|
Modem - bu kompyuterni oddiy telefon tarmog’iga ulash uchun mo’ljallangan qurilma. Bu qurilmaning nomi ikkita MO
|
bet | 5/8 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 153,48 Kb. | | #126667 |
Bog'liq 1-Mavzu ma\'ruzasiModem - bu kompyuterni oddiy telefon tarmog’iga ulash uchun mo’ljallangan qurilma. Bu qurilmaning nomi ikkita MOdulyatsiya va DEModulyatsiya so’zlarining qisqartirishidan kelib chiqadi. Telefonda hamma ma’lumotlar tovush signallari holatida, kompyuterda esa raqamli signallar holatida bo’ladi. Shuning uchun bitta modem raqamlarni tovush holatiga o’tkazsa, ikinchisi esa tovushlarni raqamlarga o’tkazadi. Bu holat modulyator va demodulyator deb nomlanganligi uchun bu qurilmalar MODEM deb nomlangan.
Faks-modem shunday qurilmaki, oddiy modemning barcha imkoniyatlariga ega bo’lib, qo’shimcha ravishda rasmli ma’lumotlar, telefaks ma’lumotlarni kompyuterlararo almashish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ayni vaqtda ishlatilayotgan ko’pchilik modemlar faks-modemlar bo’lib, ularning ayrimlari ovoz almashish imkoniyatlariga ham egadir.
Skaner (ingl. scanner, scan - "diqqat bilan o’rganish, tekshirish" ma’nosini anglatuvchi so’zdan olingan) - bu ob’ektni (odatda rasm, matn) tahlil qiladigan, uning raqamli tasvirini kompyuter xotirasida yaratadigan kiritish qurilmasidir. Tasvirni kompyuter xotirasida raqamli tasvirni hosil qilish jarayonini skanerlash deb ataladi.
Tovush tizimlari va kolonkalar. Tovush tizimlari - bu sabbuferlar (kuchaytirgichlar) bo’lib, ular o’zlariga bir necha tovush kalonkalarini birlashtirgan holda tovush eshitishlarni boshqaradi. Kolonkalar esa tovush eshitish qurilmalari hisoblanadi. Ular passiv va aktiv turlarga bo’linadi. Passiv kalonkalar tovush kartalarining ichki ovoz kuchaytirgichlari hisobiga ishlaydi. Aktiv kalonkalar o’zlarining tovush kuchaytirgichlariga ega bo’ladi, shuning uchun ularda tovush eshitilishi kuchliroq va sifatliroq bo’ladi.
Mikrafon - bu qurilma ovozli ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga kiritish qurilmasi bo’lib, u ovoz kartasi qurilmasiga ulanadi.
Web kamera - bu real vaqt rejimida video ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga kiritish uchun xizmat qiladi. Bu qurilmadan video konferensiyalar o’tkazishda foydalaniladi.
|
| |