25
XVIII asming boshlarida paydo boidi. Bu davrda rasm chizish Dengiz
3
akademiyasi, xirurgiya maktabi. kadetlar maktabida, fanlar akademiyasi qoshidagi
gimnaziyada, qizlar tarbiya bilim yurtida o'qitilgan. Bu o‘quv yurtlarida rasm
chizishga o‘rgatish rassomlar
tayyorlash uchun emas, balki yoshlami kasbiy
faoliyati va kelajak hayotlarida foydalanishlari uchun kerak bo‘ladigan soha deb
qaralar edi.
1934-yilda rus rassomi A. Sapojnikov birinchi bor umumiy ta’lim maktablari
uchun «Rasm chizish kursi» nomli darslikni yaratdi. Mazkur darslik naturaga qarab
rasm chizishga asoslangan edi. Darslik realistik rasm
ishlash asosida qurilgan
bo‘lib, unda perspektiva, yomg‘-soya qonunlari ham o‘z aksini topgan edi. Shu
bilan bir qatorda Sapojnikov sim, karton, gips kabi
materiallardan narsalar
tuzilishi, perspektiv qisqarishi, hajmiga doir metodik ko‘rgazmali qurollar
majmuasini ham yaratdi. Muallifning tavsiyalariga ko‘ra har qanday natura asosiga
turli hajmli va yuzali
geometrik shakllar yotishi, shuning uchun ham rasm
chizishda geometrik metoddan foydalanish maqsadga muvofiqligi bayon etilgan.
Rossiyada tasviriy san’atni umumiy ta’lim maktablarida o‘qitilishi ga doir
yirik fundamental asar yaratganlardan biri G. A. Gippius bo‘1di. Uning «Очерки
теории рисования как обшего учебного предмета» nomli asarida o‘sha davrdagi
3
Abdirasilov S.F., Tolipov N.X. Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi. -Т ., «Aloqachi», 2007.