|
1 Mavzu Relelı hımoya xaqıda umumıy tushuncha Reja
|
bet | 68/85 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 6,42 Mb. | | #153069 |
Bog'liq 1 Mavzu Relel h moya xaq da umum y tushuncha RejaElektr o‘tkazgich tarmog‘i yo‘nalishini tanlash. Yer ustidan o‘tkazilgan tarmoq trassasi joyning topografik, injenyer – geologik va gidrometrik sharoitlarini hisobga olgan holda tanlanadi. Odatda gidrotexnik, issiqlik va atom elektrstansiyalari elektr o‘tkazgich tarmog‘ining boshlang‘ich punkti, yirik sanoat majmuasi esa o b) borish qiyin bo‘lgan joylarda 6 – 7 m. 750 kVt bo‘lgan tarmoqlar uchun 12 – 10 m.
O‘zaro parallel joylashgan yuqori kuchlanishli tarmoqlar orasidagi masofa, shu tarmoqlar tayanchi balandligidan kichik bo‘lmasligi kerak. 500 – 750 kVt kuchlanishli tarmoqlar uchun bu masofa 50 – 100 m dan kichik bo‘lmasligi talab etiladi.
Yuqori kuchlanishli tarmoqlar temir yo‘llar bilan kesishgan yoki unga yaqinlashgan holatlarda, tayanch asosidan yo‘l o‘qigacha bo‘lgan masofa tayanch balandligidan 1,5 baravar katta bo‘lishi kerak.
Avtomobil yo‘llari bilan kesishgan holda esa bu masofa shu tarmoq tayanchi balandligidan kichik bo‘lmasligi talab etiladi.xirgi punkti hisoblanadi. Bu punktlar oralig‘ida elektr uzatgich tarmog‘i trassasi imkon boricha qisqa masofada, qulay topografik va injenyer – geologik sharoitga ega bo‘lgan joylardan o‘tishi kerak. Lekin, shu bilan birga yer va suv qonunchiligi asoslari talablarini e’tiborga olish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Elektr uzatgich tarmog‘i trassasi aerodrom, aholi yashash punktlarini, sanoat korxonalari, zapovedniklar, kurort maydonlaridan aylantirib o‘tkaziladi. Trassa qanchalik kam suv xavzalari, injenerlik inshootlarini kesib o‘tsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Daryo bo‘ylab trassa o‘tkazilganda, tanyachlarni iloji boricha suv qoplamaydigan joylarga o‘rnatishga xarakat qilinadi. Tog‘li joylarda esa tayanchlar mustahkam qoyalarga o‘rnatiladi, bu bilan shamol va muzlash ta’siri kamaytiriladi. Trassaning bir necha varianti yirik masshtabli topografik kartada loyihalanadi va eng qulay hisoblangan varianti tanlab olinadi.
Plan olish asosi sifatida taxeometrik yo‘ldan foydalaniladi. Taxeometrik yo‘l o‘tkazishda masofa va nisbiy balandliklar to‘g‘ri va teskari yo‘nalishlarda o‘lchanadi. Ba’zi hollarda avval tomonlari 500 – 1000 m ga teng bo‘lgan asosiy yo‘l o‘tkaziladi. Tomon o‘lchash nisbiy xatoligi 1/500. Plan olish yo‘llari asosiy yo‘lga tayanadi. Trassa bo‘ylab yo‘llarni planli – balandlik bog‘lash 15 – 20 km oraliqda amalga oshiriladi.
Ishchi plan va trassa tarmog‘i profili tayanch markazlarini rejalash loyihasining asosiy hujjati hisoblanadi. Tanyachlarni rejalash, piketlash qiymatlari bo‘yicha yaqin joydagi mahkamlangan nuqtadan teodolit yordamida amalga oshiriladi. Tayanchlar noqulay joylarga to‘g‘ri kelib qolgan holatda, uni tarmoq o‘qi bo‘ylab 3 m gacha siljitish mumkin. Yer ostidan o‘tuvchi tarmoqni ijroiy planga tushirishda tayanchlar orasidagi masofalar va ularning tikligi o‘lchanadi.
|
| |