• Kriptografiya – axborotni qayta akslantirishning matematik usullarini izlaydi va tadqiq qiladi.
  • Zamonaviy kriptografiya quyidagi to’rtta bo’limlarni o’z ichiga oladi
  • 1-mustaqil ish qabul qildi: Bekkamov F. Bajardi: Jumanazarova G




    Download 390.35 Kb.
    bet5/7
    Sana14.10.2022
    Hajmi390.35 Kb.
    #27214
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    gulshoda
    2990 03.04.2018, Qosimov Abdumalikning mustaqil ishi

    Kriptografik tizimlar birinchi va ikkinchi jahon urushlarida jadal rivojlandi. Urush yillaridan so’ng va hozirga qadar hisoblash vositalarining jadal rivojlanishi kriptografik usullar yaratishni tezlashtirdi va ularning mukammalligini oshirdi.

    Bir tomondan, kompyuter tarmoqlaridan foydalanish kengaydi, jumladan, Internet global tarmog’i. Bu tarmoqda begona shaxslardan himoyalanishi zarur bo’lgan hukumat, harbiy, tijorat va shaxsiy xarakterga ega bo’lgan axborotning katta hajmi harakatlanadi.

    Boshqa tomondan, qudratli kompyuterlar, tarmoqli va neyronli hisoblash texnologiyalarining paydo bo’lishi ochish mumkin emas deb hisoblangan kriptografik tizimlarning obro’siga putur yetkazdi.

    Kriptologiya – axborotni qayta akslantirib himoyalash muammosi bilan shug’ullanadi (kryptos – maxfiy, sirli, logos - fan). Kriptologiya ikki yo’nalishga bo’linadi – kriptografiya va kriptoanaliz. Bu ikki yo’nalishning maqsadlari qarama-qarshi.

    Kriptografiya – axborotni qayta akslantirishning matematik usullarini izlaydi va tadqiq qiladi.

    Kriptoanaliz – kalitni bilmasdan shifrlangan matnni ochish imkoniyatlarini o’rganadi.

    Bu kitobda asosiy e’tibor kriptografik usullarga qaratilgan.

    Zamonaviy kriptografiya quyidagi to’rtta bo’limlarni o’z ichiga oladi:

    1. Simmetrik kriptotizimlar.

    2. Ochiq kalitli kriptotizimlar.

    3. Elektron imzo tizimlari.

    4. Kalitlarni boshqarish.

    Kriptografik usullardan foydalanishning asosiy yo’nalishi – maxfiy axborotning aloqa kanalidan uzatish (masalan, elektron pochta), uzatiladigan xabarning uzunligini o’rnatish, axborotni (hujjatlarni, ma’lumotlar bazasini) shifrlangan holda raqamli vositalarda saqlash.

    SHunday qilib, kriptografiya axborotni shunday qayta ishlash imkonini beradiki, bunda uni qayta tiklash faqat kalitni bilgandagina mumkin.


    Download 390.35 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 390.35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mustaqil ish qabul qildi: Bekkamov F. Bajardi: Jumanazarova G

    Download 390.35 Kb.