1-Mustaqil ishi. Operatsion tizimlar




Download 244.39 Kb.
bet1/4
Sana28.02.2022
Hajmi244.39 Kb.
#18190
  1   2   3   4
Bog'liq
Operatsion tizimlar
30711405 Qurilish mashinalari operatori Восстановлен

1-Mustaqil ishi. Operatsion tizimlar
Reja:
1. Operatsion tizimlar haqida
2. Operatsion tizimlarning yuklanishi haqida
3. Windows Operatsion tizimi
4. Linux operatsion tizimi


Operatsion tizimlar haqida. Birinchi kompyuterlarda operatsion tizimlar boʻlmagan. Birinchi kompyuterlarda ishlaydigan har bir dastur kompyuterda ishlash uchun zarur boʻlgan barcha kodlarni oʻz ichiga olishi, oʻrnatilgan apparat bilan aloqa qilish va dastur bajarishi kerak boʻlgan hisob-kitoblarni bajarishi kerak edi. Bu holat hatto eng oddiy dasturlarni ham juda murakkab holga keltirardi. Ushbu muammoga javoban markaziy kompyuterlar egalari kompyuterga kiritilgan dasturlarni yozish va bajarishni osonlashtiradigan tizimli dasturiy taʼminotni ishlab chiqa boshladilar va shu bilan birinchi operatsion tizimlar dunyoga keldi.

Dastlabki operatsion tizimlar juda xilma-xil bo'lib, har bir sotuvchi yoki mijoz o'zining asosiy kompyuteriga xos bir yoki bir nechta operatsion tizimlarni ishlab chiqaradi . Har bir operatsion tizim, hatto bitta ishlab chiqaruvchidan bo'lsa ham, buyruqlar, operatsion protseduralar va disk raskadrovka yordami kabi qurilmalarning tubdan farqli modellariga ega bo'lishi mumkin. Odatda, ishlab chiqaruvchi har safar yangi mashinani chiqarganida, yangi operatsion tizim paydo bo'ladi va ko'pchilik ilovalar qo'lda sozlanishi, qayta kompilyatsiya qilinishi va qayta sinovdan o'tkazilishi kerak edi.


Biz kompyuter deb ataydigan, EHM lar turkumiga kiruvchi va axborotlarni qayta ishlaydigan universal mashinalar bo’lmish kompyuterlarni biz uning asosiy dasturi bo’lmish operatsion tizimlarisiz tasavvur eta olmaymiz. Sababi operatsion tizimlarisiz kompyuterlarning bunchalik miqyosda keng qo’llanilishi mumkin emasdi. Agar operatsion tizimlar bo’lmasa, biz kompyuterda axborotlar bilan ishlashimiz nisbatan ancha murakkab bo’lardi. Kompyuter ishga tushirilganda birinchi bo’lib operatsion tizim yuklanadi, shunday ekan biz operatsion tizimlarni kompyuterda ishlaydigan asosiy dasturlar sifatida qarashimiz mumkin.




Operatsion tizimlarni asosiy vazifalari quyidagilar:
1. Kiritish va chiqarishni boshqarish.
2. Foydaluvchi va kompyuter o’rtasida qulay interfeysni yaratish.
3. Kompyuter qurilmalarini boshqarish
4. Foydalanuvchi tomonidan berilgan ko’rsatmalar asosida kompyuterni boshqarish
5. Kompyuter resurslarini boshqarish
6. Kompyuter qurilmalarini dasturlar bilan to’g’ri ishlashini va bir biriga integratsiyalangan holda ishlashini ta’minlash.
7. Dasturlarni barcha kompyuterlarda ishlay olishini ta’minlash va boshqalar.

Hozirgi kunda eng keng qo’llanib kelinayotgan operatsion tizimlarga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: Windows(7, 8.1, 10, 11), Android, Mac, IOS, Linux va Unix hisoblanadi.


Dasturlar interfeysiga ko’ra ikki turga bo’lishimiz mumkin:


1. Nografik – Nografik interfeysga ega dastur bilan ishlashda faqat klaviatudan foydalanilishi mumkin va ma’lumotlar faqat matn ko’rinishida bo’ladi.
2. Grafik – Grafik interfeysga ega dastur bilan ishlashda klaviatura va sichqoncha foydalanilishi mumkin va ma’lumotlar matn va grafik ko’rinishida bo’ladi.

Dasturlarni kodlarini ochiqligi jihatidan ikki toifaga bo’linadi:


1. Ochiq kodli va 2. Yopiq kodli dasturlar.

Dasturlarni to’rt toifaga bo’linadi:


1. Bepul(Free) – Bepul dasturlar
2. Pullik dasturlar – sotib olinadigan dasturlar
3. Sinov muddatiga ega pullik dasturlar(Shareware) – Sinov muddatiga ega bo’lgan pullik dasturlar
4. Sinovdagi dasturlar(Beta) – Hali sinovdan o’tmagan dasturlar



Download 244.39 Kb.
  1   2   3   4




Download 244.39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Mustaqil ishi. Operatsion tizimlar

Download 244.39 Kb.