• Tayanchso`z iboralar
  • 1. Organik moddalar ishtirokida boradigan reaksiyalar. Birikish, Almashinish, Ajralish reaksiyalari. Oksidlanish va qaytarilish reaksiyalari




    Download 54.5 Kb.
    Sana10.02.2022
    Hajmi54.5 Kb.
    #17350
    Bog'liq
    1. Organik moddalar ishtirokida boradigan reaksiyalar. Birikish,
    Horij musiqa adabiyoti, 7 (1), NARXLAR, Qattiq jism dinamikasi 10, Самостоятельная работа албом, Mavzu Oddiy differensial tenglamalar uchun Koshi masalаsini yec, 09 Бланк курсового Производство св конст , UMARXON KURS ISHI, Тупроқни ким таҳлил. Ас ўзг-hozir.org, avtomobillarga-texnik-va-servis-xizmat-ko-rsatish-usullari, 1481616381 65136

    Aim.uz



    Organik birikmalarning reaksiyalari.
    Reja:
    1. Organik moddalar ishtirokida boradigan reaksiyalar.
    2. Birikish , Almashinish, Ajralish reaksiyalari.
    3. Oksidlanish va qaytarilish reaksiyalari.

    Organik moddalar ishtirokida boradigan reaksiyalar quyidagi turlarga bo`linadi.


    Birikish reaksiyalari:Bu reaksiyalarda tarkibida qo`shbog` yoki uch bog`I bo`lgan moddalar ishtirok etadi.
    CH2 = CH2 + H –H →CH3 –CH3
    CH2 = CH2 + Cl-Cl →CH2Cl – CH2Cl
    CH≡CH + H- OH →CH3 – COH
    CH2+ H- H →CH3 -CH2-CH3
    ۸
    CH2 CH2
    Birikish reaksiyalari bir xil molekulalar ishtirokida ham beradi , bunda yuqori molekulalar birikmalar hosil bo`ladi.
    CH2 = CH2 + CH2 =CH2 + CH2 = CH2 → - CH2 - CH2 – CH2 – CH2 - CH2 -
    Almashinish reaksiyalari:Bu reaksiyalar uglevodorodlar va ularning turli hosilalari va funksional gruppalar saqlagan moddalar ishtirokida sodir bo`ladi.

    H3C – H + Cl – Cl →H3C – Cl + HCl


    C6H6 + Br – Br →C6H5Br + HBr
    2CH3COOH + 2 Na →2CH3COONa +H2


    Ajralish reaksiyalari.Bu reaksiyalar uglevodorod va ularning turli hosilalari va funksional gruppalar saqlagan moddalar ishtirokida sodir bo`ladi:
    Cl – CH2 – CH 2– Cl + Zn →ZnCl2 + CH2 = CH2 ( degalodenlanish)
    H – CH2 – CH2 - OH →H 2O + CH 2=CH2 (degidratlanish)
    H – CH2 – CH2 – H →H2 + CH 2=CH2 ( degidrogenlanish)
    H – CH2 – CH2 – Cl →HCl + CH2 =CH2 ( degidrogalogenlanish)

    Reaksiyalar ular natijasida hosil bo`ladigan moddalar turiga ko`ra ham xillarga bo`linadi Reaksiyalar moddalardagi kimyoviy bog`lanishning uzilish mexanizmiga ko`ra ham turlarga bo`linadi. Agar organik modda molekulasi tarkibidagi C-C , C+ C , C-H , C –X (X =F,Cl,Br, J ) bog`larini hosil qiluvchi elektron juftlari ajralish natijasida hosil bo`ladigan atomlar yoki qisimlar o`rtasida barobar taqsimlansa , gomolitik parchalanish deyiladi va radikallar hosil bo`ladi . Bunday reasiyalar radikal mexanizimli reaksiyalar deyiladi. Ko`pchilik ajralish , polimerlanish , birikish reaksiyalari radikal mexanizimli bo`ladi.


    CH3H + Cl Cl →H3CCl + HCl
    n CH2 – CH2 –→ CH2 – CH2 + CH2 – CH2 → - CH2 – CH2 – CH2 – CH2
    Tarkibida juftlashmagan elektronni bo`lib , juda yuqori reaksion qobiliyatga ega bo`lgan , qisqa vaqt ichida mavjud bo`luvchi zarracha radikal deyiladi. Odatda radikallar H , Cl , CH3 , C2H5 yoki R holida belgilanadi.
    Organik moddalar ishtirok etadigan reaks iyalar qatoriga oksidlanish va qaytarilish reaksiyalari ham kiradi. Umuman organic moddalar tarkibidagi uglerod atomlarining oksidlanish darajalari C-4 dan C+4 gacha bo`lib bu uglerod atomlari oksidlovchilar ( asosan kislorod atomlari) ta`sirida oksidlanib , CO va CO2 hosil qilsalar , vodorod atomlari suv hosil qiladi. Bu moddalarning bevosita kislorod ta`sirida bo`ladigan oksidlanish reaksiyasida katta issiqlik va yorug`lik energiyalarining chiqishi “ yonish reaksiyalari “ deyiladi.
    CH3 +5O2 →3CO2 + 4 H2O
    C2O5OH + 3O2 →2 CO2 + 3 H2O

    Shu bilan birgalikda “ sekinlik” va ohistalik bilan boradigan oksidlanish reaksiyalari ham boradigan oksidlanish reaksiyalari ham borki , ular natijasida organik moddalarning bit turdan boshqasiga o`tish kuzatiladi.


    C2H5 OH + [ O] →CH3 -CHO + H2O
    Etil spirit Sirka aldegidi
    +3 +3
    CH3 - CHO + [ O] →CH3 COOH
    Sirka aldegidi sirka kislotasi
    Qaytarilish reaksiyalarida molekula tarkibidagi uglerod tarkibidagi uglerod atomlarining oksidlanish darajasi kamayadi. Bu asosan vodorod atomlari birikish natijasida sodir bo`ladi. Bunday reaksiyalar tufayli aldegidlar , spirtlar to`yinmagan uglevodor odlar to`yingan uglevodorodlarga aylanadi.
    C-2 H2+ = C-2 H2 + HO2 →C+3H+3 – C+3H+3
    etilen etan
    Tayanchso`z iboralar: kimyoviy reaksiya , orin olish , birikish , oksidlanish , qaytarilish
    Topshiriqlar

    1. Organik moddalarning kimyoviy tuzilishini o’rganing.

    2. Izomeriya tushunchasini ta’riflang

    3. A. M. Butlerovning kimyoviy tuzilish nazariyasi o’qing
    Foydalanilgan adabiyotlar

    1. Z.Saidnosirova “Anorganik kimyo”
    2. Raximov X.O. “Anorganik kimyo”
    3. T.M. Mirkomilov “Umumiy kimyo”
    4. G.P. Xomchеnko “Kimyodan masalalar”
    5. O.S. Sodiqov. “Organik kimyo”



    Aim.uz

    Download 54.5 Kb.




    Download 54.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Organik moddalar ishtirokida boradigan reaksiyalar. Birikish, Almashinish, Ajralish reaksiyalari. Oksidlanish va qaytarilish reaksiyalari

    Download 54.5 Kb.