• 1.O`zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o`zgarishlar
  • Bu, birinchi navbatda, quyidagi holatlarga taalluqlidir
  • 1. O`zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o`zgarishlar




    Download 36.7 Kb.
    bet1/5
    Sana19.10.2022
    Hajmi36.7 Kb.
    #27494
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    BOSHLANG\'ICH SINF O\'QITUVCHILARNING PEDAGOGIK JARAYONI TASHKIL ETISH MAHORATI, Harorat datchiklari, Tenzodatchiklar, 1667043854, Doniyorjon, 1-мавзу, ИЧТЭваР. МНА кирил 2021 , Jismoniy sifatni rivojlantiruvchi harakatli o’yinlarni o’tkazish, Оilа tаrbiyasi mаzmuni vа mоhiyati nabiyeva Kamolaxon Xoshimova -azkurs.org, Shaxs, @kompyuterscience 5-sinf Informatika IV chorak test, 292 01.06.2022, 4- маъруза, Buxgalteriya hisobi-1

    Mavzu: O`ZBEKISTONDA IJTIMOIY SOHADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN O`ZGARISHLAR MAZMUN MOHIYATI


    REJA:
    1.O`zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o`zgarishlar


    2.O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati va boshqaruvini
    demokratlashtirishning yangi bosqichga ko’tarilishi
    1.O`zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o`zgarishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmoniga sharh e'lon qilindi.Mamlakat taraqqiyotining zamonaviy bosqichida keng ko‘lamli islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi davlat boshqaruvining mutlaqo yangi va samarali faoliyat yurituvchi tizimini yaratishni talab qiladi.Shu munosabat bilan mamlakatda davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish uchun elektron portallar va ma'lumotlar bazalari yaratildi. Xususan, ruxsat beruvchi hujjatlar va litsenziya olishni soddalashtirish uchun www.license.gov.uz, «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta'minlash uchun birdarcha.uz veb-saytlari yaratildi. Davlat xizmatlarini qayta ko‘rib chiqish va optimallashtirish natijasida tadbirkorlik subektlarini ro‘yxatga olishning tartib taomillari 4-martaga, ro‘yxatga olish uchun zarur vaqt esa 30 daqiqaga qadar qisqartirildi.
    Shu bilan birga, so‘nggi yilda amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlarning obektiv tahlili, davlat boshqaruvi organlari faoliyati, aholi bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot natijalari mavjud muammo va kamchiliklarni tizimli hal etishga ehtiyoj vujudga kelganligini ko‘rsatdi.
    Bu, birinchi navbatda, quyidagi holatlarga taalluqlidir:
    bir qator idoralarning vazifalari deklarativ xususiyatga egaligi va ularni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari yetarli emasligi;
    faqat holatlarni qayd etish va statistikani to‘plashdan iborat bo‘lib qolgan faoliyatni baholashning samarasiz tizimi va bu ko‘pchilik hollarda joylardagi ishlarning haqqoniy holatini aks ettirmaydi;
     hududlarni rivojlantirish dasturlarini shakllantirish
    va aholining eng muhim muammolarini hal qilishda mahalliy hokimiyat organlari rolining pasayishiga olib
    keluvchi davlat funksiyalarining haddan tashqari markazlashtirilganligi;
     byurokratlashtirish va yuqori sarf-xarajatlarga olib kelayotgan innovatsion rivojlanishning past darajasi;
    xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan davlatning tartibga solish va xo‘jalik funksiyalari qo‘shib olib borilishi, sog‘lom raqobat muhitining rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi imtiyoz va preferensiyalarni tanlab taqdim etish amaliyoti;
     hududlarning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgan ayrim rahbarlarda lozim darajada mas'uliyat va tashabbuskorlikning mavjud emasligi.
    Ushbu kamchiliklar iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani modernizatsiyalash,hududlarni har tomonlama rivojlantirish, aholining hayot darajasi va farovonligini yuksaltirish o‘yicha davlat siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirishga to‘sqinlik
    qilmoqda.Bu borada Davlat rahbari tomonidan qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmon 2017-2021
    -yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda muhim qadam hisoblanadi hamda mohiyatiga ko‘ra O‘zbekistonning davlat va jamiyat qurilishida yangi sahifani ochib beradi.
    O‘zbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan isloh qilishning 6 ta asosiy yo‘nalishi belgilab berildi.Birinchi yo‘nalish ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga bag‘ishlangan. Mazkur sohadagi chora-
    tadbirlar quyidagilarni nazarda tutadi:
    ijro etuvchi hokimiyat organlarini tashkil etish va tugatishning aniq mezonlari hamda tartib-taomillarini joriy qilish;
    kadrlar va moddiy resurslardan oqilona foydalangan holda, ijro etuvchi hokimiyat organlarini optimallashtirish;
    ijro etuvchi hokimiyat organlarining mustaqilligini oshirish hamda ularning Vazirlar Mahkamasi bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish;
    davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini izchil takomillashtirish va «Elektron hukumat» tizimini yanada keng joriy etish;
    ma'muriy adliyani rivojlantirish va murojaatlarni kollegial eshitishni joriy qilish.

    Download 36.7 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 36.7 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. O`zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o`zgarishlar

    Download 36.7 Kb.