishi lampochkalarning kuyishi, uzgich-ulagichlarning ishdan chiqishi natijasida ro‘y beradi. Eng asosiy qiyinchilik – faralarning nosozligini aniqlashdan iborat. Yaqinni yoritish chiroqlari 30m, uzoq yoritish chiroqlari 100m masofani yoritishi kerak. Burilish chiroqlarining o‘chib yonish chastotasi 1,50,5Gs ni tashkil qilishi kerak.


Download 6,42 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   85




Download 6,42 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu Relelarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash

Download 6,42 Mb.