|
1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakultetiBog'liq choriyeva manzura7777777 5-markazlar, Kodirova M, kimyoviy-texnologiyaning-jarayonlari-va-qurilmalari17
Osiyo markazida joylashgan Movarounnahr, Xuroson va Eronda Italiyaga
qaraganda bir necha asr oldin (9— 12-asrlar) ulkan madaniy koʻtarilish yuz
bergan, ilm-fan, falsafa, adabiyot kuchli rivojlanib, ilgʻor insonparvarlik gʻoyalari
jamiyat fikrini band etgan, aqliy va ijodiy faollik gurkiragan. Bu davr dunyo ilmida
"Musulmon Renessansi" (A. Mets) yoki "Sharq Uygʻonishi" (N. I. Konrad) nomi
bilan atalib kelinmoqda. Sharq Uygʻonish davrida Yevropa Uygʻonish davrining
asosiy belgilari mujassam: joʻshqin ijodiy faoliyat, ulkan bunyodkorlik ishlarining
amalga oshirilgani, aqlni hayratga soluvchi bemisl asarlarning yaratilgani shundan
dalolat beradi. Sharq Uygʻonish davri ham ulugʻ allomalar, qomusiy bilim
sohiblari, mashhur mutafakkirlarni yetishtirdi. Aniq fanlar sohasida Muhammad
Xorazmip, Abu Bakr Roziy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad alFargʻonip, Umar
Xayyom, Mirzo Ulugʻbek jahonshumul kashfiyotlar qildilar. Abu Nasr Forobiy,
Abu Ali ibn Sino, Ibn Rushd, Muhammad Gʻazoliy, Nasafiy Aziziddinlarning
falsafiy asarlari tafakkur xazinasini boyitdi, olam, odam va jamiyat yaxlitlikda
tadqiq etilib, yangi qonuniyatlar ochildi, aqliy bilim ufqlari kengaydi, fozil jamiyat
va komil inson nazariyasi chuqur ishlab chiqiddi. Sheʼriyatda Abu Abdullo
Rudakiy, Abulalo alMaarriy, Abulqosim Firdavsiy, Jaloliddin Rumiy, Hofiz
Sheroziy, Nizomiy Ganjavip, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy kabi daho
ijodkorlar yetishib, oʻlmas asarlar yaratdilar, ishqmuhabbat, qahramonlik, ozodlik
va ezgulikni kuyladilar. Miniatyura rassomchiligida bir necha maktablar
shakllandi, bunda Kamoliddin Behzod rasmlari yangi ijodiy yoʻnalishga asos soldi.
Uygʻonish davri ning yana bir belgisi xalq ruhini ifodalaydigan "Ming bir kecha",
"Kalila va Dimna", "Qirq vazir", "Toʻtinoma", "Sindbodnoma", "Jomeʼul hikoyot"
kabi qiziqarli sarguzashtlarga toʻla, shavqu zavq qoʻzgʻatadigan asarlarning
koʻpaygani, ikkinchi tomondan "Xamsa"larda boʻlganiday, insoniy ideallarni
mujassam etgan hikmat va falsafaga boy umumbashariy gʻoyalarning
tasvirlanishidir. Eron va Markaziy Osiyo xalqlari bir necha ming yillik sivilizatsiya
tarixiga ega. Zotan, qadimiyati, qad. davlatchiligi boʻlmagan xalqda Uygʻonish
davri ham boʻlmaydi. Markaziy Osiyoda 9—13-asrlarda oʻz xalqining
qadimiyatiga qaytish, Avesto falsafasini Qurʼon maʼrifati bilan uygʻunlashtirib,
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti
|