Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida qo‘llaniladigan
traktorlar quyidagi
turlarga bo‘linadi:
Traktorlar ilgagidagi tortish kuchini miqdori bo‘yicha : 2, 6, 9, 14, 20, 30, 40,
50, 60, 70 kN sinfga bo‘linadi.
Belgilangan ishlarni bajarishiga qarab:
umumiy ishlarni bajaradigan traktorlar
(yer haydash, tekislash, ekishdan oldin tuproqqa ishlov berish va b.);
universal-
chopiq traktorlari
(ekinlar qator
oralariga ishlov beradigan, yuklarni tashiydigan);
maxsus traktorlar
(bog‘ va uzumzorlarda, botqoq, tog‘ oldi mintaqalarda
qo‘llaniladigan) turlarga bo‘linadi.
Yurish qismini tuzilishiga qarab: g‘ildirakli (3x2, 4x2, 4x4 ko‘rinishida);
zanjirli va qisman zanjirli bo‘ladi.
Asosini tuzilishiga qarab: ramali, yarim ramali, ramasiz turlarga bo‘linadi.
Traktorlarning geometrik ko‘rsatkichlariga (1.7-rasm)
ularning tashqi
o‘lchamlari: uzunligi, balandligi va eni, bazasi, kinematik uzunligi, agrotirqishi,
koleyasi, shina
kengligi, g‘ildiraklar formulasi kiradi.
1.7-rasm. Traktorning asosiy o‘lchamlari: e-uzunligi: b-balandligi; g- eni; c-
bazasi; d-kinematik uzunligi; i-agrotirqish; k- koleyasi; a- shina kengligi.
Traktorning asosiy texnik ko‘rsatkichlariga uning tortish sinfi (kN), g‘ildirak
formulasi, dvigatel modeli va quvvati (kW yoki ot kuchi), uzatmalar soni (oldiga va
orqaga), harakat tezligi (oldiga va orqaga, km/soat), g‘ildiraklar oralig‘i (oldingi va
orqa g‘ildiraklar bo‘yicha, mm), g‘ildirak bazasi (mm), konstruksion massasi (kg) va
tashqi o‘lchamlari (uzunligi, kengligi va balandligi, mm) kiradi.
Traktorlarni qishloq xo‘jaligida qo‘llanishi
Ma’lumki, qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtiriladigan maydonlar tog‘li, tog‘
oldi, tekislik va cho‘l mintaqalarda joylashgan bo‘lib, har bir mintaqaning o‘ziga xos
xususiyatlari mavjud va ekiladigan ekinlari turlichadir. Bu holatlar qishloq xo‘jaligi
ekinlarini yetishtirishda maxsus traktorlardan foydalanishni taqoza etadi.
Bunda foydalanish sharoitining ko‘rsatkichlariga,
yerning relefi, ekin
maydonlarining shakli va o‘lchami, tuproqning solishtirma qarshiligi hamda ularga
qo‘yiladigan agrotexnikaviy talablar asosiy mezonlar sifatida kiradi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish
texnologik jarayonlarni amalga oshirishda foydalaniladigan agregatlarning asosiy
energiya manbai sifatida ilmoqdagi tortish kuchi 6 kN dan 50 kN gacha bo‘lgan
g‘ildirakli va zanjirli traktorlardan keng foydalanib kelinmoqda.
Ko‘p energiya talab etiladigan (yer haydash, chizellash, chuqur yumshatish va
boshqalar) hamda yuzasi 10 gektardan va uzunligi 300
metrdan katta dalalardagi
ishlarni bajarishda hozirgi zamon yuqori quvvatli umumiy ishlarni bajaradigan
Axion-850, MX-250, Arion-640S, Magnum-7240, K-701, T-150K, XTZ-181, VT-
150 rusumli traktorlar keng qamrovli mashinalar bilan, xuddi shu ishlar, lekin kichik
va o‘rtacha maydonlarda T-401, VT-100, TS-6070, Axsos-320S traktorlaridan
foydalanish yaxshi samara beradi.
Ekishdan oldin yerlarni tayyorlashda (tirmalash, disklash, chizellash, molalash,
yer tekislash va boshqalar) asosan T-4A, VT-100, VT-150, XTZ-181 rusumli zanjirli
traktorlardan, ekinlar qator oralariga ishlov berishda (ekish,
kultivatsiya qilish,
begona o‘tlar va zararkunandalarga qarshi kurashish, g‘o‘zani defoliatsiya qilish,
g‘o‘zapoyani yig‘ish va hokazolar) TTZ-60.11, TTZ-80.11, MTZ-80X rusumli
chopiq traktorlaridan va yetishtirilgan ekinlarning hosilini
tashish ishlarida TTZ-
60.10, TTZ-80.10, MTZ-80,82, TTZ-100.10 rusumli transport traktorlaridan
foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Issiqxonalarda agrotexnik tadbirlarni bajarish uchun mini traktorlardan
foydalanish qulay imkoniyatlarni yaratadi.
Ma’lumki, traktorlarni ishlab chiqaradigan firmalar birinchi navbatda o‘zi
joylashgan va tuproq – iqlim sharoitlari to‘liq o‘rganilgan mamlakatlar hamda traktor
bilan bevosita ishlatiladigan qishloq xo‘jaligi mashinalarining texnik va texnologik
ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda yaratiladi.
Eng asosiysi ularni texnik ko‘rsatkichlarini foydalanish paytida o‘zgartirish
juda murakkab hisoblanadi.
Shuning uchun birinchi navbatda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan traktorlar
hamda respublikamiz sharoitida davlat sinovidan o‘tkazilgan
chet el firmalarining
traktorlaridan foydalanish kerak. Chunki ushbu traktorlarga mamlakatimizda
firmaviy xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etilganligi uchun ishlash davrida ularga
texnik xizmat ko‘rsatish va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash ishlari samarali tashkil
etilgan.
Shuning uchun fermer xo‘jaligidagi mavjud qishloq xo‘jaligi mashinalari va
ularning texnik ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda unga mos quvvatga ega bo‘lgan
traktordan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.