|
- MAVZU: Kognitiv psixologiyada diqqat tadqiqotlari
|
bet | 17/19 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 164,16 Kb. | | #156992 |
Bog'liq 1-Mavzu Sezgi va idrok umumiy tasavvurlar, yondoshuvlar Sezgi t8- MAVZU: Kognitiv psixologiyada diqqat tadqiqotlari
Psixologiya fanining aksariyat manbalarida diqqat deb psixik faoliyatning yo‘naltirilishi va shaxs uchun maʼlum darajada ahami-yatga ega bo‘lgan obʼektning ustida to‘planishi tushuniladi. Diqqat shunday muhim bir psixik jarayonki, u insonning jamiki faoliyat-larida bevosita ishtirok etadi va ularning muvaffaqiyatli yakunla-nishini taʼminlaydi. I. P. Pavlovningoliy nervfaoliyati haqidagi taʼlimoti, A. A. Uxtomskiy ilgari surgan dominantlik prinsipi va ularning zamondoshlari tadqiqotlari diqqatning fiziologik asoslari va mexanizmlarini ilmiy nuqgai nazardan tushuntirish imkonini yaratdi.
Diqqat bilish jarayonlarini (sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, xayol va boshqalarni) vujudga kelish, rivojlanish va tako-millashishning zaruriy shartidir. Bilish jarayonlarining birli-gi, barqarorligi, o‘zaro ularning uyg‘unligi, samaradorligi, mazmun-dorligi va tizimliligi bevosita diqqatga bog‘liqdir.
Insonning har bir bilish jarayoni faqat diqqat yordamidagina ro‘yobga chiqa oladi (lekin qiziqish va irodaviy aktni eʼtibordan chetda qoldirmaslik shart). Agarda diqqat passiv (faolsiz) qo‘zg‘atuv-chilar yordamida vujudga kelsa, u taqsirda bilish jarayoni mahsul-dorligi keskin kamayadi, hatto tormozlanishi ham mumkin. Diqqat kuchsiz, beqaror, obʼektga to‘planishi zaif bo‘lsa, kishining diqqati uzoq vaqt muaiyan vazifani bajarishga ongli ravishda yo‘naltiril-gan taqdirdagina bilish jarayoni maqsadga muvofiq amalga oshadi, xolos.
Obʼektiv voqeliqdagi narsa va hodisalar, subʼektiv ruhiy ke-chinmalar, muayyan taassurotlar, insonning xulqi, faoliyati diqqat-ning obʼekti bo‘lib hisoblanadi. Diqqat jarayonida ongning voqe-likka nisbatan tanlab munosabatda bo‘lishi (to‘planish, qaratilish, yo‘naltirish, mustahkamlanish) xususiyati namoyon bo‘ladi. Odamning biron-bir obʼektga eʼtiborini yo‘naltirar ekan, u ongida faqat xuddi shu obʼektning o‘zinigina aks ettirib qolmasdan, balki ayni bir davrda qolgan narsalar va hodisalarni ong doirasidan chetda qol-dirmaydi. Diqqatning qo‘lami qanchalik keng doiraga yoyilsa, demak, u tanlangan obʼektning miqdori shunchalik ko‘p bo‘ladi va boshqalar.
Sobiq sho‘ro psixologiyasida diqqat muammosi xorijiy psixolo giya faniga nisbatan ancha murakkab, mustaqil, ilmii manbalarga ega hisoblanadi va u shu bilan o‘zaro farq qiladi. Lekin sobiq sho‘ro psixologiyasida diqqatga nisbatan mukammal, qatʼiy fikr vujudga kelgani yo‘q, lekin uning atrofida juda ko‘p tortishuvlar, munoza-ralar bo‘lib o‘tgan. Diqqatning psixologik tabiati to‘g‘risidagi XX asrning 20-30-yillarda boshlangan ilmiy bahslar to hozirgi kunga-cha davom etib kelmoqda. Ilmiy munozaralarning zamirida asosiy fikr diqqatning bitta obʼektga qaratilishidir. Bu ilmiy model ong-obʼektda tarzda ifodalanadi. Bu g‘oya yirik psixolog P. P. Blon-skiy tomonidan ilgari surilgan va asoslangan. Uningfikricha, odam-ning ongi bitta obʼektga qaratilgandan keyin u atrofdagi narsa va hodisalarni ko‘rmaydi. Ko‘pchilik psixologlar P. P. Blonskiyning bu fikriga qo‘shilmaydilar. Jumladan, atoqli psixolog S. L. Ru-binshteyn mulohazasiga ko‘ra, diqqat ongga ham, obʼektning xususi-yatlariga ham bog‘liq emas. Buning ahamiyatli tomoni diqqatning obʼektga yo‘naltirilishidadir. Mazkur yo‘naltirishning asosiy sa-bablari: shaxs, ehtiyoj, maqsad. Demak, diqqat odamning munosaba-ti orqali ifodalanadi: diqqat-munosabat. Lekin bu o‘rinda odam-ning diqqati shaxsning xususiyatiga aylanib qolmasmikin? Ikkin-chi bir tomondan, odamni diqqatlarining xususiyatlariga qarab, ular-ni o‘zaro bir-biridan farq qilish mumkin.
Psixologiya fanidadiqqatni o‘rganishningyana ikki xil nazariyasi mavjuddir (kursiv bizniki — E. G‘.). Birinchi nazariya negizida ong-ning bir nuktaga yo‘nalganligi yotadi. Ikkinchi nazariyaga binoan uning zamirida organizmning oriyentirovka faoliyati turadi. Ushbu gipotezalarni ilgari surgan psixologlar diqqatni yo‘nalganligi-ning obʼektga bog‘liqligini va unda jarayonni boshqarish imkoniya-ti mavjudligini tushuntirishga harakat qiladi. N. F. Dobrinin, A. N. Leontev, P. Ya. Galperinlarning fikricha, organizmning qidi-ruv harakatlari, oriyentirovka faoliyati ikki qismdan iboratdir.
1. Diqqat qaratilgan tashqi ifodaga ega bo‘lgan obʼektni sezish, idrok qilish. Shu yerda qarama-qarshilik vujudga keladi: chunki obʼekt-ning yo‘qolishi bilan diqqat ham o‘z funksiyasini tugatadi. A. N. Le-ontev mulohazasiga ko‘ra, bu oriyentir faoliyati emas, chunki obʼekt-ning paydo bo‘lishi bilan diqqat ham namoyon bo‘ladi, obʼekt yo‘qbo‘lsa, demak, diqqat ham bo‘lmaydi, deb taʼkidlaydi. P. Ya. Galperin esa obʼektning paydo bo‘lishi bilan diqqat yuzaga keladi. Obʼekt yo‘qol-ganidan keyin esa psixik qism bo‘lgan tekshirish, nazorat qilish jarayoni boshlanadi. Demak, diqqat ongning bir obʼektga yo‘naltiri-lishi va ongli holatni nazorat qiluvchi jarayondan iboratdir, deydi.
Psixologiyada diqqatning «yo‘naltirilishi” deganda psixik faoliyatning tanlovchanligi va ixtiyoriy hamda ixtiyorsizligi tushuni-ladi. Bu to‘g‘rida mulohazalar boshqa sahifalarda davom ettiriladi.
XX asrning 20-yillarda bir qancha psixologlar diqqat muammo-sini ustanovka bilan bog‘lab tushuntirdilar. Buning yaqqol isboti K. N. Kornilov tahriri ostida 1926 yilda chop qilingan psixologiya darsligidagi bir mavzu «Ustanovka va diqqat” deb atalganligidir. Darslikda yozilishicha, qator obʼektlardan bir obʼektni ajratish diqqatning subʼektiv kechinmasidir va buni obʼektiv hodisalar bilan taqqoslash sezgi organlarining ustanovkasidan — ishlash vaziyati-dan iboratdir.
Shunga o‘xshash g‘oya L. S. Vigotskiyning dastlabki tadqiqotlarida ham ko‘zga tashlanadi. L. S. Vigotskiy diqqat bilan aloqador bo‘lgan ikkita ustanovka turini ajratib ko‘rsatadi:
Sensor ustanovka - tayyorgarlikda idrokning ustunligi qobili-yati.
Motor ustanovka - tayyorgarlikda harakatning ustunligi qobili-yati.
Sensor ustanovkada idrok, motor ustanovkada esa harakat ustun-ligi sezilib turadi. L. S. Vigotskiy bularga misol qilib jismo-niy tarbiya mashg‘ulotida komanda (buyruq) berishni keltiradi. Saf-da turganlarga qarab «O‘ng” deb aytamiz. Shu zahotiyoq saflanganlar buyruq oxirini aytishga sensor ustanovka qo‘zg‘aydi «ga !» deyish oyoqlarni aylantirishga moslashish bilan bog‘liq motor ustanovka komanda oxirini eshitishni taʼminlaydi.
Bu yillarda psixologlar ustanovkani kishining ijtimoiy taj-ribasi bilan bog‘liq ravishda tadqiqot qilishga harakat qilganlar. P. P. Blonskiyning mulohazasicha, diqqatning asosida kishining ijtimoiy qiziqishlari yotadi. Psixologlar orasida diqqatni tu-shuntirishda turli qarashlar, nazariyalar vujudga keladi. Vaholan-ki, P. P. Blonskiy diqqat bilan qo‘rquv, vahimani bir narsa deb qaradi. Qo‘rquv - bu diqqatning intensivroq namoyon bo‘lishi, yaʼni maksimal darajada aks etishi deb tushuntiradi. Bu yerda psixik fa-oliyatning maʼnosi butunlay yo‘qotib ko‘rsatilgan tuyuladi va diqqat biologik nuktai nazardan qaralganga o‘xshab ketadi. Biologik pozi-siyada diqqat bosh miya yarim sharlari faoliyati bilan emas, balki vegetativ asab tizimi bilan bog‘liklikda tushuntiriladi.
Tanikli psixolog D. N. Uznadzening diqqatni ustanovka bilan bog‘lash nazariyasiga N. F. Dobrinin qarshi chiqdi. N. F. Dobrinin fikricha, diqqatni ustanovka bilan bog‘lovchi nazariya quyidagi jihatlarni hisobga olmagan. Diqqat haqiqatan maʼlum moslashuvchi harakatlar bilan birga bo‘ladi, lekin bu harakatlarga borib yetmay-di. Agartomoshabin sahnadan o‘girilsa, ko‘zini yumadi, qulog‘ini ber-kitadi, u sahnada nima bo‘layotganiga diqqat qilolmaydi. Sahnaga qarash va eshitish uchun boshqa hamma narsalardan chalg‘ish kerak va idrokni sahnada bo‘layotgan hodisalarga qaratish lozim. Qarab turib ko‘rmaslik, tinglab turib eshitmaslik mumkin. Diqqat shundan ibo-ratki, u nimaga qaratilgan bo‘lsa, uni ko‘rish demakdir. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda N. F. Dobrinin diqqatni kishi psixik faoliyatini biron-bir obʼektga yo‘naltirish va to‘plash bilan boshqa obʼektlardan chalg‘ish orqali tushuntiradi.
Diqqatning psixik faoliyatning qandaydir obʼektga yo‘nalishi va to‘planishi orqali o‘rganishni qator mualliflar tanqid qiladi-lar. Ana shulardan biri S. L. Rubinshteyndir. S. L. Rubinshteyn diqqatni alohida mazmunga (mahsulga) ega emasligiga qo‘shiladi, le-kin uning guvohlik berishicha, diqqatni biror obʼektga tanlab yo‘na-lishi uning fenomenologik xarakteridir. Bunday fenomenologik xarakteristikada ham diqqatning tabiati va xususiyatlari ochilmay qolaverar ekan.
Mana biz diqqat nazariyalari yuzasidan muayyan darajada maʼlu-motga ega bo‘ldik. Ijtimoiy turmushda diqqat xususiyatlarini ahami-yatliligining oshishi uning eksperimental tarzda o‘rnatilishiga muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Diqqatning ahamiyatliligi qanday muammolarda namoyon bo‘lyapti? Ushbu savolga javob berishdan oldin ilmiy-texnika revolyusiyasi kishilar oldiga qanday masalalar qo‘yayot-ganligini taʼkidlab o‘tish maqsadga muvofiq. Bular:
bir vaqtning o‘zida ko‘pchilik obʼektlarni qabul qilish;
distansion boshqarish, yaʼni informatsiyani boshqarish;
har xil operatsiyalarning tez va aniq bajarilishini taʼmin-lash va boshqalar. Bular kishining faoliyatida alohida psixik ja-rayonlarining aniq, ravshan va ravon yuzaga chiqishini taʼminlaydi.
Diqqat taʼkidlab o‘tilgan vazifalarni amalga oshirishda juda muhim rol o‘ynaydi. Diqqatning xususiyatlari, ayniqsa, uning kuchi va barqarorligi tanlovchanligi, bo‘linuvchanligi, ko‘chishi, qo‘lami (hajmi), taqsimlanishi, to‘planishi, mustahkamlanishi kabilarning ahamiyati kattadir. Odamning har qanday faoliyatida diqqatning ishtirok qilishi (qatnashishi), bu faoliyatning samaradorligi va muvaffaqiyatli chiqishini taʼminlaydi. Diqqatning kuchi va barqa-rorligi — bu shunday xususiyatki, buning negizida qilinayotgan ish-ning natijasi ehtiyojni qondirishga xizmat qiladi. Diqqatningkuchi va barqarorligi o‘zi odam faoliyatini biror narsaga yoki hodi-saga muttasil ravishda uzoq vaqt davomida qaratib turilishidir.
Diqqatni faoliyat ustida to‘plash va ushlab turish uchun faoliyatni to‘g‘ri tashkil qila bilish kerak. Masalan, 10—12 yoshli bolalar 40 daqiqa davomida tanaffussiz ishlashlari mumkin. Agar faoliyat qizi-qarli tashkil qilinsa, u holda bundan ham ko‘proq vaqg mashg‘ul bo‘lish-lari mumkin.
Psixolog G. S. Bakradze diqqatning obʼektda to‘planishi faoli-yatning roli haqida qiziqarli ilmiy tekshirish tajribasini o‘tkaz-gan. Agarda diqqatni zaifligini tekshiruvchi o‘z vaktida payqab, unga nisbatan qandaydir muskul harakatini amalga oshirsa, u yana tikla-nadi. Bulardan tashqari, diqqat barqarorligini faoliyatning xa-rakteriga, shaxsning o‘ziga bog‘likligi bir qancha psixologlar tomo-nidan isbotlangan.
Jumladan, A. P. Gazova diqqatning bo‘linuvchanligini ko‘p sta-nokda ishlovchi to‘quvchilarda o‘rganib, juda qimmatli materiallar yig‘adi. Uning fikricha, diqqat bu kasbdagi odamlarda ixtiyorsiz va ixtiyoriy muvozanatlashgan bo‘lishi mumkin. Bir nechta stanokda ish-lash malakalari hosil bo‘lishi natijasida bularda ixtiyoriy muvoza-natlashgan diqqat turi vujudga keladi.
Diqqatning bo‘linuvchanligi ustida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ikkita yoki uchta ishni birdaniga bajarish mum-kin, bunda I. P. Pavlov ko‘rsatganidek, ulardan biri tanish (ishdan oldin bajarilganligini eslatuvchi) va bosh miya yarim sharlar po‘stlo-g‘ida «navbatchi punktlar” mavjud bo‘lsa. Ikkita faoliyatni bir davr-ning o‘zida bajarish uchun faoliyatning biri diqqatni talab qilmay-digan yoki avtomatlashgan bo‘lishi talab qilinadi. Kishida bunday imkoniyat faqat mashq qilish orqaligina yuzaga kelishi mumkin, xolos.
Diqqatning ko‘chuvchanligi mezoni (kriteriyasi) faoliyatimizning bir turdan ikkinchi turga aylanishidir. Jumladan, telefonistka diqqatini tezkorlik bilan bir abonentdan ikkinchisiga ko‘chirishi bunga yorqin misoldir. Diqqatning ko‘chuvchanlik xususiyati sekinla-shuvi uning sifatini pasayishiga olib keladi. Diqqatning ongli ravishda ko‘chishi namoyon bo‘lsa-da, lekin ayrim hollarda ongsiz holat-da inson diqqati bir obʼektdan ikkinchisiga ko‘chishi ham mumkin. Misol uchun tabiat quchog‘iga sayr qilish chog‘ida, kino film tomosha qilishda xuddi shunday ko‘chish holati yuzaga keladi.
Diqqatning xususiyatlaridan keng doirada va aniq o‘rganilgani uning qo‘lami (hajmi) bo‘lib hisoblanadi. Diqqat qaratilgan narsalar va hodisalardan qanchasi ongimiz obʼektidan joy olgan bo‘lsa, demak, uning shu bilan ko‘lami (hajmi) o‘lchanadi. Diqqat (ko‘lami (hajmi) taxistoskop degan asbob yordamida aniklanadi. Taxistoskop ekranida tekshiriluvchilarga bir to‘p harflar ko‘rsatiladi.
Obʼektdagi narsalarni idrok qilishda ularni to‘la aks ettirish mumkin emas. 0, 1 sekund oralig‘ida obʼekt yaqqol namoyish qilinsa, o‘rtacha 5—9 tagacha harflar idrok qilinadi. Agarda tanish so‘zlar id-rok qilinsa, uning ko‘lami 12 tagacha ortishi mumkin. Bu asbob yorda-mida chet el psixologiyasida diqqatning obʼektiv va subʼektiv tip-lari o‘rganiladi: A) obʼektiv tip — kamroq idrok qilinsa-da, lekin aniqligi bilan ajralib turadi; b) subʼektiv tip — ko‘p idrok qilin-sa-da, biroq noaniq, shuningdek, o‘zidan qo‘shilgan ortiqcha element-larga serobdir.
Sobiq sho‘ro psixologiyasi fani namoyandalari, jumladan N. F. Dobrinin o‘zi va shogirdlari o‘tkazgan tekshirishlariga asoslanib, bunday tipologiya diqqatning mohiyatini ochishga yetarli emas, deb hisoblaydi. Turmushda shunday odamlar uchraydiki, ular obʼektni ham ko‘p, ham aniq idrok qila oladilar. Yana shunday toifadagi ki-shilar mavjudki, ular narsalarni ham kam, ham noaniq idrok qiladilar, o‘zlaridan ko‘p narsalarni qo‘shib yuboradilar.
Tadqiqotchi YE. B. Pirogova o‘quvchilarda eshitish va ko‘rish diqqa-tini o‘rganib, eshitish diqqatining ko‘lami (hajmi) ko‘rish diqqati-dan bir necha bor kichikligini taʼkidlab o‘tadi.
P. Ya. Galperin diqqati sust bo‘lgan bolalar ustidan «aqliy xatti-harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasi”ga asosla-nib, bir necha seriyadan iborat tajriba ishlarini olib borgan. «Akdiy xatti-harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish” tajribasi 5 se-riyadan iborat bo‘lib, uning birichi qismida 23 ta sinaluvchi (3-sinf o‘quvchilari) qatnashgan. Ularga 14 ta xatosi bor tekst (matn) berilib, ularni tuzatish vazifasi qo‘yiladi. P. Ya. Galperin nazariyasiga bi-noan, bu asosda bolalarda oriyentirlashni shakllantirish kerak. Shu-ning uchun 1-seriya «Oriyentirlash asosi” deb nomlanadi.
Tajribaning 2-seriyasi esa «Moddiylashtirish” deb atalib, 9 ta sinaluvchidan 20-25 daqiqa davomida o‘tkaziladi. Bu tajriba indi-vidual tarzda olib boriladi. O‘quvchilar tekstdagi xatolarni topib, ularni kartoch.kalardan tekshirishlari (taqqoslashlari) kerak. Taj-ribada 5 ta o‘quvchi ko‘proq qiyinchiliklarga duch kelishadi, ovoz chi-karmasdan o‘qib, tezgina xatolarni tuzatishadi.
3-seriya obʼektni ovoz chiqarib muhokama qilish deyiladi.
Berilgan topshiriqni bajarish jarayoni bir muncha qiyin ko‘cha di. Chunki, hali bu yoshda bolalarda o‘z-o‘zini nazorat qilish shakl-lanmagan bo‘ladi. Shuninguchun tajribada uy topshiriqlarini o‘quv-chilar mustaqil tarzda yechadimi yoki yo‘qmi nazorat qilish ota-ona-lardan iltimos qilinadi.
Va nihoyat, shunga erishildiki, «diqqatsizlik” yo‘qolib, o‘qishga munosabat o‘zgaradi. Ularda intiluvchanlik va qunt shakllanib, o‘z-o‘ziga ishonish, o‘z xatti-harakatlarini nazorat qilish paydo bo‘ladi.
4-seriya shivirlab o‘zi uchun mulohaza yuritishdan iboratdir. Bu seriyada «diqqatsizlik” tufayli qilinayotgan xatolar barham topa-di. Bolalar ushbu bosqichda 0, 2 xatoga yo‘l qo‘yadilar, xolos.
5-seriya — «Dilga jo qilish” («v ume”)dir. Bu seriyada eksperi-mentatorlar o‘z oldilariga nazorat qilish xatti-harakatlarini umum-lashtirish vazifasini qo‘yadilar.
«Shaxmat doskasida figura holati to‘g‘riligini tekshir”.
«Shular orasidagi o‘xshashini top”.
«Namunaviy kartochkadagi raqam bilan bunisidagi (kartochka-dagi) raqam bir xilmi, tekshir”.
«Betartib joylashgan raqamlar ichidan mana bunaqasini top” va boshqalar.
Umuman olganda, 3-seriyaning natijalaridanoq ko‘rinadiki, top-shiriqlar ko‘lamini (hajmini) kengaytirib nazorat qilish xatti-harakatlarini shakllantirishga asos bo‘ladi.
Diqqat muammosini o‘rganuvchi olimlar uning boshqa psixik ja-rayonlar bilan boglikligi va roli masalalarini o‘rganganlar. Jum-ladan, N. N. Lange, A. R Luriya va boshqalar.
N. N. Lange diqqatning iroda, reflektiv, instinktiv, persep-tiv holatlar bilan bog‘liqligini o‘zingiz «Irodaviy diqqat nazari-yasi” asarida ko‘rsatib beradi. A. R. Luriyaning fikricha, kichik yoshdagi bolalarda diqqatning bu holatini ko‘rish oson. Birinchi bosqichda u beqarorligi va ko‘lamining torligi (bola dastlabki yoki maktabgacha yoshida yangi paydo bo‘lgan qo‘zg‘atuvchini yo‘qotadi, oriyentir refleks unda juda tez so‘nadi yoki boshqa qo‘zg‘atuvchilarni tormozlaydi) uchun qo‘zg‘atuvchilar qurshovidagi diqqatni bo‘lolmaydi. Biz o‘quv faoliya-tida diqqatni shakllantirishda irodaviy diqqat bilan emotsional qiziqishning birlashuvi, ko‘z yugurtirish, illyustratsiyalarni chuqur tahlil qilish, mantiqiy urg‘uga eʼtibor berish, tekstdan mantiqiy xatoni topish, tekstdagi nuqsonlarni payqash usullaridan foydala-nib tajriba o‘tkazib, diqqatni asoslaganmiz. Tajribalarda topshi-riqni bajarish uchun unga diqqat yo‘naltiriladi, uni yechish faoliya-tida esa diqqat shakllantiriladi.
Jahon psixologiyasi faniga o‘zining durdona asarlari bilan ta-nilgan olimlardan biri — bu rus psixologi N. N. Lange hisoblana-di. U o‘zining «Irodaviy diqqat nazariyasi” degan kitobida (1893 yilda bosilgan) diqqatning nazariyasiga bag‘ishlangan jamiki ish-larning xronologik tarzda turkumlarga (guruxlarga) ajratib xayrli ishni amalga oshirgan. N. N, Langening nazariy mulohazalarini tur-kumlashtirish muammosi yuzasidan fikrlar P. Ya. Galperinningasa-rida ham keng joy ajratilgan (P. Ya. Galperin, S. L. Kabilnits-kaya. Formirovaniye (eksperimenalnoye) vnimaniya. M. : MGU, 1974).
N. N. Lange diqqat muammosini o‘rganishning qadimgi davrdan boshlab, to XIX asrgacha bo‘lgan rivojlanish bosqichini sakkiz tur-kumga ajratgan holda tahlil qiladi va ularning har birini o‘ziga xos xususiyatlari atroflicha ochib beriladi.
N. N. Lange birinchi turkumga (guruhga) diqqatning motor naza-riyasini yoqlab chiqqan olimlarni kiritadi: R. Dekart, Ya. Friz, F. Bek, G. Lotse, T. Siyen, R. Ribo, N. N. Lange. Taʼkidlab o‘tilgan nazariyalarning barchasida diqqat motor harakatni moslashish nati-jasi sifatida vujudga kelib, shu zahotiyoq predmetni idrok qilish-ni yaxshilaydi yoki g‘oyalarning aqliy jihatdan oqilona tahlil qilish-ni taqozo qiladi. N. N. Langening taʼkidlashicha, bu hol diqqatni nazariy tadqiq qilishdagina namoyon bo‘lib, uch xil o‘zaro o‘xshamagan holatni hisobga olishni taqozo qiladi: a) g‘oya yoki obʼektni dastlab-ki bosqichi payqash, b) ularni idrok qilish jarayonini takomillash-tirish, v) g‘oya yoki predmetini aniq va ravshan idrok qilish natija-sini hisobga olish. Muallifning uqtirishiga binoan, diqqatni tad-qiq qilish uning ikkinchi zvenosiga yo‘naltirilishi lozim, buning shu jarayonga qaratilishi natijasida mazkur jarayon mexanizmini aniqlash imkonini bersin, obʼekt bilan dastlabki tanishishni ta-komillashtirish uchun xizmat qilsin. N.N.Langening shaxsiy nuktai nazari shundan iboratki, har qaysi sezgi va g‘oya qaysidir, harakat bilan bog‘liqbo‘lib, harakatni esga tushirish (tiklash) davomida sezgi va g‘oyaning qo‘shimcha kuchayganligi to‘g‘risida maʼlumot beramiz.
Ikkinchi turkumga N. N. Lange diqqat, ong ko‘lamining cheklani-shi degan nazariyalarni kiritadi: jumladan, I. Garberg, V. Gamil-ton kabilar. Bularningtushuntirishlariga ko‘ra, diqqat bu ong ko‘la-mining cheklanishidan iborat bo‘lib, «kuchlilar” nisbatan kuchsizla-rini siqib chiqarish bilan xarakterlanadi.
Uchinchi turkumga ingliz assotsianistik empirizm klassik naza-riyasi kiradi. (D. Xartli, P. Braun, Dj. Mill, A. Ben kabilar). Mazkur guruhga kirgan olimlarning mohiyatidan iborat bo‘lib, u alohida jarayon sifatida hukm surmaydi. Ana shundan kelib chiqqan holda ushbu psixologik maktabning namoyandalari, sodda his-tuyg‘ular (mam-nuniyat-mamnun bo‘lmaslik) va oddiy xotira bilan tenglashtirib qo‘yadi. Ularning fikricha, diqqatni o‘ziga tortadigan narsa bu qizi-qish bilan bog‘liqdir, maʼlumki qiziqish ning aynan o‘zi-dir: esa obʼektga idrok yoki tasavvurni jalb qiladi, assotsi-atsiya o‘rniga intensivlik, aniqpik, ravshanlik, barqarorlik kabi-larni olib keladi.
Beshinchi turkumni shunday diqqat nazariyalari tashkil qiladi-ki, qaysiki diqqat operatsiyalarining birlamchi ruhiy qobiliyat ta-riqasida namoyon bo‘lishi (G. Leybnits, I. Kant, V. Vundt), ichki iro-da birlamchi ruhiy kuchning avtonomiyasi (U. Djems)dan iboratdir. Bu nazariyalarda diqqatning aktiv xususiyatini tan olishlarini taʼ-kidlab o‘tsalarda, lekin ularchasiga, diqqat hamma narsani tushunti-rish uchun xizmat qilsa-da, biroquning o‘zini xaspo‘shlash juda mush-kul, shuninguchun ularning negizida qandaydir g‘ayritabiiylik (bi-nobarin, noilmiylik) yotadi.
Beshinchi turkumni shunday diqqat nazariyalari tashkil qiladi-ki, ularning talqinicha, diqqat bu oliy nerv markazlaridan keladi-gan qo‘shimcha nerv qo‘zg‘alishlarining faoliyatidan iborat bo‘lib, obraz yoki tushunchalarning kuchayishiga olib keladi (R. Dekart, I. Mil-ler, Sh. Bonne). Bu nazariyalar diqqatni shunday taʼriflaydiki, hissiy organlardan keladigan qo‘zg‘ovchiga markaziy nerv uchastkala-ri nerv impulslarini yuborib turadi, natijada impuls tashqi qo‘zg‘atuvchining u yoki bu tomoniga to‘planadi, ularga qo‘shimcha aniq-lik va ravshanlik kiritadi. Bu o‘rinda N. N. Langening ushbu holat fiziologik gipoteza (taxmin) emas ekanligini aniq payqash qobi-liyatini taʼkidlab o‘tish joiz. Chunki mazkur fiziologik termin-lar, omillar, dalillar zamirida diqqat jarayoni muallif tomoni-dan shaxsan o‘zi kuzatganligi turadi.
Oltinchi tukumini tashkil qilishda N.N.Lange to‘rtinchi guruhda qayd qilingan nazariyaga qaytadan murojaat qiladi. Agarda to‘rtin-chi turkumda appersepsiya va irodaning idealistik talqini yuzasi-dan mulohaza yuritilgan bo‘lsa, oltinchi guruh nazariyalarida ularning ruhiy yoki psixologik aktivligi to‘g‘risida fikr bildiradi.
N. N. Lange yettinchi guruhga diqqatni bir narsa bilan mashg‘ul bo‘lishi faoliyati sifatida talqin qiladigan nazariyalarni kirita-di (G. Ulritsi, G. Lotse). Lekin faoliyat to‘g‘risidagi g‘oya bu olim-lar tomonidan yoritilib berishga harakat qilingan, lekin bir narsa bilan mashg‘ul bo‘lish ruhiy faoliyatini har qanday mazmunli, obʼektiv, predmetli faoliyatga qarama-qarshi qo‘yish to‘la-to‘kis mazmun-siz faoliyat haqida fikr yuritishga olib kelgan.
N. N. Lange diqqat nazariyalariningsakkizinchi turkumini amalga oshirishda nerv jarayonini antogonistik o‘zaro taʼsirini asos qilib oladi. Bunda ongni muayyan obʼektga to‘planishi nerv jarayonlari bilan bog‘liqligi va ular diqqatning fiziologik asosini tashkil qilish mezon ekanligi muallif tomonidan dalillab beriladi. Bu haqida diqqatning o‘rganish metodlari sahifamizda fikrlarni yana davom ettiramiz.
Shunday qilib, N. N. Lange yuqoridagi mulohaza yuritilgan asa-rida bir tomondan, tarixiy, ikkinchi tomondan, ilmiy-eksperimen-tal jihatdan diqqatni yoritib berish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Shu-ning uchun bu asar o‘zining qiymatini hali yo‘qotganicha yo‘q.
|
| |