|
Mavzu O’lchov asboblarining tuzilishi va ishlash prinspi bilan tanishuv, ularga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash
|
bet | 38/85 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 6,42 Mb. | | #153069 |
Bog'liq 1 Mavzu Relel h moya xaq da umum y tushuncha Reja37 Mavzu O’lchov asboblarining tuzilishi va ishlash prinspi bilan tanishuv, ularga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash
Reja;
1 O‘lchashlar
2 O’lchov asboblarining tuzilishi
O‘lchashlar, o‘lchash usullari va ularning birligini ta’minlash vositalari hamda talab etilgan aniqlikka erishish yo‘llari haqidagi fan metrologiya fani deb ataladi.
Metrologiya yunonchadan olingan so‘z bo‘lib, «metron» o‘lchash va «logos» – mantiq, fan ma’nosini anglatadi. Metrologiya fani asosan quyidagi masalalar bilan shug‘ullanadi:
– o‘lchashlar nazariyasi;
– kattaliklarning o‘lchov birliklari;
– o‘lchash usullari va vositalari;
– o‘lchashlar aniqligini ta’minlash usullari;
--o‘lchov birligi va o‘lchash vositalarining bir xilligini ta’minlash asoslari;
– etalon yoki namunaviy o‘lchash vositalari yordamida ishchi
vositalarga o‘lchov birliklarining o‘lchamlarini uzatish usullari.
O‘lchash
– bu maxsus texnik vositalardan foydalangan holda tajriba yo‘li bilan fizik kattaliklarning qiymatini aniqlashdir.
Fizik kattaliklar
esa sifat jihatdan ko‘pgina fizikaviy obyekt- larda umumiy bo‘lib, miqdor yoki son jihatdan har bir obyekt uchun xususiy bo‘lgan xossadir.
Fizik kattalikning asosiy xossasi uning o‘lchamidir.
Kattalik- ning o‘lchami deb, shu kattalikning tizimidagi asosiy kattaliklar bilan bog‘liqligini ko‘rsatadigan va proporsionallik koeffitsiyenti 1 ga teng bo‘lgan ifodaga aytiladi. Umuman, fizik kattalikning birligi deganda son qiymati 1 ga teng qilib olingan kattalik tushu-
niladi. Ma’lum bir fizik kattalikning birliklari o‘zaro o‘lchamlari bilan farqlanishi mumkin. Masalan, kuch birligi 1 N massasi 1 kg bo‘lgan jismga 1 m/s 2 tezlanish beradigan o‘lcham bo‘lib, quyi- dagi har xil o‘lcham O‘lchashning texnik vositasi deb, o‘lchashda qo‘llaniladigan va me’yorlangan xatolikka ega bo‘lgan vositaga aytiladi. O‘lchash vositalari qo‘llanishiga ko‘ra har xil bo‘lishi mumkin:
namunalar,
elektr o‘lchash asboblari, o‘lchash o‘zgartgichlari, o‘lchash qurilma- lari, o‘lchash-axborot tizimlari.
Namunalar
bir qiymatli (normal element, tarozi toshi va h.k.) va ko‘p qiymatli (o‘zgaruvchan qarshilik, sig‘im va h.k.) turlarga bo‘linadi.
Fizik kattaliklarni o‘lchash uchun o‘lchash asboblaridan foydalaniladi.
O‘lchash asbobi deb, o‘lchash ma’lumoti signalini kuzatuvchi uchun qulay ko‘rinishda ishlab chiqarishga mo‘ljallangan o‘lchash vositasiga aytiladi. O‘lchash asboblari ularning foydalanishi va ishlash prinsipiga ko‘ra turlicha bo‘ladi.
O‘lchash axboroti signalini uzatish, o‘zgartirish, ishlov berish va saqlash uchun qulay, lekin kuzatuvchining bevosita qabul qilishiga noqulay bo‘lgan ko‘rinishda ishlab chiqarishga mo‘ljallangan
o‘lchash vositasi o‘lchash o‘zgartgichi deb ataladi. Vazifasiga ko‘ra, o‘lchash o‘zgartgichlari birlamchi, oraliq, uzatish va masshtab o‘zgartgichlariga bo‘linadi.
O‘lchashlarda turli yordamchi vositalardan ham foydalaniladi.Ular asosiy o‘lchash vositalarining metrologik xossalariga ta’sir etadi .
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari taraqqiyoti o‘lchash-axborot tizimlari bilan bog‘liq. O‘lchash-axborot tizimi – ishlov berishga qulay bo‘lgan o‘l-
chash informatsiyasini avtomatik ravishda hosil qilishga mo‘ljal- langan o‘lchash vositalari (o‘lchovlar, o‘lchash asboblari va o‘lchash o‘zgartgichlari) ni va yordamchi qurilmalarining bir-biriga kanal-
lar yordamida bog‘langan tizimidir.
Turli sohalarda foydalaniladigan barcha o‘lchov vositalari belgilangan talablarga javob berishi kerak. Bunda o‘lchash vositalarining bir xilligi ta’minlanadi, ya’ni o‘lchash vositalari shkalasi tas-
diqlangan birliklarda darajalangan va ularning metrologik xossalari me’yorlarga mos keladi.
O‘lchash vositalari yordamida olingan fizik kattaliklar to‘g‘risidagi axborot o‘lchash informatsiyasi
deb ataladi.
1.2. Asosiy elektr va magnit kattaliklarning o‘lchovlari
O‘lchash aniqligi va ishlatilish sohalariga ko‘ra, o‘lchovlar etalon, namuna va ishchi o‘lchovlar
ga bo‘linadi.
Fizik kattaliklar o‘lchov birligini boshqa o‘lchash vositalariga yuqori aniqlikda uzatish maqsadida saqlash va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan o‘lchov vositasi etalon deyiladi.
Vakolat berilgan davlat tashkilotining qarori bilan u yoki bu davlat hududida o‘lchov birliklarini o‘lchash sifatida qo‘llaniladigan etalon davlat etaloni deb ataladi.
Namuna o‘lchovlar esa ishchi o‘lchovlarni va o‘lchash asboblarini ishonchlash uchun ishlatiladi. Ba’zi bir o‘lchash jarayonlarida namuna o‘lchovlar bevosita qo‘llaniladi.
Ishchi o‘lchovlar bir xil kattaliklardagi bir qancha o‘lchamlarni takror ko‘rsatish uchun ko‘p qiymatli qilib tayyorlanadi.
Elektr kattaliklarning o‘lchovlari sifatida elektr yurituvchi kuch (EYK), elektr qarshiligi, induktivligi va o‘zaro induktivlik hamda sig‘im o‘lchovlari qo‘llaniladi.
Magnit kattaliklarning o‘lchovlari sifatida esa magnit oqimi, magnit maydon kuchlanganligi va magnit induksiya o‘lchovlaridan foydalaniladi.
EYK ning namuna va ishchi o‘lchovlari sifatida normal elementlar qo‘llanilib, ular juda barqaror qiymatga ega EYK hosil qiluvchi galvanik elementdan iborat.
Normal elementlar to‘yingan va to‘yinmagan qilib tayyorlanadi hamda ular bir-biridan konstruksiyasi va hosil qiluvchi EYK ning barqarorligi darajasi bilan farq qiladi. 1.1-rasmda to‘yingan normal element keltirilgan bo‘lib, u H-simon shisha trubkadan iborat va unda trubkaning bir tomoniga quyilgan simob musbat elektrod 2 vazifasini bajaradi. Ikkinchi trubkaning tagida esa manfiy elektrod 3 vazifasini bajaruvchi kadmiyning simobdagi eritmasi quyilgan. Simob ustiga simob sulfat oksidi va kadmiy sulfat aralashmasidan iborat bo‘lgan pasta 4 qatlami joylashtirilgan. Simob sulfat oksidi depolarizator, ya’ni qutblanish hodisasini qaytarish vazifasini o‘taydi. Idishning yuqori qismiga kadmiy sulfatining to‘yingan eritmasi 5 solinadi. Eritmaning to‘yinishini ta’minlash uchun idishning bukilish joyiga (tirsagiga) elektrodlar ustidan kadmiy sulfatining kristallari joylashtirilgan. Normal element tirsaklarining pastki qismiga o‘lchash zanjiriga ulash uchun plastinadan yasalgan elektrodlar kavsharlanadi. Shisha idish yaxshi izolatsiyalangan quti ichiga joylashtirilib, unda termometr
uchun teshik bor (rasmda keltirilmagan).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu O’lchov asboblarining tuzilishi va ishlash prinspi bilan tanishuv, ularga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash
|