1-mavzu: umumta’lim maktablarida texnologiya fanini o‘qitishning mazmuni va dolzarbligi, uni isloh qilishning zaruriyati hamda ustuvor yo‘nalishlari




Download 48.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana25.10.2022
Hajmi48.62 Kb.
#28027
1   2   3   4
Bog'liq
tt11
Baxtiyor.uz-Boshlangich-sinf-MOK-testlari, FUTBOL TO\'GARAGI
tadqiqot vazifalari quyidagilardan iborat: 
1. Texnologiya fani vazifalarini asoslash, ularning tarbiyaviy va 
ta’limiy ahamiyatini ochib berish. 
Texnologiya fani vazifalarini belgilashda O‘zbekiston Respublikasining 
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan chiqarilgan karorlar asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. 
Texnologiya fani o‘quvchilar shaxsini har tomonlama kamol topishiga, 
mehnatning turmush bilan aloqasini mustahkamlashga o‘quvchilarda ongli 
dunyo qarashni shakllanishiga va asosiy ravishda kasb tanlashga tayyorlashda 
yordam beradi. 


Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi ustaxonada o‘tkaziladigan 
mashg‘ulotlar bilan boshqa o‘quv fanlarini (ijtimoiy-siyosiy, tabiiy matematik) 
o‘qitishning o‘zaro didaktik bog‘liqligini ochib beradi, shuningdek, quyi, o‘rta 
va yuqori sinflardagi Texnologiya fanining izchilligini ta’minlash yo‘llarini 
ko‘rsatadi. 
Texnologiya fani jarayonida o‘quvchilarda mehnatga muhabbat, jismoniy
mehnat kishilariga hurmat va shaxsning boshqa ahloqiy sifatlari shakllanishiga 
imkon beradi. 
Bu sifatlar og‘zaki tushuntirish bilan emas, balki o‘quvchilarni unumli 
mehnatga katnashtirish yo‘li bilan shakllantiriladi. 
2. O‘quv materialini mazmunini asoslash. 
Pedagogikadan ma’lumki, o‘quv fanining mazmunini ishlab chiqish 
uchun, birinchidan, tegishli fan yoki texnikaning tarmog‘idagi mavjud 
ma’lumotlardan o‘quv materialini tanlab olish, ikkinchidan, bu materialni 
o‘quvchilarni yosh xususiyatlarini, ularni boshqa fanlarga oid bilimlarini va 
boshqa ba’zi faktorlarni hisobga olgan holda ma’lum tartibda sistemaga solish 
zarur. 
Insoniyat tomonidan tuplangan bilimlar hajmi juda katta. Ulardan 
umumiy ta’lim talablariga eng yuqori darajada javob beradigan va 
o‘quvchilarda o‘rganiladigan ishlab chiqarish jarayonlarining nazariy asoslari
va amalda qo‘llanilishi haqida to‘g‘ri tasavvur hosil qiladiganlarini ajratib
olishga to‘g‘ri keladi. 
Buning uchun o‘quv materiali eng katta tarbiyaviy va ta’limiy ahamiyatga
molikligini xal qilish uchun uni tanlash mezoni bo‘lishi kerak. Bunday mezon 
(kritiylar)ni ishlab chiqish ham metodikaning vazifasiga kiradi. 
O‘quv materialining mazmuni fan va ishlab chiqarish taraqqiyotiga qarab 
o‘zgarib boradi, shunga ko‘ra o‘quv dasturini ham o‘zgartirib turish lozim. 
O‘quv materialini tartibga solish ham muhim muammodir. Fan va o‘quv 
jarayonida “sodda” va “murakkab” tushunchalari bir xil emas. Masalan, fan 


tarmog‘i mashinasozlikda detal – sodda o‘rganish ob’ekti, mashina esa 
detalga nisbatan murakkab hisoblanadi. Ammo o‘qitish o‘quvchilarni mashina 
(masalan, metall qirquvchi stanok) bilan anishtirish detallarni o‘rganishdan 
boshlansa, o‘quvchilar o‘quv materialini katta qiyinchilik bilan idrok etadilar, 
unga qiziqmasligini ko‘rsatadi. Agar mashinani nimaga mo‘ljallanganligini va 
umumiy tuzilishini tushintirishdan boshlansa, o‘quvchilar uni konstruksiyasi 
bilan chuqurroq tanishish va uning ayrim detallarini o‘rganish istagi tug‘iladi. 
Natijada o‘quvchilar o‘quv jarayonida faol ishtirok etadi, ularning yangi 
bilimlarini ongli o‘zgartirishga erishiladi. 
O‘qitish metodikasi tartibga solishda eng samarador yo‘lni va vositalarni 
topadi, bu esa maktab fanini asoslash va o‘quv dasturini tuzish uchun ham zarur
hisoblanadi. 
3. Ta’lim jarayonini tashkil etish. 
O‘quv jarayoni o‘zaro chambarchas bog‘langan o‘qitish (o‘qituvchi 
faoliyati) va ta’lim olish (o‘quvchilar faoliyati)dan iboratdir. 
O‘quv jarayonini tashkil etishning prinsiplari va usullarini ishlab 
chiqishda texnologiya fanini o‘qitish metodikasi boshqa o‘quv fanlarining 
o‘qitish tajribasidan va didaktik tadqiqotlarining ma’lumotlaridan foydalaniladi.
SHu bilan birga ko‘p masalalarni texnologiya fanini o‘qitish metodikasi 
mustaqil xal qiladi. 
Masalan, mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, ish o‘rnini tashkil 
qilish, mehnat usullarini to‘g‘ri bajarish va hakazo. 
Maktab tizimida o‘quvchilar ishini tashkil qilishning uchta asosiy 
frontal, brigada va individual shakllari mavjud. 
O‘quvchilarga beriladigan mehnat topshirig‘i ijtimoiy foydali qiymatga 
ega bulishi lozim, aks holda tayyorlanayotgan buyumga nisbatan o‘quvchilarda 
qiziqish uyg‘onmaydi. 
4. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar mazmuni va metodikasini 
asoslash. Bugungi kunda texnologiya yo‘nalishi bo‘yicha maktabdan va sinfdan 


tashqari ishlar keng tarqalgan. Deyarli har bir maktabda metal va metalmas 
materiallarga ishlov berish hamda yosh texniklar to‘garaklari mavjud. Bunday 
to‘garaklar yosh texniklar markazlari, klublari, mahalla qo‘mitalar qoshida ham
tashkil etilgan. Ularni ishini tashkil etish, turli shakllarini ishlab chiqish ham 
texnologiya fanini o‘qitish metodikasining vazifasiga kiradi. 
Nazorat savollari:
1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fanining tutgan o‘rni 
haqida nimalar deya olasiz? 
2. Sizningcha, fanning maqsadi va vazifalarini amalga oshirishda qanday 
muammolar mavjud? 
3. Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi pedagogika fanining 
tarmoqlaridan biri sifatida namoyon bo‘lishini tushuntirib bering.

Download 48.62 Kb.
1   2   3   4




Download 48.62 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu: umumta’lim maktablarida texnologiya fanini o‘qitishning mazmuni va dolzarbligi, uni isloh qilishning zaruriyati hamda ustuvor yo‘nalishlari

Download 48.62 Kb.
Pdf ko'rish