|
1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakultetiBog'liq choriyeva manzura7777777 5-markazlar, Kodirova M, kimyoviy-texnologiyaning-jarayonlari-va-qurilmalari22
ijodiy qudrat va tafakkur kuchini namoyish etadigan ulugʻvor badiiy asarlar,
salobatli binolar yaratildi, ilmfan rivojlandi. Italiyada shoir Petrarka va Dante,
rassom Jotto, adib va mutafakkirlar Bokkachcho, Ariosto, Tasso, Byome
Renessans gʻoyalarining jarchilari boʻlib maydonga chiqsilar. Keyinchalik
Mikelanjelo, Rafael, Shekspir, Servantes Yevropaning turli mamlakatlarida buni
davom ettirdilar. Ammo Renessans, yaʼni Uygʻonish faqat Yevropa hodisasi emas.
Dunyo madaniyatini yaxlit olib oʻrgangan olimlarning ishlari shuni koʻrsatdiki,
Osiyo markazida joylashgan Movarounnaxr, Xuroson va Eronda Italiyaga
qaraganda bir necha asr oldin (9— 12-asrlar) ulkan madaniy koʻtarilish yuz
bergan, ilmfan, falsafa, adabiyot kuchli rivojlanib, ilgʻor insonparvarlik gʻoyalari
jamiyat fikrini band etgan, aqliy va ijodiy faollik gurkiragan. Bu davr dunyo ilmida
"Musulmon Renessansi" (A. Mets) yoki "Sharq Uygʻonishi" (N. I. Konrad) nomi
bilan atalib kelinmoqda. Sharq Uygʻonish davrida Yevropa Uygʻonish davrining
asosiy belgilari mujassam: joʻshqin ijodiy faoliyat, ulkan bunyodkorlik ishlarining
amalga oshirilgani, aqlni hayratga soluvchi bemisl asarlarning yaratilgani shundan
dalolat beradi. Sharq Uygʻonish davri ham ulugʻ allomalar, qomusiy bilim
sohiblari, mashhur mutafakkirlarni yetishtirdi. Aniq fanlar sohasida Muhammad
Xorazmip, Abu Bakr Roziy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad alFargʻonip, Umar
Xayyom, Mirzo Ulugʻbek jahonshumul kashfiyotlar qildilar. Abu Nasr Forobiy,
Abu Ali ibn Sino, Ibn Rushd, Muhammad Gʻazoliy, Nasafiy Aziziddinlarning
falsafiy asarlari tafakkur xazinasini boyitdi, olam, odam va jamiyat yaxlitlikda
tadqiq etilib, yangi qonuniyatlar ochildi, aqliy bilim ufqlari kengaydi, fozil jamiyat
va komil inson nazariyasi chuqur ishlab chiqiddi. Sheʼriyatda Abu Abdullo
Rudakiy, Abulalo alMaarriy, Abulqosim Firdavsiy, Jaloliddin Rumiy, Hofiz
Sheroziy, Nizomiy Ganjavip, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy kabi daho
ijodkorlar yetishib, oʻlmas asarlar yaratdilar, ishqmuhabbat, qahramonlik, ozodlik
va ezgulikni kuyladilar. Miniatyura rassomchiligida bir necha maktablar
shakllandi, bunda Kamoliddin Behzod rasmlari yangi ijodiy yoʻnalishga asos soldi.
Uygʻonish davri ning yana bir belgisi xalq ruhini ifodalaydigan "Ming bir kecha",
"Kalila va Dimna", "Qirq vazir", "Toʻtinoma", "Sindbodnoma", "Jomeʼul hikoyot"
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti
|