|
1-mavzu. “Tizimli tahlil” faniga kirish. Fanning asosiy tushunchalari
|
bet | 4/5 | Sana | 27.02.2023 | Hajmi | 133.18 Kb. | | #43619 |
Bog'liq 1 Maruza 1-maruza mavzu, Fizika. 7-sinf (2017, P.Habibullayev, A.Boydedayev), ed002c09-944c-44b3-b66c-94bf390f0d16, Filogenez - Vikipediyaochiq tizim – tizimdagi ichki jarayonlar koʻp jihatdan tashqi muhit ta'sirida tomonidan belgilanadigan va oʻzlari unga jiddiy ta'sir qiladigan sistemalar.
yopiq tizim – ishlash jarayonida faqat tizimning oʻzida hosil boʻlgan ma'lumotlardan foydalanadigan tizimlar.
Tizimlar makon va vaqt ichida (dinamik tizim) ishlaydi. Tizimning ishlash jarayoni bu tizim holatining oʻzgarishi, uning bir holatdan ikkinchi holatga oʻtishidir.
Shunga koʻra tizimlar quyidagilarga boʻlinadi:
Statik tizim – bitta mumkin boʻlgan holatga ega tizimlar;
Dinamik tizim – vaqt oʻtishi bilan bir holatdan ikkinchisiga oʻtish sodir boʻlgan koʻplab holatlarga ega tizimlar.
Shuningdek, oldingi mavzuda qisqacha toʻxtalganimiz, katta va murakkab tizimlarning ushbu snflari ham mavjud:
Oʻz-oʻzidan ishlaydigan tizimlar (avtotizim)– bu jarayonlar, ishlar, protseduralar amalga oshiruvchi, qoʻyilgan texnologik va boshqa jarayonlar borishini ta’minlovchi va binobarin masalani hal qiluvchi va qoʻyilgan maqsadga erishuvchi tizimlardir:
Texnik tizimlar – inson tomonidan qoʻyilgan masalani uning ishtirokisiz bjara oladi (masalan, avtomatik oʻt oʻchirish tizimi, signalizatsiya tizimi kabilar);
Tashkiliy tizimlar (tashkily boshqaruv tizimlari) – bu shunday tizimlarki, ularning tarkibida insonlar boʻladi (inson-mashina tizimlari).
Har qanday tizim oʻzining ichki holatiga, kiruvchi ma’lumotlarni chiquvchiga (ichki bayon) aylantiruvchi ichki mexanizmga, shuningdek tashqi koʻrinishlarga (tashqi bayon) ega.
Ichki bayon tizimning tabiati, uning ichki tasnifining maqsadlarga, ichki tizimlarga (elementlarga) va tizimdagi resurslarga mos kelish (mos kelmasligi) haqida ma’lumot beradi.
Tashqi bayon – boshqa sistemalar bilan, boshqa sistemalarning maqsadlari va resurslari bilan oʻzaro aloqasi haqida ma’lumot beradi.
Tizimning tashqi bayoni uning ichki bayoni bilan aniqlanadi.
Tizimning morfologik (tasnifiy yoki topologik) bayoni – bu tizimning tuzilishi yoki tasnifining yoki bu tizim A elementlari toʻplamining va maqsadga erishish uchun tizimning bu elementlari oʻrtasida R zaruriy munosabatlari birlashmasining bayonini bildiradi.
|
| |