• Fanni o‘rganish.
  • 1-mavzu: Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi faniga kirish. Fanni o‘rganish. Arxitekturaning mazmuni. Arxitekturaning asosiy turlari. Binoning murakkab texnik tizimliligi




    Download 109.15 Kb.
    bet1/2
    Sana09.11.2022
    Hajmi109.15 Kb.
    #29652
      1   2
    Bog'liq
    1-mavzu
    Abdullaev Salamat (Автосохраненный), Reja Payvandlash yoyining tuzilishi va metall elektrod bilan pa-kompy.info, 2 ОКТ, DIDAKTIK MASHQLAR, МАШҒУЛОТ ТАҲЛИЛИ-1, swot tahlil, Xoshimov????, Mavzu Mehnat va kasbiy ko\'nikmalar vositasida o\'quvchilarni ijt, Abdug, 4-kurs malumot, 2.11-Информатика ўқит.мет-2020 (1), Будь в тренде, 5e4eb9225c2ea, SENARIYSI

    1-mavzu: Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi faniga kirish. Fanni o‘rganish. Arxitekturaning mazmuni. Arxitekturaning asosiy turlari. Binoning murakkab texnik tizimliligi

    Ma’ruzachi: Atamurotov Odilbek Egamberganovich-Qurilish kafedrasi katta o’qituvchisi . 2022 yil sentyabr

    Reja

    • Fanni o‘rganish.
    • Arxitekturaning mazmuni.
    • Arxitekturaning asosiy turlari.
    • Binoning murakkab texnik tizimliligi O'quv adabiyotilar

    Fanni o‘rganish.

    • Arxitektura - bu binolar va inshootlarni loyihalashtirish va qurishga qaratilgan san'at sohasi.

    Qurilish amaliyotida ikki tushuncha, ya’ni “bino” hamda “inshoot” tushunchasi mavjud.

    • Jamiyatning moddiy hamda ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun kishilar tomonidan bunyod etilgan hamma qurilmalar inshoot deyiladi.
    • Kishilarning biron bir ish faoliyatiga mo‘ljallangan va moslashtirilgan, ichki fazoga – bo‘shliqqa ega bo‘lgan yer usti inshootlari bino deb ataladi
    • Amaliy ish faoliyatida foydalaniladigan; binolarga aloqasi bo‘lmagan inshootlar injenerlik inshootlari deb ataladi. Bunday inshootlar to‘g‘onlar, ko‘priklar, televizion minora, tunellar, metro to‘xtash joylari, dudburonlar, suv va don mahsulotlari saqlanadigan katta idishlar va hokazolar, faqat texnik vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan bo‘ladi.
    • Binolarning ichki bo‘limini alohida xonalarga ajratish mumkin uy-joy xonasi, oshxona, sinflar, xizmat xonasi, sex va hokazolar. Bir hil balandlik darajasida joylashgan xonalar qavatlarni tashkil qiladi. O‘z navbatida qavatlararo yopmalar binoni balandligi bo‘yicha qavatlarga ajratib turadi.

    Har qanday binoni bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan qism va elementlarga, ya’ni bir-birini to‘ldirib turuvchi va aniqlab beruvchi uchta guruhga ajratish mumkin:

    • hajmiy rejalashtirish elementlari, ya’ni bino hajmining yirik qismlari qavat, alohida xonalar va hokazolar;
    • konstruktiv elementlar, ya’ni bino tuzilishini aniqlab beruvchi qismlari poydevorlar, devorlar, qavatlararo yopmalar, tom va hokazolar;
    • qurilish buyumlari, ya’ni konstruktiv elementni tashkil etuvchi nisbatan kichik qismlar g‘isht, beton, oyna, po‘lat armatura va hokazolar.

    Download 109.15 Kb.
      1   2




    Download 109.15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi faniga kirish. Fanni o‘rganish. Arxitekturaning mazmuni. Arxitekturaning asosiy turlari. Binoning murakkab texnik tizimliligi

    Download 109.15 Kb.