|
1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakultetiBog'liq choriyeva manzura7777777 5-markazlar, Kodirova M, kimyoviy-texnologiyaning-jarayonlari-va-qurilmalari21
tasvirini yaratishga harakat qildilar. Ularning asarlarida Uyg‘onish davri
realizmining o‘ziga xos tomoni hayotiy muammolarni ko‘pincha diniy niqob
ostida, diniy mifologik obrazlar orqali berish hollarini uchratamiz. Uyg‘onish davri
san’atkorlari ijodida insonlar hayoti, inson baxt-saodat yaratuvchisi va ozodlik
uchun kurashchi ekanligi asosiy mavzu bo‘lib qoldi. Insonni o‘z asarlarida shunday
kuylagan san’atkorlardan biri, ilk Uyg‘onish davrining yirik vakili Donatello
bo‘ldi. Uning “David” deb nomlangan haykali Uyg‘onish davrida birinchi marta
libossiz holda tasvirlangan haykal bo‘ldi. “Otdagi Gattamellatti” haykali esa
jamoatchilikka manzur bo‘lgan insonni ulug‘lash yo‘lidagi birinchi otliq haykal
edi.
Insonni kuylash, uning qahramonligi, aql-zakovatini ulug‘lash Uyg‘onish
davrida portret san’atining qaytadan tug‘ilishiga olib keldi. Portret san’atida
ifodalanadigan insondagi nozik his-tuyg‘ular o‘zining butun borlig‘i bilan
Uyg‘onish davrining buyuk san’atkorlari Leonardo da Vinchi, Rafael Santi,
Mikelanjelo, Titsian, Djordjone ijodida o‘z ifodasini topdi. Ona, onalik mehri
ulug‘landi. Bu o‘rinda Leonardo da Vinchining “Madonna»si va mashhur “Mono
Liza” portretini, Rafael Santining “Sikstin Madonnasi”, Mikelanjeloning haykallari
va devoriy suratlarini, Titsiannnig inson jismoniy go‘zalligini tarannum etuvchi
polotnolarini eslatmay o‘tish mumkin emas. Bu asarlar renessans davri
kishilarining ideali o‘zining to‘liq obrazli talqinini topdi. Uygʻonish davri
(Renessans) - Markaziy Osiyo, Eron, Xitoy (9-12 va 15- asrlar), Gʻarbiy
Yevropada yuz bergan alohida madaniy va tafakkuriy taraqqiyot davri.
"Renessans" atamasi dastlab Italiyadagi madaniy-maʼnaviy yuksalish (14—16-
asrlar)ga nisbatan qoʻllanilgan, uni oʻrta asrchilik turgʻunligidan yangi davrga
oʻtish bosqichi deb baholaganlar. Renessansning asosiy alomatlari: tafakkurda va
ilmu ijodda dogmatizm, jaholat va mutaassiblikni yorib oʻtib, insonni ulugʻlash
(qarang Gumanizm), uning isteʼdodi, aqliyfikriy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish;
antik davr (yunonrum) madaniyatiga qaytib, uni tiklash, boyitish; cherkov
sxolastikasidan qutulib, adabiyot va sanʼatda dunyoviy goʻzallik, hayot taronalarini
qizgʻin kuylash; inson erki, qurfikrlilik uchun kurashish. Buning natijasi oʻlaroq,
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti
|