12
1.2 Uygʻonish davrining buyuk gʻoyalari
Uygʻonish davri Italiyadan tashqarida (shartli ravishda "shimoliy" deb
nomlangan) 15- asrda rivojlandi. Gotika anʼanalarini ijodiy anglagan ustalar ayrim
hodisalarni amaliy yoʻl bilan oʻzlashtirib bordilar. Niderlandiya va Germaniyada
Uygʻonish davri meʼmorligi soʻnggi gotikaning taraqqiy etgan davriga toʻgri keldi
(Antverpendagi ratusha, 1561—65, meʼmori K. Floris; Germaniyaning
Geydelbergidagi saroy, 1556—59). 16-asr oʻrtalarida
Fransiyada antik davrga
hamda Italiya Uygʻonish davri meʼmorligiga asoslangan oʻziga xos meʼmoriy
uslub shakllandi (Shambor qasri, 1519—40, meʼmori T. va D. Surdo, P. Nevo va
boshqalar). Ispaniya, Chexiya, Polsha, Vengriya Uygʻonish davri meʼmorligi
oʻziga xos milliy xususiyatlarga ega boʻlgan (Pragadagi Belveder yozgi saroyi,
1535— 63, meʼmori J. Spatsio va boshqalar). Uygʻonish davrining buyuk
gʻoyalari, ayniqsa, tasviriy sanʼatda yorqin ifodalandi; hayotga muhabbat, insonga,
uning irodasi va aqliga katta ishonch bildirildi.
Antik davr merosini ijodiy
oʻzlashtirgan italyan rassomlari zamonasining ilmfan yutuklariga tayanib inson va
uni oʻrab turgan muhitni haqqoniy aks ettirishga urindilar. Ular sanʼatni
perspektiva, proporsiya, nursoya, ritm, rangshunoslik, hajm, rakurs va h.k. hamda
odam tanasi tuzilishi haqidagi aniq bilimlar bilan boyitdilar, ikonadan kartinaga
oʻtildi, haykaltaroshlik
mustaqil janrga aylandi, freska sanʼati kjsaldi. Yangi
davrning ilk xususiyatlari 13—14-asrlar rassomlar (rassom Jotto, haykaltarosh N.
Pizano) ijodida kuzatildi, 15-asr boshlarida yangi badiiy dunyoqarash rassom
Mazachcho, haykaltarosh Donatello ijodida yorqin namoyon boʻldi. Yuksak
Uygʻonish davri Italiya sanʼatida nisbatan qisqa davrni oʻz
ichiga oladi, lekin
mazmunan juda ulug boʻlib, Italiya sanʼatining "oltin asri" hisoblanadi. Bu davr
Leonardo da Vinchining psixologik taʼsirchan asarlarida, uygʻunlikda ishlangan
Rafael polotnolarida, kurash ruhi bilan yoʻgʻrilgan
Mikelanjelo rangtasvir va
haykaltaroshlik asarlarida, Jorjone, Titsianning koloritga boy hayotbaxsh
kartinalarida va boshqalarda namoyon boʻldi. 16-asrning 2choragidan boshlangan
Italiyadagi iqtisodiy va madaniy inqiroz gumanistik goyalarning barbod boʻlishi va
soʻnishini boshlab berdi. Uygʻonish davrining dunyoviy, hayotbaxsh sanʼati va