1. O’quv qo’llanmalar Darsliklar haqida 3




Download 21.49 Kb.
bet2/3
Sana11.12.2023
Hajmi21.49 Kb.
#115904
1   2   3
Bog'liq
16 O‘quv qo‘llanma hamda darsliklar Manografiyalarni tahlilini o‘rganish
09 - Finish Legend, Sun\'iy intellekt, 000000, 100976
2. Darsliklar haqida
Maktablardagi sifatli taʼlim ko‘p jihatdan yaratilayotgan darsliklarga bog‘liq. Yaʼni u taʼlim standartlariga javob berish bilan birgalikda o‘quvchini qiziqtirish va fanga bo‘lgan mehrini uyg‘otishi kerak. Boshlang‘ich sinf darsliklarining tubdan yangilangani nafaqat o‘quvchi va ustozlarni, balki ota-onalarni ham quvontirdi. Ammo ular borasidagi tanqidiy fikrlar ham yo‘q emas. Xo‘sh, 2023/2024-o‘quv yilida taqdim etilgan darsliklar avvalgilaridan nimasi bilan farq qiladi? Bu savolga javob olish maqsadida soha mutaxassislari va ota-onalarning fikrlari bilan o‘rtoqlashdik.
Bu yil taqdim etilgan boshlang‘ich sinf darsliklari o‘qituvchilar uchun yangilik bo‘ldi. O‘quvchilar kitoblar berilgan kun qanchalik quvonishganini so‘z bilan taʼriflab berib bo‘lmaydi. Haqiqatan ham hozirgi kitoblar avvalgilaridan ancha ustun. Kitobning ko‘rinishi va rang-barang suratlari har bir o‘quvchini o‘ziga qaratoladi. Avvalgi kitoblar ancha qalin va og‘ir edi. Ayni o‘sish davridagi bola uchun bu qator qiyinchiliklarni tug‘dirardi. Yangi darsliklarning choraklarga bo‘lingani o‘quvchini yil davomida ortiqcha yukni ko‘tarib yurishdan xalos qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 726-qaroriga muvofiq taʼlim muassasalarining matbaa mahsulotlari texnik reglament asosida ishlab chiqariladi. Yangi boshlang‘ich sinf darsliklari ana shu texnik reglamentning eng maksimal darajasidan ham yuqori sifatda ishlab chiqarilgan. Bu o‘z navbatida darslikdan uzoq yil foydalanishga sabab bo‘ladi. Ular sifati va chidamlilik darajasi bo‘yicha Yevropa poligrafiyasi standartlariga to‘liq javob beradi. Darslikning vazni, o‘lchami, shriftlari bo‘yicha reglament tasdiqlangan va shu talablardan kelib chiqqan holda ishlab chiqarilgan, — deydi Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori Vohid Hamidov.
Darsliklar ikki yildan buyon ijara to‘lovisiz berilayotgandan juda quvonyapman. Ilgari xorij tilidagi darsliklar bo‘yicha yetishmovchiliklar bo‘lardi. O‘qituvchilar darslikka qo‘shib, qo‘shimcha adabiyotlar ham sotib olishimizni so‘rashardi.


Download 21.49 Kb.
1   2   3




Download 21.49 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. O’quv qo’llanmalar Darsliklar haqida 3

Download 21.49 Kb.