• 2-topshiriq. 2-sinf Ona tili va o’qish savodxonligi darsligi tahlili
  • 1. Mustaqil ta’lim shakli: taqriz yozish topshiriqlari: 1-topshiriq. 1-sinf Ona tili va o’qish savodxonligi darslik tahlili




    Download 16.48 Kb.
    Sana11.05.2023
    Hajmi16.48 Kb.
    #58348
    Bog'liq
    1. Mustaqil ta’lim shakli taqriz yozish topshiriqlari 1-topshi
    Bitiruv malakaviy ishini yozish bo’yicha uslubiy qo’llanma, ReadMe UzTransLit, 7-Amaliy mashg'ulot, Matematika (1996-2003) yillar 1803462973 [uzsmart.uz], Alijonova Maftuna MD, insonparvarlik, Chizmachilikdan grafik ishlar tizimi, 1977 qaror 01.07.2009, Kompyuter qurilmalar, Mavzu ijtimoiy mediada tahdid va xavf xatarlar-fayllar.org (1), Medialarning ijtimoiy mazmuni, Medialarning ijtimoiy mazmuni-fayllar.org, HUDUDGAZ SURXONDARYO 02, 01 Примеры сетевых приложений

    1.Mustaqil ta’lim shakli: taqriz yozish topshiriqlari:
    1-topshiriq. 1-sinf Ona tili va o’qish savodxonligi darslik tahlili.
    Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 1-sinfi uchun darsligining Savod o’rgatish va nutq o’stirish qismiga 128 soat ajratilgan bo’lib, u “Tayyorgarlik davri”, “Alifbe davri” kabi katta bo’limlardan iborat. Ona tili va o’qish savodxonligi qismiga ham 128 soat ajarilgan bo’lib, “Men, sen, u va ular”, “Tabiat ne’matlari”, “Sog’ tabda – sog’lom aql”, “San’at va madaniyat”, “ Til va dil”, “Fan va texnologiyalar”, “O’quv yili oxirida takrorlash “ bo’limlaridan tashkil topgan. Darslikda mavzu bilan bog’liq bo’lgan matn ustida ishlash, unda berilgan harakatni bildiruvchi so’z va birikmalarning ma’nosini anglash, imlosi bilan tanishishga oid , tartib, uning ahamiyati, bolalarning kun tartibi, qanday bo’lishi kerakligi haqida suhbat, suhbat jarayonida tengdoshlari va kattalar bilan suhbatga kirisha olish, yaqin qarindoshlarni bayram bilan tabriklash uchun tabriknoma yozish, berilgan mavzu yuzasidan suhbat qurish kabi topshiriqlar berilgan bo’lib, bu topshiriqlar o’quvchilarning og’zaki va yozma bog’lanishli nutqini shakllantirishga qaratilgan. 1-sinf ona tili va o’qish savodxonligini o’qitish uchun Milliy dasturda jami 264 soat berilgan bo’lib, darslik va dastur mavzulari bir-biriga to’la mos keladi. Darslikdagi tayyorgarlik davrida o’qish darslarini o’quv predmeti mazmuni asosida tashkil etiladigan dars haiqdagi amaliy ko’nikma, og’zaki va yozma nutq haqida tushuncha berilgani barcha ta’limiy mezonlarga to’g’ri keladi. Yangi darslik va dasturlar ta’lim berishda yondashuvni o’zgartirib turishni taqazo etadi. Darsliklar zamon talabiga mos, zamonaviy yangiliklar, atamalar, ijtimoiy muhit haqida ko’proq bilim va tushunchalar beradi. Masalan: I bo’lim. Men sen, u va ular mavzusida berilgan matn tarkidan qarindoshlikni bildiruvchi so’zlar va kishilarning ismlarini bildiruvchi so’zlarni ajrata olish ko’nikmasini shakllantiradi.

    2-topshiriq. 2-sinf Ona tili va o’qish savodxonligi darsligi tahlili
    Milliy dasturda o’quvchilar uchun taqdim ertilgan 2-sinf ona tili va o’qish darsligini o’qitish uchun 264 soat ajratilgan. Darslik dasturdagi barcha mavzularni qamrab olgan holda undagi lingvistik va nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish uchun xizmat qiluvchi mashqlar tizidan ishlab chiqilgan. Darslikda o’quchilar mashqlarni yechish barobarida amaliy shaklda o’zbek tili qoidalari bilan tarzda tanishib boradilar. Darslikda ona tili grammatikasi va tovushlar tarkibi haqida bironra ham so’z yuritilmagan, balki grammatik mashlqlarni yechish orqali yangi mazvularni induktiv tarzda o’rganib boradilar. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 2-sinfi uchun darsligida “O’zbekiston-mening Vatanim”, “Men, sen, u va ular”, “ Tabiat ne’matlari”, “Sog’ tanda sog’lom aql”, “Kasbim-faxrim”, “Yosh iqtisodchi”, “Fan va texnologiyalar”, “Til va dil”, “Tarix xazinalari”, “San’at va madaniyat”, “Huquqimiz-haqimiz”, “O’quv yili oxirida takrorlash” kabi bo’limlar berilgan bo’lib, ushbu bo’limlarda turli xil mavzulardagi matnlar va ulardan keyin bajarilishi kerak bo’lgan topshiriqlar berilgan. Topshiriqlar turfa xilligi, rang-barangligi, hozirgi kun va xalqaro baholash tizimlari talablariga javob bera olishi bilan oldingi darsliklardan ajralib turadi. Avvalgi ona tili darsliklarida ko’proq qoida berilib, undan so’ng shu qoidani mustahkamlash uchun mashqlar berilgan bo’lsa, endilikda o’qish va ona tili darsliklari bitta qilingan va undagi mashqlar amaliy ko’nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Darslikda biron qoida ko’rmaysiz, faqat hayotiy misollar orqali ona tili predmeti o’qitiladi. Drslikdagi mavzular va ularga ajratilgan soatlar Milliy dastur talablariga to’la mos keladi.
    Download 16.48 Kb.




    Download 16.48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Mustaqil ta’lim shakli: taqriz yozish topshiriqlari: 1-topshiriq. 1-sinf Ona tili va o’qish savodxonligi darslik tahlili

    Download 16.48 Kb.