|
1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakultetiBog'liq choriyeva manzura7777777 5-markazlar, Kodirova M, kimyoviy-texnologiyaning-jarayonlari-va-qurilmalari31
ularning barcha his-tuyg‘ularini jamlagan holda, o‘zida bo‘lgan nazariy va amaliy
bilimlami ishga soladi. Butun vujudi, aql-idroki, tasawur-tafakkuri bilan faoliyat
ko‘rsatishga olib keladi. Shu boisdan nemis pedagog rassomi P. Shmitning
«Tasviriy san’at mashg‘uloti aql gimnastikasi» degan xulosasi mutlaq to‘g‘ridir.
Xullas, tasviriy san’at darslari o‘quvchilaming har tomonlama rivojlanishi asosi
bo‘lib qoladi, bunda uning o‘rni va roli benihoyat kattadir. Ma’lumki, rasm chizish
jahon xalqlarining barchasida juda qadimdan shakllanib, u san’at va madaniyatning
eng mukammal va doimiy mashg‘uloti bo‘lib keladi. Shuningdek, rasm chizish
butun bashariyat xalqlarining doimiy aloqa vositasi, insoniyatning shakllanishi va
ma’naviy o‘sishining ham bosh omili bo‘lib kelgan. Shu boisdan ham juda
qadimdan bu mashg‘ulotni rivojlantirish va takomillashtirish barcha xalqlarda
sistemali amalga oshirib kelingan. Bizgacha yetib kelgan eng qadimgi qoyatosh
rasmlari odamlar rasm chizish bilan ibtidoiy jamoa davrining paleolit yoki qadimgi
tosh asridanoq shug‘ullana boshlaganligidan dalolat beradi. Bunday rasmlar
Fransiya, Ispaniya, Old Osiyo, 0 ‘rta Osiyodan ko‘plab topilgan, ularga 5—10
ming yilcha bo‘lgan. Ma’lumki, eramizdan awalgi III mingyillikda odamlar mis,
qalay, qo‘rg‘oshin va ruxni eritib, undan bronza olishgan. Bronzadan yasalgan
narsalar juda chiroyli qilib bezatilgan. Bu davrda ishlangan buyumlardagi rasmlar
odam lar rasm chizish bilan jiddiy shug‘ullanganliklarini ko‘rsatib beradi. Tarix
shohidki, kishilik jamiyati taraqqiyoti Sharq mamlakatlarida, jumladan, Misrda
ancha tez va oldinroq boshlangan. Qadimgi Misrda grafika va rassomlik san’atning
bir turi sifatida shakllanib, juda erta taraqqiyot yo‘liga chiqib oldi. Qadimgi Misrda
rasm chizish va grafik ishlar bilan shug‘ullanish ancha erta san’at kasbi sifatida
o‘rganiladi va o‘rgatila boshlanadi. Qadimgi Misrda tasviriy san’at, adabiyot va
me’morchilik g‘oyat kuchli motivlarda taraqqiy etdi. Bu yerda rasm chizishni,
grafik ishlarni bajarishni va bino qurishni awallari xususiy kasb sifatida o‘z
bolalariga, qarindosh-uruglariga o‘rgatar edilar. Keyinchalik kichik-kichik
maktablar tashkil etila boshlandi. Haqiqiy rassomlik maktablari eng awal Misrda,
so‘ngra Hindistonda va Xitoyda tashkil etildi. Bu maktablarda, asosan, yer
o‘lchash, yo‘l, kanal va binolar rejasini tuzish, chizmalar chizish, buyumlarga
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti
|