1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti




Download 489.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/28
Sana22.02.2023
Hajmi489.08 Kb.
#43108
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
Bog'liq
choriyeva manzura7777777
5-markazlar, Kodirova M, kimyoviy-texnologiyaning-jarayonlari-va-qurilmalari

 
zavqshavqini idrok qilishga daʼvat etilgan dunyoviy sahna asarlarini yaratishga 
harakat qildilar (L. Ariosto, A. Politsiano, N. Makiavelli va boshqalar). Ispaniyada 
Uygʻonish davridagi teatr rivoji M. Servantes va Lope de Vega, Angliyada U. 
Shekspir ijodi bilan bogʻliqdir. Uygʻonish davrida teatr sanʼati professional 
omillari kuchaydi, dramaturgiya va aktyorlik sanʼati nazariyasi qaror topdi, ilk 
teatr binolari qurildi. Uygʻonish davri meʼmorligi qad. anʼanalarni oʻzlashtirib, uni 
yangi mazmun bilan boyitdi, yangi meʼmoriy qurilmalar vujudga keldi, koʻp 
qavatli uylar, yangi qiyofadagi jamoat binolari qad koʻtardi. Binoni tashqi va ichki 
tomonlarini bezash, kenglikni tashkil etish borasida xam muayyan yutuqlarga 
erishildi. Bu oʻzgarishlar Italiyaning Florensiya, Piza, Siyena, Genuya, Milan, 
ayniqsa, Venetsiya sh.larida juda sezilarli boʻldi. Ulkan binolar, gʻoyat katta 
gumbazli va bir nechta ustunli saroy va ibodatxonalar qurildi, ayniqsa, 
florensiyalik meʼmorlar antik meʼmorlik anʼanalari va order tizimidan unumli 
foydalandi. Bu anʼanalarni oʻrta asr Italiya meʼmorlik texnikasi yutuqlari, mahalliy 
qurilish xom ashyolari va konstruksiyalari bilan uygʻunlashtirib, renessans 
meʼmorligi uslubini yaratdilar. Devor sathi tekisligining yaxlitligiga eʼtibor 
kuchaydi, meʼmorlik mujassamotining chizikli ritmi va mutanosibligiga, xonaning 
kengligiga, uning yaxlit va koʻrkamligiga ahamiyat berila boshlandi; turar joy va 
ibodatxonalar qurilishi ham yangilandi. Shaharning ijtimoiy maʼmuriy markazi 
tarhi va tuzilishi bilan bogʻliq boʻlgan yangi tipi paydo boʻldi. Florensiyada 
shakllangan yuksak Uygʻonish davrining mumtoz uslubi Rimaa, keyinroq 
Venetsiyada monumental yodgorliklar (monumental sanʼat) yaratilishiga sabab 
boʻldi. Yirik meʼmoriy ansambllar vujudga keldi, "ideal" shaharlarning loyihalari 
yaratildi. Italiya meʼmorligida paydo boʻlgan yangi anʼanalar Uygʻonish davrining 
buyuk meʼmorlari ishlarida uz aksini topdi. Jumladan, Filippo Brunelleski katta 
gumbazli bino qurish muammosini hal qildi (diametri 42 m boʻlgan 8 qirrali 
gumbazli SantaMariya del Fore sobori), L. Alberti oʻzi yaratgan yangi meʼmoriy 
kompozitsiyalarini ilmiy nazariy bayon qilgan "Meʼmorlik toʻgʻrisida 10 kitob" 
asari bilan nazariyotchi olim sifatida namoyon boʻldi. Shu tarzda yuksak 
Uygʻonish davri meʼmorligi uslubiga zamin yaratildi. Yuksak Uygʻonish davri 



Download 489.08 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Download 489.08 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti

Download 489.08 Kb.
Pdf ko'rish