• Tayanch iboralar
  • 1-mavzu: umumta’lim maktablarida texnologiya fanini o‘qitishning mazmuni va dolzarbligi, uni isloh qilishning zaruriyati hamda ustuvor yo‘nalishlari




    Download 48.62 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana25.10.2022
    Hajmi48.62 Kb.
    #28027
      1   2   3   4
    Bog'liq
    tt11
    Baxtiyor.uz-Boshlangich-sinf-MOK-testlari, FUTBOL TO\'GARAGI


    1-MAVZU: UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA TEXNOLOGIYA
    FANINI O‘QITISHNING MAZMUNI VA DOLZARBLIGI, UNI ISLOH
    QILISHNING ZARURIYATI HAMDA USTUVOR YO‘NALISHLARI
    (2 soat ma’ruza).
    Reja:
    1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fanining tutgan o‘rni.
    2. Fanning maqsadi va vazifalari.
    3. Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi pedagogika fanining
    tarmoqlaridan biri sifatida.
    Tayanch iboralar: ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, nizom, davlat ta’lim 
    standarti, ta’lim sifati, samaradorlik, pedagogika, axborot-kommunikatsiya 
    texnologiyalari, umumta’lim fanlari, texnologiya, kasb-hunar, talab, baholash, 
    maqsad, vazifa, kuzatish, eksperiment. 
    1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fanining tutgan 
    o‘rni. Respublikamiz o‘qituvchilari oldida umumiy ta’lim, hunar maktabini 
    isloh qilish, yangi davr talabiga mos etuk kishilarni, bozor iktisodi talabiga 
    javob beradigan ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish, maktab 
    xaqidagi konsepsiyani amalga tadbiq qilishdek muhim vazifalar turibdi. 
    Birinchi darajali vazifa o‘rta maktabni bitirgan o‘quvchilar fan 
    asoslaridan chuqur bilim olishlari, ommaviy ishchi kasblaridan 2-3 tasini 
    egallashlari, o‘qish bilan birga ishlab-chiqarishda ham ishtirok etishlari lozim. 
    O‘quvchilarni mehnat va kasb olamiga olib kirishning har-xil yo‘llari 
    orasida “Texnologiya” fani muhim o‘rin tutadi. Uning metodikasini 
    takomillashtirish, moddiy jihozini mustahkamlash, maktabni o‘z atrofidagi 
    sanoat ishlab chiqarish sohasi bilan aloqasini mustahkamlash, ijtimoiy foydali,
    unumli mehnatni tashkil etish, tarbiyaviy iktisodiy samaradorligini oshirish, 


    ta’lim bilan qo‘shib olib borish, o‘quvchilarni mehnatga tayyorlashni 
    yaxshilash bilan shug‘ullanadi. 
    Texnologiya fani darsi maktabdagi boshqa fanlar uchun umumiy
    didaktik prinsiplarni qo‘llasada, uning o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud. 
    O‘quvchilar bilish faoliyati bilan emas, balki yaratish faoliyati bilan
    shug‘ullanadilar. 
    Texnologiya fani predmetlari, kurollari, jarayonlari oddiy o‘rganish
    ob’ekti sifatida emas, balki o‘quvchilar ishlarini faollashtiruvchi
    ko‘rsatmalilik vositasi, didaktik material, ta’limning texnik vositasi sifatida 
    xizmat qiladi. 
    2. Texnologiya fani o‘quv fani sifatida ana shu va boshqa xususiyatlarini 
    o‘rgatadi. Mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli
    fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk 
    ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va 
    farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, ta’lim, madaniyat, 
    ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirishga, xalqaro 
    maydonda O‘zbekistonning munosib o‘rin egallashiga qaratilgan kompleks 
    chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
    Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim 
    standartlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorning qabul qilinishi ta’lim tizimini 
    tubdan modernizatsiya qilinayotganligidan dalolat beradi, deb 
    o‘ylaymiz.Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda “Mehnat ta’limi” fani nomini 
    “Texnologiya” fani nomi bilan o‘zgartirilishining asosiy omillari sifatida 
    quyidagilarni keltirmoqchimiz: 
    3. Ta’lim sohasi rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida 
    me’yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni va mamlakatda amalga 
    oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan holda takomillashtirilib 
    borilayotganligi. 


    4. Ta’lim jarayoniga milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar 
    asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakl, usul va vositalarini keng 
    joriy etilishi. 
    5. O‘quv-tarbiya jarayoni samaradoriligini va natijaviyligini 
    ta’minlashda pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya
    texnologiyalarini tadbiq etish masalasiga katta e’tibor berilayotganligi. 
    6. Kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab 
    chiqarishning samarali integratsiyasi uzviyligini ta’minlashga katta e’tibor 
    qaratilayotganligi. 
    7. Erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan
    iqtisodiyotni rivojlanishi hamda tadbirkorlik faoliyatini keng joriy qilishda 
    o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi. 
    8. Sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirib borilayotganligi. 
    9. Mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali 
    kadrlar tayyorlash siyosatining ustivorligi. 
    10. Ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini 
    joriy etilayotganligi. 
    Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev 
    tashabbuslari bilan 2017 yilning 7 fevral kuni “O‘zbekiston Respublikasini 
    yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 2 PF-4947-
    sonli Farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon asosida 2017-2021 yillarda 
    O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi 
    bo‘yicha Harakatlar strategiyasi belgilab berildi. 
    Harakatlar strategiyasining to‘rtinchi ustuvor yo‘nalishida ijtimoiy 
    sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda “...ta’lim, madaniyat, ilm-fan, 
    adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat 
    siyosatini takomillashtirish” masalalariga katta e’tibor qaratilgan. 
    SHuningdek, harakatlar strategiyasida yurtimizda yillarga beriladigan 
    nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo‘yicha davlat dasturlari qabul qilinishini 


    nazarda tutgan holda amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, jumladan, 2017 yil 
    O‘zbekiston Respublikasida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” 
    deb e’lon qilindi. 
    Dasturning 4.4-bo‘limi “Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish” deb 
    nomlangan bo‘lib, unda uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, 
    sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining 
    zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini 
    davom ettirish;ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini 
    joriy etish kabi masalalar belgilangan. 
    Ma’lumki, Harakatlar strategiyasi asosida O‘zbekiston Respublikasi 
    Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim 
    to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi3 140-sonli, 2017 yil 6 aprelda 
    “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunr ta’limining davlat ta’lim 
    standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli Qarorlari qabul qilinganligi 
    ta’lim tizimini yanada takomillashtirish hamda uzviyligini ta’minlashda katta 
    ahamiyat kasb etmoqda. 

    Download 48.62 Kb.
      1   2   3   4




    Download 48.62 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: umumta’lim maktablarida texnologiya fanini o‘qitishning mazmuni va dolzarbligi, uni isloh qilishning zaruriyati hamda ustuvor yo‘nalishlari

    Download 48.62 Kb.
    Pdf ko'rish