1-MODUL. CAD/CAM/CAE DASTURLARI.
1 – Mavzu. Kirish. Fanning ahamiyati. Kirish, fanning predmeti, uslublari fan to’g’risida asosiy ma’lumotlar.
Mavzu rejasi:
Kompyuterda texnikaviy ob’yektni loyihalash
Kompyuterli loyihalash - ierarxik tizim
Kompyuterli loyihalash tarkibi va strukturasi.
Texnikaviy ob’yektni loyihalash ushbu ob’yekt obrazini qabul qilingan forma (shakl)da yaratish, qayta o‘zgartirish va tasvirlab berish bilan bog‘liq. Ob’yekt yoki uning tarkibiy qismining obrazi inson tasavvurida ijodiy jarayon natijasida yaratilishi yoki inson va kompyuter texnologiyalarini o‘zaro ta’siri jarayonida ba’zi algoritmlar bo‘yicha yuzaga kelishi (генерироваться) mumkin.
Loyihalash - loyihalash uchun topshiriq bo‘lgan holda bajariladi. Topshiriq jamiyatning qandaydir texnikaviy buyumni olishga bo‘lgan ehtiyojini aks ettiradi. Bu topshiriq u yoki bu hujjatlar ko‘rinishida bo‘ladi va
ob'yektning birlamchi bayoni vazifasini bajaradi.
Loyihalash natijasini, odatda, ob’yektni berilgan sharoitlarda tayyorlash uchun etarli ma’lumotlarni jamlagan hujjatlarning to‘liq komplekti o‘taydi. Bu hujjatlar
ob'yektning natijaviy bayoni bo‘ladi.
Loyihaviy yechimlarning hammasi yoki bir qismi inson va kompyuter texnologiyalarining o‘zaro ta’siri yo‘li bilan olinadigan loyihalash
avtomatlashtirilgan deb, kompyuter texnologiyalaridan foydalanilmaydigan loyihalash esa,
avtomatlashtirilmagan loyihalash deb ataladi.
Loyihalash - bu ob’yektning birlamchi bayoni va (yoki) uni mavjud qiladigan algoritm asosida berilgan sharoitda ham mavjud bo‘lmagan ob’yektni yaratish uchun zarur bo‘lgan bayonini tuzish jarayonidir. Loyihalash berilgan
talablarga javob beradigan, yangi buyumni yaratish yoki yangi jarayonni amalga oshirish uchun zarur