• Boshqarish registrlari
  • 1 Mustaqil ish hisoboti Fan “Kompyuterni tashkil etilishi”




    Download 56.14 Kb.
    bet3/4
    Sana14.05.2023
    Hajmi56.14 Kb.
    #59632
    1   2   3   4
    Bog'liq
    4 Tajriba ishlari Mavzu Borland C Builder ning grafik imkoniy, Документ Microsoft Word (4), byudjet hisobi, feruzaxon shartnoma, Elektr xavfsizligi amaliy mashg\'ulotlar
    Soprotsessor registrlari
    Soprotsessor registrlar o‘nli nuqtasi siljuchi sonlar bilan ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib ularda st(0) dan st(7) gacha bo‘lgan 8 ta registrdan foydalaniladi. Ularning har biri 80 ta razryadga ega. Multimedia kengaytmali butun sO’nli registrlar MMX0-MMX7 bo‘lgan registrlardan foydalaniladi. Bu registrlar multimediaga ma’lumotlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan ularning har birida 64 ta razryad mavjud. O‘nli nuqtasi siljuvchi multimedia kengaytmali registrlarga XMM0-XMM7 gacha bo‘lgan registrlar kiradi. O‘nli nuqtasi siljuvchi multimedia vositalarini qayta ishlashga mo‘ljallangan har bir registr 128 ta razryaddan iborat. Pentium 2 dan boshlab joriy etilgan.
    Mikroprosessorning sistemali registrlari
    Ushbu registrlarning nomidan ko‘rinib turibdiki ular sistemada maxsus funksiyalarni bajaradi. Aynan shu registrlar himoyalangan rejim ishini ta’minlaydi. SHuningdek ularni mohir dasturlovchi turli xil amallarni bajarish uchun dastur tuzishga to‘sqinlik qilmaydigan mikroprosessorning maxsus qismi deb qarasa bo‘ladi.
    Sistema registrlari 3 guruxga bo‘linadi:
    boshqarish registrlari - 1 ta
    sistema adreslari registrlari - 4 ta
    otladka registrlari - 6 ta.
    Pentium mikroprosessorlari uchun quyidagi o‘zgarishlari kiritilgan oldin band qilib qo‘yilgan CR4 boshqarish registrlari qo‘llanilgan. MSR registrlar guruxi kiritilgan.
    Boshqarish registrlari
    Boshqarish registrlari guruxiga beshta registr kiritilgan, CR0, CR1, CR2, CR3, CR4. bu registrlarning vazifasi butun sistema ishini boshqarish hisoblanadi. Mikrolprotsessor beshta boshqarish registrlariga ega bo‘lsa ham, ulardan faqat to‘rtasi ishlatiladi. CR1 registri ishlatilmaydi, chunki uning funksiyasi aniqlanmagan. CR0 registri mikroprosessorning holatini va uning ish rejimiga tasvir etuvchi sistema flaglaridan tashkil topgan. Quyida ular bilan tanishamiz:

    • PE (protect enoble) mikroprosessorning joriy vaqtida qaysi ish rejimida ishlayotganini ko‘rsatadi. Agar uning qiymati 1 bo‘lsa, himoya rejimi, 0 bo‘lsa real rejim.

    • MP(math present) soprotsessor borligi .

    • TS(task switched) amallar orasida o‘tish (pereklyuchatel zadach).

    • AM(alignment mask) tekislash maskasi, ushbu bit tekislashni boshqaradi.

    • CD(cache disable) kesh xotirani taqiqlash, ushbu bit AM=1 da kesh xotira borligiga ruxsat beradi, AM=0 bo‘lsa taqiqlaydi.

    PG(pa ging) xotirani sahifalashda ruxsat berish (Pg=1) yoki ta’kidlash (Pg=0)
    CR2 registri tezkor xotiraning sahifa rejimida ishlatilib ma’lum vaziyatdan chiqib ketishga mo‘ljallangan. Ushbu vaziyat quyidagicha:
    Agar buyruq xotirada joriy vaqtda bo‘lmagan sahifa adresiga murojaat qilsa, mikroprosessor ushbu adresni CR2 registriga yozib qo‘yadi. SHu ma’lumotga qarab kerakli sahifa topiladi va xotiraga yuklanadi.
    CR3 registri ham xotiraning sahifalashda ishlatiladi. Ushbu registrni birinchi darajali sahifalar katalogi registri deb atasak bo‘ladi.
    CR4 Pentium mikroprosessorlarining turli modellariga paydo bo‘lgan elementlarni xarakterlaydi.
    Sistema adreslar registri, ushbu registrlar shuningdek xotirani boshqarish registrlari deb ham ataladi. Ular mikroprosessorning multiamalli holatida ma’lumotlarni va dasturlarni himoyalash uchun qo‘llaniladi. Himoyalangan rejimda mikroprosessor adresli muhiti 2 ga bo‘linadi:
    Global - barcha vazifalar uchun umumiy
    Lokal - har bir vazifa uchun alohida.
    Mikroprosessor tarkibida quyidagi sistemali registrlar mavjud:

    • GDTR(global descriptor table registr) 48 bit o‘lchamga ega, shundan 32 bit global deskriptor jadvali va 16 bit GDT jadvali chegarasi.

    • LDTR(local descriptor table registr) 16 bit o‘lchamga ega va LDT deskriptor jadvali spektorini o‘z tarkibida saqlaydi.

    • IDTR(interrupt descriptor table registr)

    • TR(task registr) 16 bitli vazifa registri

    Otladka registrlari, bu apparatli otladka uchun mo‘ljallangan registrlar guruhidir. Apparatli otladka vositasi birinchi marta i486 mikroprosessorlarida paydo bo‘ldi. Apparatli qism tomonidan mikroprosessor 8 ta otladka registridan iborat. Lekin real holda ularning faqatgina 6 tasi ishlatiladi.
    DR0, DR1, DR2, DR3 registrlari 32 bit razryadga ega va 4 ta uzulish nuqtasi adresini kursatishga xizmat qiladi. Dastur tomonidan yaraladigan har qanday adres DR0...DR3 registrlari tarkibidagi adreslar bilan taqqoslanadi va mos tushgan holatda 1 raqamini otladka generatsiya qilinadi.
    DR6 -otladka holati registri deb ataladi. Ushbu registr bitlarini ko‘rib chiqaylik:
    B0 - agar ushbu bitda 1 o‘rnatilgan bo‘lsa, oxirgi uzulish DR0 registridan nazorat nuqta natijasida ro‘y beradi.
    V1 - V0 singari, faqat DR1 registridan nazorat nuqta natijasida ro‘y beradi.
    V2 - V0 singari, faqat DR2 registridan nazorat nuqta natijasida ro‘y beradi.
    V3 - V0 singari, faqat DR3 registridan nazorat nuqta natijasida ro‘y beradi.
    BD - otladka registrlarini himoyalash maqsadida ishdatiladi.
    BS - eflages registrida tf=1 bo‘lsa 1 ni qabul qiladi.
    BT - qopqon bit ISST=1 bo‘lganda 1 ni qabul qiladi.
    Ushbu registrlarda qolgan bitlar nollar bilan to‘ldiriladi.
    DR7 - otladkani boshqarish registri deyiladi.
    Soprotsessor registrlari
    Soprotsessor dasturiy modelida registrlarning 3 ta guruhini ko‘rish mumkin:

    1. soprotsessor stekini tashkil etuvchi R0.. ,R7 nomdagi 8 ta registr. Har bir registr o‘lchami 80 bitdan. Bu hol hisoblash algoritmlarini bajaruvchi qurilma uchun xarakterli hisoblanadi.

    2. uchta xizmatchi registr:

    SWR (status word regiter) - soprotsessor holatini ifodalovchi registr. SWR registrlarida oxirgi buyruq bajarilganda qanday cheklanish kelib chiqdi, soprotsessor stekining yuqorigi registrlari qaysiligini ko‘rsatuvchi maydonlar mavjud.
    CWR (control word registr) - soprotsessor ish rejimlarini boshqaradi. Ushbu registrdan maydonlarga qarab sO’nli hisoblashlar aniqligi, yaxlitlashni boshqarish, o‘z ishlarini niqob qilish mumkin.
    TWR (tags word registr) teg so‘zlari R0..R7 registrlarining holatlarini boshqarish uchun ishlatiladi.

    1. ikkita ko‘rsatish registrlari:

    DPR (data point regiter) ma’lumotlarni ko‘rsatgich registri
    IPR (instruction poin registr) buyruqlar ko‘rsatiladi.
    Ular buyruq adres va ular operandi adresini eslab qolish uchun xizmat qiladi. Bu ko‘rsatgichlar qoidadan istiska holida bajariladigan qayta ishlash jarayonida ishlatiladi.
    SWR holat registrlari
    Yangi registrlar turlari
    80386 dan boshlab 32 razryadli protsessorlarda foydalaniladigan registrlarning bir kismi 32 razryadli bo’lgan. Lekin shunga karamay, segmnt registrlari avvalgiday 16 razryadliligicha koldi. Bundan tashkari 486 protsessorlaridan boshlab, asosan sitemaga karatilgan yangi registrlar turlari paydo bo’ladi.
    Sistemali registrlar.
    Sistemaga karatilgan registrlar klassifikatsiyasi:
    Eflags flaglar registri;
    Xotirani tashkil etish registrlari;
    Boshkaruvchi registrlar;
    Otladka registrlari;
    Test registrlari.
    Sistemali reigstrlar Amaliy dasturlar bajariladigan muhitni boshqarish uchun xizmat qiladi. Ko’pchilik sitemalarda Ushbu registrlarga murojjatda taqiqlanadi.
    Xotirani boshqarish registrlari.
    i486 protsessorida 4 regsitr ma’lumotlar strukturalariga yul ko’rsatadi. Ular xotira segmentlarining tuzilishini boshkaradi. Ushbu registrlarni yuklash va saklash uchun maxsus registrlar mavjud. GDTR va IDTR regsitrlari xotiradan 6 baytli bloklarni chikaruvchi buyruqlar erdamida chakirilishi mumkin. LDTR va TR registrlari operand sifatida 16 bitlik selektor segmentidan foydalanadigan buyruqlar erdamida yuklanadi. Sungra bu registrlarning kolgan baytlari protsessor tomonidan yuklanadi. Ko’pchilik tizimlar bu registrlar yuklanishini taqiqlabi qo’yadi.
    GDTR - global deskriptorlar jadvali registri. 32 bitli bazali adres va 16 bitlik segment chegarasi global deskriptorlar uchun. Segmnt deskriptori segmentning bazali adresini uzida mujassamlashtirgan.
    LDTR - 32 bitlik bazali adresga ega lokal deskriptorlar jadvali registri. LDTR li segment GDT da tegishli segment deskriptorgi ega bo’ladi.
    IDTR - uzilishlar deskriptorlari jadvali registri. Uzilish ro’ y berganda uzilish vektori shlyuz deskriptori jadvali indeksi sifatida ko’riladi.
    TR - vazifa registri, u global deskriptor jadvalidagi vazifa xolati segmentiga sqlkadan iboratdir.

    Download 56.14 Kb.
    1   2   3   4




    Download 56.14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 Mustaqil ish hisoboti Fan “Kompyuterni tashkil etilishi”

    Download 56.14 Kb.