1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti




Download 489.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/28
Sana22.02.2023
Hajmi489.08 Kb.
#43108
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
choriyeva manzura7777777
5-markazlar, Kodirova M, kimyoviy-texnologiyaning-jarayonlari-va-qurilmalari, MAlumotnoma, RQLK mustaqil ish 51-NOMER, 1, 122223323233, 24.buyuk britaniya xx asr oxiri xxi , Adabiyotlar sharxi. Asosiy qisim-fayllar.org, Arab xalifaligi davrida Movarounnahr va Xuroson Reja I. Kirish , 6-sinf-biologiya-botanika-fanidan-testlar-1, Tursunova MUattar 4, Tursunova MUattar 3, 00000000
29 
 
g‘oyalar yangi tuzilgan dasturlarda o‘z ifodasini topdi. Rossiyada 1970-2000-yillar 
davomida olib borilgan ishlar mazmuni turli-tuman boidi.
Bu haqda uning zamondoshi Pliniy shunday deb yozgan edi: 
≪Uning 
sayharakati bilan awal Sakkionda, so`ngra Yunonistonda hamma bolalarga rasm 
chizishni o`rgatish lozimligi belgilab qo`yilgan. Boshlang`ich ta`lim rasm 
chizishdan boshlanishi qayd qilingan edi
≫. 
Uyg’onish davrida Italiya tasviriy san‟ati va uni o„qitish metodi katta rol 
o„ynagan. Bu davrda rasm chizish umumiy ta‟lim beradigan o’quv predmetlari 
qatoriga kiritildi. Mashhur rassomlardan Chennino Chennini, Leon Batista Alberti, 
Leonardo da Vinchilar bu borada e‟tiborga loyiq ishlarni amalga oshirganlar. 
Ularning asarlarida fan va san‟at o„rtasidagi aloqalar, proporsiya, perspektiva, 
anatomiya masalalari asosiy o„rinni egalladi. Ularning fikrlariga ko„ra naturaga 
qarab rasm ishlash o„qitishning asosini tashkil etishi lozim hisoblangan. Ayniqsa, 
Leonardo da Vinchi tasviriy san‟atni o„qitish metodikasi rivojlanishiga katta ta‟sir 
ko„rsatgan. U o„zining ,,Rangshunoslik,, nomli kitobida rassomlikni jiddiy ilmiy 
fan sohasi deb qaraydi. U ko`p yillar davomida anatomiya, rang, kishi a`zolari 
o`rtasidagi mutanosiblik qonuniyatlarini ishlab chiqqan. Tasviriy san`atni 
o`qitishni 
takomillashtirishda 
Uyg`onish 
davrining 
nemis 
rassomlaridan 
A.Dyurerning xizmatlari katta bo`ldi. U birinchi bo'lib rasm ishlashni 
yengillashtirish uchun geometrik metodni o`ylab topdi. 


30 
 
XULOSA 
Tasviriy san’at inson zotini mehnatga, aql-idrokka, tafakkur qilishga, ijod 
qilishga, go‘zallikka intilishga o‘rgatib, unda chiroyli, go‘zal ma’naviy dunyosini 
yaratib keldi. Bugungi kunda tasviriy san’at odamlar va uning jamiyati uchun 
yuksak aql-idrok, chuqur bilim va tafakkur, go‘zal turmush va e’tiqod yaratishini 
hamma yaxshi biladi. Shuningdek, kuzatishlar va ilmiy tadqiqotlar shuni 
ko‘rsatmoqdaki, tasviriy san’at yoshlarga faqat ilm-tafakkur, go‘zal estetik ideallar 
beribgina qolmay, odam zotining eng muhim jihatlarini, ya’ni kuzatish, ko‘rish, 
idrok qilish va tafakkur-tasavvurlarini rivojlantiradigan bosh va asosiy vosita 
ekanligi isbotlanmoqda. O‘quvchilar tasviriy san’at mashg‘ulotlarida narsalarni 
ko‘radilar, uning katta-kichikligini, shaklini, shaklidagi xunuk va chiroyli 
elementlarini aniqlaydilar, narsa shaklini idrok etib, rang va tusini o‘rganishadi. 
Narsa shaklini idrok etish bilan birga, uning tasvirini yaratish tahlilini qilib, ong 
faoliyati asosida naturani tasvirga aylantirib, daftar yuzigajoylashtirish bo‘yicha 
hisob-kitob qilinadi. Shundan so‘ng natura tasviri daftar yuzasiga tushiriladi. Bu 
mashg‘ulotlar davomida diqqat, idrok, xotira, tasawur, did, emotsiya rivojlanib, 
rasm chizish malakasi ortadi. Chunki bu mashg‘ulotlarda o‘quvchi naturani 
kuzatadi va ko‘radi, uni ong faoliyatida tahlil qiladi, rang-tuslarini buyumlar 
ichidan topib, uni qog‘ozga tushiradi. Lekin bu jarayon shunchalik murakkabki, 
sog‘lom rivojlangan odam bolasigina uning uddasidan chiqa oladi. Qarangki, bu 
jarayonda bolaning fikri chalg‘isa, boshqa yoqqa ketsa, shakl chiqmaydi, rang 
topilmaydi. Shu boisdan hamma bola ham rasm chiza olmaydi. Qadimgi Rim 
ruhshunoslari tomonidan chiqarilgan hukm ham bir tomondan to ‘g‘ridir. Chunki 
yuqoridagi faoliyatni faqat sog‘lom, ya’ni fiziologik va psixologik jihatdan 
sog‘lom yetilgan bolagina amalga oshira oladi. Tasviriy san’at mashg‘ulotlarida 
bolaning ko‘rish a’zolari takomillashib boradi. Chunki har bir mashg‘ulotda 
narsalarni e’tibor bilan kuzatishga va ularni idrok etishga o‘rgatib, o‘z 
diqqate’tiborini bir nuqtaga qaratish malakasi ham beriladi. Bu jarayon bolaning 
ixtiyoriy diqqati barqaror bo‘lishini ham ta’minlaydi. Shuningdek, tasviriy san’at 
mashg‘uloti o‘quvchilarni e’tiborli, zehn bilan faoliyat ko‘rsatishga o‘rgatib, 



Download 489.08 Kb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Download 489.08 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti

Download 489.08 Kb.
Pdf ko'rish