• 2-modda (shartlarning amalga kirishi va ozgarishi)
  • 3-modda (Azolik)
  • 4-modda (Azolikni zaxiralash va bekor qilish)
  • 5-modda (Azolarga bildirishnoma)
  • 1-modda [Maqsad]




    Download 19.65 Kb.
    bet1/2
    Sana20.01.2023
    Hajmi19.65 Kb.
    #38717
      1   2
    Bog'liq
    uz
    qodirova shoxista, L. Payvand birikmalarda uchraydigan nuqsonlar, DANIYAROVA SAFARGUL.., 1453845 (2), Xorijiy ommaviy axborot vositalarining media makonidagi

    1-modda [Maqsad]
    Ushbu shartlar Koreya Respublikasi Ta'lim Markazi Koreys tilidan bilim darajasini aniqlash imtihoni(keyingi matnda Ta'lim markazi" deb nomlanadi) tomonidan taqdim etiladigan umumiy xizmatlar(bundan keyin matnda "xizmatlar" deb yuritiladi)dan foydalanadigan mijoz(bundan keyin matnda "a'zo" deb yuritiladi) va " Ta'lim markazi "ning " xizmat "laridan foydalanish shartlari va tartibi kabi masalalarni hal etish maqsadida tuzilgan.
    2-modda (shartlarning amalga kirishi va o'zgarishi)
    ⓵ Ushbu shartlarning mazmuni "a'zo" osonlik bilan tushina olishi uchun, "xizmatlar" ekranida e'lon qilingandan so'ng amal qilishni boshlaydi.
    ⓶ "Ta'lim markazi" ushbu shartlarni o'zgartirish huquqiga ega bo'lib, o'zgargan shartlar 1-bandda ko'rsatilgandek e'lon qilingandan so'ng amal qilishni boshlaydi.
    ⓷ "A'zo"ning o'zgartirilgan shartlarni bekor qilish yoki o'zgartirishni talab qilish huquqi bo'lmay, o'zgarganshartlarga rozi bo'lmasa xizmatdan foydalanishni to'xtatishi mumkin.
    3-modda (A'zolik)
    ⓵ Xizmatdan foydalanishni istagan(jismoniy shaxslar)lar veb-sahifani yaratish va yuritishdan maqsad, ushbu shartlarning mazmuniga rozi bo'lib, "Ta'lim markazi" belgilagan tartibdagi a'zo bo'lish namunasidagidek onlayn ro'yxatdan o'tishlari lozim.
    ⓶ A'zolikka ro'yxatdan o'tish uchun ID, parol, parolni tasdiqlash, foydalanuvchi nomi (koreyscha, inglizcha), tug'ilgan sanasi, jinsi, elektron pochta manzili, telefon raqami kabi asosiy ma'lumotlar talab qilinib, agar zarurat tug'ilsa, "Ta'lim markazi" qo'shimcha ma'lumotlarni talab qilishi mumkin.
    ⓷ A'zolikka ro'yxatdan o'tish vaqtida taqdim etilgan a'zolarning shaxsiy ma'lumotlari haqiqiy ma'lumotlar deb qabul qilinib, noto'g'ri ma'lumot kiritganlar imtihon topshira olmaydi.
    4-modda (A'zolikni zaxiralash va bekor qilish)
    “Ta'lim markazi” quyidagi holatlardan birida a'zolikni ro'yxatdan o'tkazishni zaxiralashi yoki bekor qilishi mumkin.
    ⓵ “Ta'lim markazi” quyidagi holatlardan birida a'zolikni ro'yxatdan o'tkazishni zaxiralashi mumkin.
    1. Agar veb-sahifada texnik nosozliklar mavjud bo'lsa
    2. Boshqa muqarrar holatlar bo'lganda
    ⓶ “Ta'lim markazi” quyidagi holatlardan birida a'zolikni bekor qilishi mumkin.
    1. Haqiqiy ism sharifi bo'lmagan hollarda
    2. A'zolikka ro'yxatdan o'tish vaqti yolg'on ma'lumotlar kiritgan bo'lsa
    3. Boshqa a'zolik talablariga javob bermaydigan holatlarda
    5-modda (A'zolarga bildirishnoma)

    ⓵ "Ta'lim markazi" "a'zo" haqida e'lon berish, yoki, unga xabarnoma jo'natish uchun uning sahifaga kiritgan ma'lumotlariga asoslangan holda, telefon, SMS, elektron pochta manzili kabi elektron tarzda habar berishi mumkin.
    6-modda (Shaxsiy ma'lumotlarni to'plash, ulardan foydalanish va o'zgartirish)
    ⓵Imtihonga oid ma'lumotlarni to'plash, imtihonda ishtrok etish, natijalar tekshiruvi, sertifikatni chiqarib olish kabi qator qo'shimcha xizmatlardan foydalanish uchun sahifaga a'zolik talab qilinib, shu bois "Ta'lim markazi" foydalanuvchilarning roziligini olgan holda eng zarur shaxsiy ma'lumotlarni yig'ib boradi. Yig'ib boriladigan shaxsiy ma'lumotlar quyidagilardan iborat.
    A'zolikka ro'yxatdan o'tishda : ID(nomlanish), Koreys alifbosida yozilgan ism-sharifi, ingliz tilida yozilgan ism sharifi, tug'ilgan yil, oy, kuni, jinsi, millati, a'zolik turi, manzili, elektron manzili, telefon raqami, mobil telefon raqami, rasm, pasport(ID karta)
    ⓶ "Ta'lim markazi " tomonidan shaxsiy ma'lumotlarni to'plashdan maqsad foydalanuvchining shaxsini tekshirish hamda imtihonni muammosiz va aniq o'tkazishdir.
    ⓷"Ta'lim markazi" uzluksiz xizmatlar ko'rsatishi uchun foydalanuvchilarning roziligi bilan zarur bo'lgan eng minimal ma'lumotlarni to'plab, "Ta'lim markazi" tomonidan taqdim etilgan xizmatlardan foydalangan holda test to'lovlarini to'lash va to'lovni qaytarish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni ham to'plashi mumkin.
    ⓸ Ta'lim markazi' shaxsiy ma'lumotlarni yig'ish va foydalanishdan tashqari boshqa maqsadlarda foydalanmaydi yoki foydalanuvchining roziligisiz uni uchinchi shaxsga taqdim etadi.
    ⓹ A'zolar veb-sahifa kirishlari va shaxsiy ma'lumotlarini ko'rishlari mumkin bo'lib, mobil telefon raqami va ID raqamdan tashqari boshqa shaxsiy ma'lumotlarini o'zgartirishlari mumkin.
    ※ Faqatgina a'zolikka ro'yxatdan o'tish vaqtida ma'lumotlarini tahrirlash mumkin.
    ※ Noto'g'ri a'zolik ma'lumotlari bilan onlayn so'rovnoma to'ldirilgan holatda javobgarlik imtixon topshiruvchi shaxsing zimmasida bo'ladi.

    Download 19.65 Kb.
      1   2




    Download 19.65 Kb.