1. Mis asosidagi qotishmalar. (Latunlar)




Download 20,26 Kb.
bet4/8
Sana08.02.2024
Hajmi20,26 Kb.
#153446
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1. Mis asosidagi qotishmalar. (Latunlar)-fayllar.org

3.Alyuminiy qotishmalari. Alyuminiyni Cu, Si, Mg, Mn va boshqa elementlar bilan hosil qilgan birikmalari alyuminiy qotishmalari deyiladi. Alyuminiy qotishmalarining puxtaligi, texnologik xossalarining yaxshixiligi, korroziyabardoshligi termik ishlovlarga beriluvchanligi kabi o’ziga hos xususiyatlariga ko’ra, ular radiotexnikada, kabel sanoatida aviasozlikda keng qo’llaniladi. Alyuminiy qotishmalarining texnologik ko’rasatkichlariga ko’ra, ularning bosim bilan ishlovlariga beriladigan qotishmalari yuqori plastiklikka (δq40% gacha) ega bo’ladi. Bu qotishmalarga alyuminiyning Mg va Mn li qotishmalari masalan, AMts, AMg2, AMg5 markalari kiradi. Bu markalarning birinchisida Mn 1-1,6% ni, ikkinchisida esa 0,3-0,0 ni tashkil qiladi. Alyuminiyning magniyli qotishmalarida magniymiqdori 6% dan oshmaydi. (GOST4784-74). Bu qotishmalar bir fazali bo’ladi, ulardan sovuqlayin shtamplab turli xil detallar tayyorlanadi. Shuni aytish zarurki, Al-Mg qotishmalari termik ishlovlar bilan puxtalanmaydi. Ularning termik ishlovlar natijasida puxtalanadiganlariga duralyuminiy hamda avillarni ko’rasatish mumkin. Agar toblangan duralyuminiy ma’lum sharoitda saqlansa, korroziyabardoshhligi yanada ortadi. Masalan, D16 markalisi (bu yerda D harfi duralyuminiyligini, 16 raqami tartib nomerini bildiradi).

Duralyuminiy qotishmasini 450-590oS temperaturada qizdirib suvga tushirib, toblab 3-5 kuni chiniqtirilsa, cho’zilishhga mustahkamligi 700 MPa gacha ortadi. Undan samolyotlarning lonjeronlari va stringerlari, karkas va boshqalar tayyorlanadi. Alyuminiyning puxtaroq qotishmasiga V95 va V96 markalar kiradi. Masalan, V95 markali qotishmasida 0,2-0,6% Mn, 1,8-2,3% Mg, 14-20% Cu, 5-7% Zn, 0,1-0,25% Cr bo’lib, qolganli alyuminiy bo’ladi.


  • Duralyuminiy qotishmasini 450-590oS temperaturada qizdirib suvga tushirib, toblab 3-5 kuni chiniqtirilsa, cho’zilishhga mustahkamligi 700 MPa gacha ortadi. Undan samolyotlarning lonjeronlari va stringerlari, karkas va boshqalar tayyorlanadi. Alyuminiyning puxtaroq qotishmasiga V95 va V96 markalar kiradi. Masalan, V95 markali qotishmasida 0,2-0,6% Mn, 1,8-2,3% Mg, 14-20% Cu, 5-7% Zn, 0,1-0,25% Cr bo’lib, qolganli alyuminiy bo’ladi.

  • Quyma qotishhalarining GOST 2685-75 bo’yicha AL1, AL2, AL3 va boshqa markalari bo’lib, ulardan turli shaklli quymalar olinadi. Quymalar olishda keng ko’lamda foydalaniladigan qotishma silumin deyiladi. Bu qotishma Al-Si birikmasi bo’ladi.

  • Alyuminiyning quyma qotishhhlarining 37 ta markasi bo’lib, ular haqida ma’lumotlar tegishhli GOSTlarda berilgan. Alyuminiy qotishmalari quyidagi gruppalarga bo’linadi:

  • 1. Al ning kremiyli qotishmalari: Bu qotishmalar tarkibida kremniyning miqdori 4-13% gacha bo’lib, undan tashqari ma’lum miqdorda boshqa elementlar ham bo’ladi. Bu gruppaga kiruvchi qotishmalar quyilish xossalarining yuqoriligi, oson kesib ishlashi, payvandlanishi, qoniqarli mexanik xossalari bilan xarakterlidir. Masalan, kompressor korpuslari va boshqalar bu qotishmalardan tayyorlanadi.

Download 20,26 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 20,26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Mis asosidagi qotishmalar. (Latunlar)

Download 20,26 Kb.