|
1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakultetiBog'liq choriyeva manzura7777777 5-markazlar, Kodirova M, kimyoviy-texnologiyaning-jarayonlari-va-qurilmalari6
rivojlantirdi. "Matematika, kimyo, tibbiyot sohasida musulmonlarning xizmati
buyuk... bu fanlarda musulmonlar Yevropaning muallimlari boʻlib qoldilar" (G.
Gerder). Yevropa Uygʻonish davri adiblari Dante, Petrarka, Bokkacho Sharq
ilmfani, adabiy asarlaridan ilhomlanganlar. Dante "Bazm", "Ilohiy komediya"
asarlarida Ibn Sino va Ibn Rushdni oʻz ustozlari qatorida ehtirom bilan tilga oladi.
Axmad Fargʻoniy asarlaridan foydalanganini qayd etadi. K. Marloning "Buyuk
Temur" dramasida Amir Temur jasur, xaloskor inson sifatida tasvirlangan.
Musiqada ham Uygʻonish davri jarayoniga xos yuksalish dastlab Sharkda yuz
berdi. Markaziy Osiyo xalqlarining qad. anʼanalari arab, hind va fors musiqiy
meros asarlari, cholgʻulari bilan oʻzaro taʼsir jarayonlari natijasida yanada boyib
qaytadan jonlandi. Zero, Forobiy va uning izdoshi Ibn Sino musikaning nazariy,
falsafiy va estetik masalalarini atroflicha tadqiq etib, umumsharqiy taʼlimotni
yaratishgan. Xususan, Yaqin va Oʻrta Sharq xalklari musiqa amaliyotiga tayangan
holda, kuy va usullar, qoʻllaniladigan sozlar, muayyan shakl va janrlar doirasida
mushtaraklik mavjudligini isbotlashgan. Forobiyning "Kitob ul musiqa alkabir"
("Musiqaga doyr katta kitob") va, ayniqsa, Ibn Sinoning "Javomeʼ ilm ulmusiqi"
("Musiqaga oid ilmlar toʻplami") kabi asarlarida yunon olimlari (Pifagor,
Aristoksen va boshqalar)ning qarashlari boyitilib, tovushlar balandpastligi
munosabatlari matematik uslubda ifodalangan. Shuningdek, sof tovushqator tizimi,
undan oʻrin olgan budlarning muloyimat va munofirat tasnifoti, iyqo nazariyasi ilk
bor asoslab berilgan. 12—13-asrlarda ijodiy va aqliy kuchlar rivojini namoyish
etgan Oʻn ikki maqom tizimi yuzaga keldi. Amir Temur (14 a.) va Temuriylar
(15—16-asrlar) musiqaning barcha jabhalarida yangi Uygʻonish davri yuzaga
kelishini taʼminlab berishdi. Turli mamlakatlardan Samarqand, Buxoro kabi
markazlarga keltirilgan sanʼatkorlar — bastakorlik, musiqa ijrochiligi va
musiqashunoslik jadal rivojlanishiga hissa koʻshishgan. Mazkur sohalarda nainki
muayyan kasb egalari, balki oʻzga badiiy ijod sohiblari, xususan, Mirzo Ulugʻbek,
Jomiy, Navoiy, Husayn Boyqaro, Zahiriddin Boburlar ham nom chiqarishgan. Bu
davrda mahalliy maqom ijodiyoti va ijrochiligi yuksaldi, ogʻzaki anʼanadagi
musiqaning boshqa rivojlangan shakllari (doston, ashula, cholgʻu kuy va
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti
|