2. Avtomatlashtirilgan yer tuzish hisoblashlari tizimi va vositalari
Yer tuzish masalalarini avtomatlashtirilgan tarzda yechish, LIATni loyihalash va yaratish doirasida amalga oshiriladi. 3-bobda yoritilgan avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratish konsepsiyasiga, xususan, tizimlilik, modullik, bo‘laklarga bo‘lish va lokal optimallash konsepsiyalariga mos tarzda, oldiniga yer tuzishning ayrim masalalarini yechishga yo‘naltirilgan, zarurat tug‘ilganda dasturiy modullardan tashkil topgan mustaqil bloklar loyihalanadi. YeTLIATning har bir loyiha oldi tizimi YeTLIATning kompleks vositalarini tashkil etuvchi, interfeyslar tizimi orqali tizimdan foydalanuvchilar (yer tuzuvchi mutaxassislar) bilan, ma’muriy, tashkiliy va moddiy-texnik tadbirlar orqali esa – ular faoliyat ko‘rsatadigan loyiha tashkilotlari bilan bog‘langan har xil turdagi ta’minotlarga ega.
Umulashtirilgan chizmadan (2-rasm) ko‘rinib turibdiki, tizimni va avtomatlashtirilgan hisoblash vositalarini yaratish jarayonida quyidagi turdagi ta’minotlarni ishlab chiqish kerak:
matematik – berilgan shakilda keltirilgan matematik usullar, modellar va algoritmlar to‘plami;
texnik – bir-biriga bog‘langan va birgalikda harakatlanuvchi texnik vositalar majmui (tayyorgarlik, ma’lumotlarni kiritish va ularni manipulyatsiya qilish, katta hajmdagi ma’lumotlar fayllarini uzatish uchun masofali aloqa vositalari);
ma’lumotlarga kompleks ishlov berish – ularni hujjatlashtirish va ko‘rsatish, loyihaviy yechimlar arxivini yuritish (saqlash, nazorat qilish, tiklash, boshlang‘ich va natijaviy ma’lumotlarni ko‘paytirish);
axborot –ma’lumotlarni ham ananaviy, ham ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan banki shaklida taqdim etish tashkil etilgan. yer tuzish hisoblashlarini avtomatlashtirilgan tarzda bajarish uchun zarur ma’lumotlar tizimi;
dasturiy – mos shaklda birlashtirilgan va berilgan shaklda ko‘rsatilgan umumtizim va amaliy dasturlar to‘plami;
lingvistik - ma’lumotlarni siqish yoki yoyish usullari va tabiiy tilni formallashtirish qoidalarini, atamalar va ta’riflarni qo‘shgan holda, dasturlash tillari to‘plami;
uslubiy – loyihalashni avtomatlashtirishni ta’minlovchi vositalar tarkibini, tanlash tartibi va ekspluatatsiya qilishni hamda ma’lumotlarga ishlov berishda, hisoblashlarda va amal qilinadigan qoidalarni belgilovchi hujjatlar to‘plami;
tashkiliy - loyiha tashkiloti va uning bo‘linmalari tarkibini, ular orasidagi aloqalarni, ularning vazifalarini hamda avtomatlashtirilgan loyihalash jarayonini tartibga solishni belgilovchi uslubiy va boshqaruvchi materiallar, qoidalar, qo‘llanmalar, buyruqlar va boshqa hujjatlar to‘plami.
6
7
2-rasm. YeTLIAT tizimi va vositalarining umumlashtirilgan chizmasi.
3-rasmdagi umulashtirilgan yer tuzish hisoblashlarining blok- chizmasi masalaning avtomatlashtirilgan tizimdan o‘tish jarayonini ko‘rsatadi.
4-rasm. Avtomatlashtirilgan yer tuzish hisoblashlarining umumlashtirilgan blok-chizmasi.
5-rasm. Boshlang‘ich materiallar bloki
Avtomatlashgan ishlov berish uchun ma’lumotlarni yig‘ish, taxlil qilish va tayyorlash bloki yer tuzuvchi – loyihachi tamonidan mustaqil, EHMdan foydalanmasdan, bajariladigan yagona blok bo‘lib, unda olingan natijalarga barcha keyingi yechimlar asoslanadi.
Boshlang‘ich ma’lumotlar bloki o‘z ichiga plan-xarita materiallarini, masofaviy zondlash aero-kosmik materiallarini, yerdan foydalanish, yer tuzish, yerlarni qayta taqsimlash chizmalarini, statistik va me’yoriy - so‘rov ma’lumotlarini, dehqonchilikning mintaqaviy tizimlari, agrokimyoviy tadbirlar, yerlarni agroekologik klassifikatsiyalash va hududiy defferensiyalash bo‘yicha ma’lumotlarni, tuproq unumdorligini qayta tiklashni va sh.o‘. oladi (5-rasm).
6-rasm. Jadvallarni shakllantirish va chop etishga chiqarish bo‘yicha modulning umumlashtirilgan blok-chizmasi
Ishlov berish grafasini tanlash bloki yig‘ilgan ma’lumotlarning to‘laligi, sifati, birgalikda ishlatilishi mumkinligi bilan aniqlanadi, natijada, loyihaviy yechimlarni va mos loyiha oldi tizimlarni asoslash usullarini tanlash amalga oshiriladi.
Ushbu chizma masalani yechish uchun zarur, u yoki bu dasturiy vositani tanlashga nisbatan qaror qabul qilish amalga oshiriladigan mos, ko‘plab mumkin bo‘lgan boshlanishlardan birini aniqlovchi, savollar ro‘yxatini shakillantirishga asoslanadi.
Masalani yechish jarayonida ma’lumotlar to‘la hajmda chiqarilmasligi, faqat olingan natijani taxlil qilish, baholash va zarur qarorni qabul qilish uchun zarur asosiy ma’lumotlar bilan cheklanilishi mumkin. Zarurat tug‘ilganda foydalanuvchi boshlang‘ich ma’lumotlarni tuzatadi, ishlov berish grafasini o‘zgartiradi, yangi natijalarni to ular o‘zini qanoatlantirguncha olaveradi.
Yer tuzish masalalarini avtomatlashtirilgan tarzda hisoblash chizmasini amalga oshirishda taxlil va qaror qabul qilishni bajaradigan yer tuzuvchining tajribasi, bilimi va malakasi katta ahamiyatga ega.
Ob’ektivlikni oshirish, mehnat sarfini kamaytirish, foydalanuvchiga nisbatan malakaviy talablarni pasaytirish maqsadida sun’iy intellektga ega, ekspert tizimlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Chiquvchi materiallarni shakillantirish va ularni tashqi qurilmaga uzatish bloki ishlab chiqilgan shakillarga mos tarzda chiquvchi ma’lumotlarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan. Bunda mashinada ishlov berishga yaroqli hujjatlarning mavjud shakillaridan foydalanish va ularning qo‘l bilan to‘ldirish elementlarini to‘la tugatgan holda, yangilarini ishlab chiqish mumkin; hujjatlarni unifikatsiyalash, standartlash va ularning aylanishini takomillashtirish ishlari bajariladi.
6-rasmda jadvallarni shakllantirishni va ularni fayllarga chiqarishni ta’minlavchi modulning umumlashtirilgan blok-chizmasi ko‘rsatilgan.
Tizimda boshqarish va ma’lumotlarni manipulyatsiya qilish foydalanuvchi tomonidan muloqat tartibida amalga oshiriladi. Bu dinamik, tanlab va zarur darajadagi nazorat bilan, mos ma’lumotlar bazasini to‘ldirishni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
Faoliyat ko‘rsatish diagnostikasi, keyinchalik kuzatib nazorat qilish, olingan natijalarni interpretatsiya qilish va natijalar ishonchliligiga javobgar mansabdor shaxs tomonidan yakuniy yechim qabul qilinishi bilan, yechim natijalari bo‘yicha raqamli ko‘rsatkichlar jadvali shaklida (analitik, kompleks, sintetik) beriladigan masalaning chiquvchi xabarlari bilan ta’minlanadi.
NAZORAT SAVOLLAR.
Yer tuzishni loyihalash amaliyotiga avtomatlashtirishni keng joriy etish qanday muammolarni yechishni talab etadi?
Yer tuzish hisoblashlarini avtomatlashtirish jarayonida qanday masalalarni yechish kerak?
|