O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishning yangi bosqichga ko’tarilishi




Download 36.7 Kb.
bet4/5
Sana19.10.2022
Hajmi36.7 Kb.
#27494
1   2   3   4   5
Bog'liq
BOSHLANG\'ICH SINF O\'QITUVCHILARNING PEDAGOGIK JARAYONI TASHKIL ETISH MAHORATI, Harorat datchiklari, Tenzodatchiklar, 1667043854, Doniyorjon, 1-мавзу, ИЧТЭваР. МНА кирил 2021 , Jismoniy sifatni rivojlantiruvchi harakatli o’yinlarni o’tkazish, Оilа tаrbiyasi mаzmuni vа mоhiyati nabiyeva Kamolaxon Xoshimova -azkurs.org, Shaxs, @kompyuterscience 5-sinf Informatika IV chorak test, 292 01.06.2022, 4- маъруза, Buxgalteriya hisobi-1
2.O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishning yangi bosqichga ko’tarilishi
O’zbekiston mustaqillikning ilk kunlaridanoq davlat boshqaruvini,jamiyat xayotini demokratlashtirish yo’lini tutdi. Lekin barcha sohalardagi islohotlar kabi, bu borada xam Islom Karimov O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlarini, shart-sharoitlari,tarixiy an’analari va xalqimiz mentalitetini xisobga olish lozim, degan ishonchdan kelib chiqdi. Jamiyat rivojlanishining, axoli ongi, tafakkuri o’sishining darajasiga mos holda demokratlashtirish jarayonini bosqichma-bosqich o’tkazish g’oyasini ilgari surdi. Demokratiya-xalq hokimiyati. U yetuk holda birdaniga qaror topib qolmaydi. Bunga davlat va jamiyat xam, axoli va aloxida fuqarolar xam tayor bo’lishi lozim.
1992-yil 8-dekabr kuni qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi bu jarayonga qonuniy yo’nalish berdi va uning huquqiy asoslarini, kafolatlarini yaratdi. Demokratlashtirish mamlakatimiz rivojlanishining konstitusiyaviy talabiga, me’yoriga aylandi. 2010-yil 12-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va senatning qo’shma majlisida Prezidentimiz Islom Karimov “Mamlakatimizda demokratikislohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusida ma’ruza qildi. Ushbu ma’ruzada o’ta dolzarb axamiyatga ega bo’lgan muhim vazifalarni hal etishda davlat hokimiyati tarmoqlarini, xususan, parlamentni yanada rivojlantirish va mustahkamlash, siyosiy partiyalarning rolini oshirish, mamlakatimiz sud-huquq tizimini, saylov qonunchiligini takomillashtirish, fuqarolik jamiyatini institutlarini, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, shuningdek, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonunchilik tashabbuslari ilgari surildi.Ma’ruzada ta’kidlab o’tilganidek,o’tgan vaqt mobaynida mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohatlar juda muhim bir maqsadga,ya’ni hokimiyatlar bo’linishi konstitusiyaviy prinsipini xayotga tatbiq etish, hokimiyatlar o’rtasida o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakillantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakilatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirish, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta’minlash bo’yicha goyat dolzarb chora-tadbirlarni ko’rishga qaratilgan edi.Prezidentimiz “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda” (1999-yil.) asari mamlakatimizning yangi asrdagi taraqqiyoti uchun 6 ta ustuvor yo’nalishni belgilab berarekan, avvalo siyosiy, iqtisodiy xayotni, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirishni birinchi ustuvor vazifa qilib quyilgan edi.
Bunda siyosiy sohani erkinlashtirish bilan birga davlat qurilishi va fuqarolik jamiyatini shakillantirishda asosiy e’tibor kutidagi masalalarga qaratilgan edi.
1)hokimiyat barcha tarmoqlarining mustaqil faoliyatini ta’minlash;
2)nodavlat va jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatini bosqichma-bosqich erkinlashtirish.
Bunda “Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari”konsepsiyasi belgilab berildi.
Bu masalalarni bevosita amaliyotga tatbiq qilish uchun “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon xayot –pirovard maqsadimiz ”(2000yil.) risolasi xam 7 ta ustuvor vazifadan birinchi va ikkinchi vazifa qilib siyosiy sohada quyidagi masalalar belgilab berildi.


Download 36.7 Kb.
1   2   3   4   5




Download 36.7 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishning yangi bosqichga ko’tarilishi

Download 36.7 Kb.