|
Mavzu Chegaraviy harorat va elektr jihozlaridan foydalanish jarayonida yo’l qo’yiladigan harorat, haroratni o’lchash, chegaraviy qizishning mezoni
|
bet | 57/85 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 6,42 Mb. | | #153069 |
Bog'liq 1 Mavzu Relel h moya xaq da umum y tushuncha Reja57 Mavzu Chegaraviy harorat va elektr jihozlaridan foydalanish jarayonida yo’l qo’yiladigan harorat, haroratni o’lchash, chegaraviy qizishning mezoni
Reja;
1 Kuchaytirgich koeffitsiyenti
2 Ishchi chastota diapozoni
Kirishdagi kam quvvatli elektr signalini katta quvvatli elektr signaliga aylantirib beruvchi qurilma elektron kuchaytirgich deyiladi. Signalning quvvatini oshirish ta’minlash manbai enerrgiyasi kuchaytirgich tomonidan iste’mol qilish hisobiga bo‘ladi. Shunga ko‘ra kuchaytirgich bu kirish signali vositasida ta’minlanish manbai energiyasini chiqishdagi signali energiyasiga aylantiruvchi qurilmadir. Kirish signali manbai vazifasini mikrofon, fotoelement, pezodatchik va hakoza datchiklar bajarishi mumkin. Chiqish signali iste’molichi deb ataluvchi qurilmalar bo‘lib, ularga telefon, karnay, galvanometr, reley va hakoza bo‘lishi mumkin. Kuchaytirgichning signal manbai, yuklanish va ta’minlash manbai bilan ulanish sxemasi 1-rasmda tasvirlangan.
Kuchaytirgich koeffitsiyenti chiqish va nochiziqli buzilishlar. Kuchaytirgichning asosiy ko‘rsatkichi kuchaytirish koeffitsiyentidir, ya’ni chiqish signali amplitudasining kirish signali amplitudasiga nisbati aniqlanadigan kattalik. Sxemada reaktiv elementlar bo‘lmagan holda va uning ma’lum bir ish rejimlarida kuchaytirish koeffitsiyenti haqiqiy kattalik va u chastotaga bog‘liq bo‘lmaydi. Bu holda chiqish signali kirish signalini shaklan takrorlaydi. Va amplitudasi bo‘yicha K marta farq qiladi. Biroq kuchaytirgich zanjirida reaktiv elementlar mavjud bo‘lganligi sababli kuchaytirish koeffitsiyentining moduli bilan ish ko‘riladi. Kuchaytirgich signalni uchta ko‘rsatkichi bo‘yicha kuchaytiriladi. 1. Kuchlanish bo‘yicha
Murakkab shakldagi davriy signal Fure teoremasiga asosan turli xil amplituda, chastota va fazaga ega bo‘lgan garmonik tashkil etuvchilardan iborat. Bunday murakkab signal kuchaytirgich orqali o‘tganda kuchaytirish koeffitsiyenti kospleks kattalik bo‘lganidan chiqish signali kirish signalida shakl jihatdan farq qiladi. Kuchaytirgich hosil qilgan shakliy buzilishlar ikki xil bo‘ladi. 1. Chastotaga va fazaga bog‘liq bo‘lgan chiziqli buzilishlar. 2. Amplitudaga bog‘liq bo‘lgan nochiziqli buzilishlar. Chiziqli buzilishlarning yuzaga kelishining asosiy sababi reaktiv elementlardir.chiqishidagi signalning chastota bilan bog‘liq bo‘lgan buzilishlari F/U kuchaytirgichning amplituda-chastota tavsifnomasi bilan baholanadi.
Ishchi chastota diapozoni ichida KU kuchaytirgich koeffitsiyentini ma’lum darajada o‘zgarmas bo‘ladi va bu oraliq o‘tkazish sohasi deb ataladi hamda u fn –past fyu – yuqori chegaraviy chastotalar bilan chegaralangan bo‘ladi. chegaraviy chastotalar KU kuchayshtirish koeffitsiyentini 𝐾𝑈0 o‘rtacha f0 chastotalardagiga nisbatan kamayishini aniqlaydi. Chastotali buzilishlar koeffitsiyenti 𝑀 = 𝐾𝑈0⁄𝐾𝑛𝑓 ifoda bilan aniqlanadi va bunda 𝐾𝑛𝑓 tayinli f chastotadagi kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsiyenti. Chatotali buzilishlar ko‘proq chegaraviy chastotalarda yuz berganligi sababli past chastatali va yuqori chastatali bo’zilishlar tushunchalari kiritiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu Chegaraviy harorat va elektr jihozlaridan foydalanish jarayonida yo’l qo’yiladigan harorat, haroratni o’lchash, chegaraviy qizishning mezoni
|