TJABT sinfining asosiy xarakteristikalari
|
Asosiy funksional belgilari
|
Boshqarish obyektlariga misollar
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1
|
Mantiqiy dasturli boshqarish tizimlari (bir tipdagi texnologik qurilmalar, guruhlari bilan)
|
Vaqtning boshqarilayotgan qurilmalar orasida tartib bilan bo’linib, qat’iy yoki yarim qat’iy dastur asosida to‘g‘ridan- to‘g‘ri raqamli boshqarish
|
Nazorat qilinayotgan bo‘limlarning avtomatlashtirilgan guruhi yoki elektron texnika buyumlarining sinovi, shuningdek, mexanik ishlov berish dastgohlari, vakuum haydash bo‘limlari, issiqlik uskunalari
|
2
|
Optimal boshqarish tizimlari (texnologik jarayon yoki texnologik qurilma tartibi)
|
Tanlangan matematik modellar va obyektlardan kelayotgan axborotlar asosida masalani optimal hisoblash-sozlash ta’sirlari yoki tavsiyalarni operatorga real vaqt masshtabida berish
|
Kimyo reaktorlari, truboprokat stanlari, diffuziya pechlarining guruhi, neftni dastlabki ishlash qurilmalari
|
3
|
Kompleks boshqarish tizimlari (texnologik , bo‘lim, sex)
|
Texnologik va tashkiliy ishlab chiqarish axborotlarini avtomatik yoki yarim avtomatik tarzda yig‘ish, hisoblash, aniq ifodalash, texnologik jarayonlarni operativ xodimlar orqali boshqarish
|
Integral sxemalar kiyeskoplarning texnologik yo‘llari, atom elektrostansiyasining energo bloki, sulfat kislota ishlab chiqarish, domna pechi, issiqlik elektrostansiyalari
|
Texnologik jarayonlar darajasidagi boshqarish tizimlari real vaqt masshtabida, ya’ni texnologik jarayonlar bilan bir vaqtda ishlashi lozim. Bu holda boshqaruvchi hisoblash mashinasiga (BHM) axborotlar hajmi cheklangan massivlar shaklida emas, balki amalda cheksiz tasodifiy ketma-ketliklar shaklida beriladi. Axborotlarni qayta ishlash esa cheklangan vaqt birligida bajariladi, ularning qiymati boshqarish vazifasi va obyektlarning dinamik xususiyatlariga bog‘liq. Bundan TJABT larni algoritmik ta’minlashda qo‘shimcha talablar vujudga keladi: ular o‘zlarini iqtisodiy jihatdan oqlashlari lozim, ya’ni birinchidan, axborotni qayta ishlashga ketgan vaqt bo‘yicha, ikkinchidan esa BHM ning xotirasidan foydalanish hajmi bo‘yicha, boshqacha qilib aytganda kelayotgan axborotni o‘z vaqtida «ko‘rib chiqish» kerak. Bu talablarga iterativ siklik hisoblash (staxostik approksimatsiya yo‘li bilan hisoblash, rekursiv regressiya yo‘li va shu kabilar) usuli javob beradi. Ulardan quyidagi masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin:
1) texnologik nazorat va texnika-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash vazifalarini o‘rganganda kerakli foydali signalni ajratib olish;
2) ko‘p o‘lchashli, raqamli boshqarishda;
3) identifikatsiyalash va adaptatsiyalashda;
4) optimallash va koordinatlashda.
Texnik darajasi va murakkabligining ortishiga qarab TJABT ni lokal, kompleks va integrallangan tizimlarga ajratish mumkin.
Lokal TJABT lar — kam sonli bir turli asosiy yoki yordamchi operatsiyalar texnologik jarayonlarining avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari. Bu oraliq bosqich bo‘lib, u yanada murakkab tizimga o‘tishi lozim. Bunday tizimlar avtomatik ravishda bajargan vazifalarining kamligi bilan xarakterlanadi va bunda TJABT ning 0,1, 2-sinflarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
|