1. Pedagogik innovatika bu




Download 23,86 Kb.
Sana17.01.2024
Hajmi23,86 Kb.
#139672
Bog'liq
Innovatsion pedagogika 24


1.Pedagogik innovatika bu –
A. pedagogik yangiliklarni yaratish, ularning pedagogik jamoa tomonidan o‘zlashtirilishi va baholanishi, ulardan amaliyotda foydalanish jarayonlarini o‘rganish tushuniladi.
2.Qiyosiy pedagogik aksiologiya bu-
A. pedagogika nazariyasi va amaliyotida yuzaga keladigan pedagogik yangiliklarni baholash va o‘zlashtirishning o‘ziga xosliklarini ochib beruvchi fan
3.Ta`lim jarayonining mohiyatini nima tashkil etadi?
A. Bilim, ko`nikma, malaka.
4.Ta’lim jarayoning tarkibiy qismlari?
A. Ta’lim maqsadini belgilash, bilimga ehtiyoj motivlar hosil qilish talim azmunini metodlarini belgilash o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatini yo‘lga qo‘yish
5.Yangi pedagogik texnologiyani bugungi kundagi ahamiyati qanday?
A. Sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi
6.Innovatsiyani vujudga kelish holatlarini aytib bering.
Pedagogik tizim ichidagi komponentlar o‘zgarganda.2.Yangi tipdagi o‘quv yurtlari ochilganda. 3.O‘qituvchi faoliyati yangilanib, o‘zgarganda. 4. Talabaning faolligi, qiziqishi, mas’uliyati, motivatsiyasi oshganda. 5.Ta’lim mazmuni yangilanganda. 6.Kompyuterlar. 7. Grafik, 8. Ta’limda yangi metod, shakl va vositalar qo‘llanganda. 9.Ta’lim jarayoni yangicha boshqarilganda. 10.Ta’lim sifat va samaradorligini oldindan maqsad qilib olinganda
A. 1,2,3,4,5,8,9,10;
7.Pedagogikada «tarbiya» tushunchasi .... va ....... ma’noda qo‘llanishi mumkin.
A. Pedagogikada «tarbiya» tushunchasi keng va tor ma’noda qo‘llanishi mumkin.
8.Uzluksiz ta’lim bu-
A. o‘zaro mantiqiy izchillik asosida bog‘langan hamda soddadan murakkabga qarab rivojlanib boruvchi va bir birini taqozo etuvchi bosqichlardan iborat yaxlit ta’lim tizimi.
9.Texnologik tizim nimalardan iborat?
A. Pedagogik jarayonning obektlari va sub’ektlari, shakl - usullari, ular o‘rtasidagi munosabatlar, o‘quv maxsulini natijaga erishish yo‘llarini tashkillashtirish
10.Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsion jarayoni kechishining qanday qonuniyati farqlanadi?
A. Pedagogik innovatsiya muhitining ayovsiz bemaromlik qonuni; nihoyat amalga oshish qonuni; pedagogik innovatsiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonuni; qoliplashtirish (streotiplashtirish) qonuni
11.Pedagogik texnologiya tushunchasi ma’nosi – bu:
A. o‘quv jarayonini tashkil etishda inson va texnik imkoniyatlar hisobga olingan, oldindan puxta loyihalashtirilgan, bir maqsadga hamda kafolatli natijaga yo‘naltirilgan, aniq ketma-ketlikdagi yaxlit pedagogik jarayondir.

66
11.Ta’lim modelini aytib bering. 1.Passiv ta’lim. 2. Qo‘shma ta’lim. 3.Faol ta’lim. 4.Interfaol ta’lim. 5.Masofaviy ta’lim. 6.Sirtqi ta’lim.


A. 1,3,4;
12.Texnologiyalashtirish o‘qituvchiga qanday talablar qo‘yishi qaysi javoblarda to‘g‘ri keltirilgan? 1. O‘qituvchi o‘quv jarayonini menejeri hisoblanadi. 2. Maqsadni belgilashi. 3. O‘quvchilarni guruhlarga ajratish. 4O‘qitish natijalarini rejalashtirish. 5. O‘quv jarayonini loyihash. 6. Ta’lim tamoyillarini bilish. 7.Interfaol o‘qitish metodlari va shakllarini qo‘llash. 8. O‘quv faoliyati natijalarini majuaviy baholash.
A. 1,2, 4,5,7,8;
13.«Texnologiya» tushunchasiga fanga qachon kirib kelgan va u qanday ma’nolarni anglatadi?
A. «Texnologiya» tushunchasiga fanga 1872 yilda kirib keldi va grekcha ikki so‘zdan - «texnos» -hunar va «logos»-fan so‘zlaridan tashkil topib «hunar fani» ma’nosini anglatadi
14.Maqsad bu -?
A. Maqsad - faoliyatni nihoyat darajada oldindan bilish natijasi bo‘lib hisoblanadi
15.Natija bu -?
A. Natija -ta’lim jarayonining samarali borishini namoyon qilib, maqsadga erishilganlik darajasini xususiyatlaydi
16.Muammoli ta’lim usullari?
A. Tadqiqotchilik usuli, evristik-dialog usuli, muammoli bayon etish usuli
17.«Munozarali ma’ruza» bu-
A. Talabalarni muammoli masalalar bilan to‘qnashtirish o‘zlarining fikirlarini bayon ettirish uchun (o‘quv) pedagogdan katta mahorat talab etiladi
18.Ta’limning mazmuni qanday manbalarda aks ettiriladi?
A. Ta’limning mazmuni o‘quv rejalarida, dasturlarida va darsliklarda aks ettiriladi
19.Ta’lim – bu:
A. maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o‘tkaziladigan, o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradigan, qobiliyatlarini o‘stiradigan, ularning dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir.
20.O‘qitishning sinf-dars tizimiga asos solgan pedagog.
A. Y.A.Komenskiy
21.Ta’lim shakllarini aniqlang
A. Ma’ruza, amaliyot, loboratoriya
22.Didaktika so‘zi qanday ma’noni bildiradi.
A. Didaktika grekcha so‘z bo‘lib ya’ni, o‘qitish, o‘rganish ma’nolarini beradi.

23.Pedagogik texnologiya usulining ilmiy uslubiy asoslari nima?


A. pedagogik tizim nazariyasi, tizimli, texnologik yondashuv
24.Ta’lim texnologiyasi tushunchasi nimalarni o‘z ichiga oladi?
A. o‘quv jarayoni, loyiha, ta’lim texnologiyalari, vosita va shakllar
25.«Fikrlar xujumi» - bu qanday usul
A. katta miqdordagi g‘oyalarni yig‘ish, talabalarni bir xil fikrlash inersiyasidan holi qilish, ijodiy vazifalarini yechish jarayonida dastlab paydo bo‘lgan fikrlarni yechish, o‘tiladigan mavzularning rejalari
26.Pedagogik texnologiyaning qanday darajalari bor?
A. umumiy, maxsus, lokal
27.Loyiha ......... ?
A. Loyiha (projekt) – tushunchasi kengroq ifodalanib, ma’lum natija (loyihaning beqiyos mahsuli) ga ega maqsadli faoliyatni tashkil etish uchun biror-bir tashkiliy shaklni belgilash uchun foydalaniladi.
28.Innovatsion faoliyatning vazifasi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A. Maqsadga erishish uchun tashkil etilgan faoliyati tuzilishini o‘zaro muvofiqlashtirish
29.Pedagogik texnologiyaning maqsadi
A. Kam kuch va kam vaqt sarflagan holda yuqori natijalarga erishish
30.«Innovatsiya» ning ma’nosi nima?
A. yangilik, yangi tartib qoida.
31Pedagogik texnologiya – bu.
A. pedagogik maqsadga erishish uchun qo’llaniladigan shaxsiy, intelektual, uslubiy vositalarning amal qilish tartibi
32.An’anaviy ta’lim tizimida
A. Bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi
33.Qaysi texnologiyalarda o‘quvchilarda aqliy faoliyat usullarini shakllantirishga asosiy e’tibor qaratiladi?
A. Muammoli ta’lim texnologiyalarida
34.Texnologiya so‘zining ma’nosi.
A. grekcha ikki so‘zdan - «texnos»-hunar va «logos»-fan so‘zlaridan tashkil topib «hunar fani» ma’nosini anglatadi.
35.Pedogogik texnologiyaning muhim belgilari /xususiyatlari/?
A. Oydinlashtirilgan maqsadli, kaytarila oladigan samarali jarayon
36.Ta’limni texnologiyalashtirish bu-
A. o‘qitish jarayoniga texnologik yondashish asosida ta’lim maqsadlariga erishishning eng maqbul yo‘llari va samarali vositalarni tadqiq qiluvchi va qonuniyatlarni ochib beruvchi pedagogik yo‘nalishdir
37.Ta’lim metodlari bu…?
A. belgilangan ta’lim berish maqsadiga erishish bo‘yicha ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o‘zaro faoliyatini tartibli tashkil etish yo‘li
38.“T” sxema
A. Qarama-qarshi jihatlarni aniqlashga qaratilgan
39.Venn diagrammasi .............
A. 2 va 3 jihatlarni solishtirish, taqqoslash, qarama-qarshi qo‘yish hamda umumiy tarzda ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi.
40.Insert texnologiyasi
A. Matn bilan ishlashga qaratilgan
41.Pedagog, pedagogika atamalari qaysi so`zdan kelib chiqqan va qanday ma`noni bildiradi?
A. Qadimgi grek tilidagi paydogos so`zidan kelib chiqqan bo`lib, “bola etaklovchi” degan ma`noni bildiradi.
42.Pedagogika qanday fan?
A. Pedagogika ta`lim – tarbiya jarayonining mohiyati, mazmuni. Qonuniyatlari, metodlarini o`rganuvchi ijtimoiy, umumkasbiy fan.
43.Pedagogika fanining predmeti nima?
A. Ta`lim – tarbiya va shaxsni shakllantirish jarayonining qonuniyatlari, o`rganish prinsiplarini o`rganish
44.Tarbiyaning tarixiy xarakteri deganda nima tushunasiz?
A. Jamiyatning ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyoti bilan bog`liq holda tarbiya xarakteri, mazmuni, vazifalari, metodlarining o`zgarib borishi.
45.Umuminsoniy tarbiyaviy qadriyatlarga nimlar kiradi?
A. Barcha xalqlar uchun umumiy bo`lgan ilg`or tarbiyaviy g`oyalar, an`nalar.
46.Pedagogika fanining asosiy tushunchalari qaysilar?
A. Tarbiya, ta`lim, ma`lumot. Rivojlanish, shakllanish.
47.Pedagogik xodisa sifatida tarbiyaning mohiyati nimadan iborat?
A. Shaxsni ijtimoiy tajribani egallash bo`yicha faoliyatini tashkil etishdan iborat va maqsadga qaratilgan ongli ravishda amalga oshiriladigan pedagogik jarayon.
48.Ma’lumot nima?
A. Ilmiy bilimlar, amaliy ko`nikma malakalarni egallash jarayoni bosqchlari.
49.Rivojlanish deb nimaga aytiladi?
A. Odamni anatomik – fiziologik jihatdan o`sishida, psixikasida, bilish qobiliyati, xulqi, ijtimoiy – siyosiy qarashlarida ro`y beradigan miqdor va sifat o`zgarishlar jarayoni.
50.Shakllanish deb nimaga aytiladi?
A. Rivojlanish natijasi, shaxsning tarkib topishi, insoniy sifat va xususiyatlarning barqarorlashuvi, muayyan qiyofa kasb etish.
51.Pedagogika fanining asosiy tarmoqlarini aniqlang?
A. Umumiy pedagogika, maktabgacha tarbiya pedagogikasi, o`rta maktab pedagogikasi, maxsus pedagogika.
52.Shaxs rivojlanishi va tarkib topishning asosiy omillari qaysilar?
A. Irsiyat, muhit, tarbiya, shaxsning o`z faoliyati.
53.Odamning shaxs bo`lib etishuvida irsiyat, muhit va tarbiyaning roli o`rtacha necha foizni tashkil etadi?
A. 15% irsiyat, 40% muhit. 45% tarbiyaga bog`liq.
54.Tarbiya jarayonining o`ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
A. Tarbiyaning o`ziga xos xususiyati uning davomiyligi, uzluksizligi, kompleks (yaxlit) xarakteri, ikki tomonlama jarayon ekanligi.
55.Tarbiya jarayonining xarakatlantiruvchi kuchlar nima?
A. Tarbiya jarayonining ichki ziddiyatlari.
56.Pedagogikada «tarbiya» tushunchasini keng ma`noda qo`llanishi deganda nimani tushunasiz?
A. Keng ma`noda qo`llanishi deganda – katta avlod vakillari o`zlari to`plagan xayotiy tajribalarini Yosh avlodga qoldirishlarini tushunish mumkin.
57.Bilim deb nimaga aytiladi?
A. o`quvchilar tushungan esda qoldirilgan, amalda qo`llay oladigan ilmiy faktlar tushuncha qoidalar jamiyat aytiladi
58.Ko`nikma deb nimaga aytiladi?
A. o`quvchilarning o`zlashtirgan bilimlarini amalda qo`llash usullarini egallashlariga aytiladi
59.«Sinf» sistemasi deb nimaga aytiladi?
A. bir yoshdagi o`quvchilar guruhini o`qitish mashg`uloti
60.Defektologiya tarmog`i o`z navbatida aloxida mustaqil bo`lgan qanday tarmoqlarga bo`linadi
A. surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya.
61.Aqli ojizlar ta`lim– tarbiyasi bilan pedagogikaning qaysi tarmog`i shug`ullanadi
A. Oligofrenopedagogika
62.Ko`zi ojizlar ta`lim– tarbiyasi bilan pedagogikaning qaysi tarmog`i shug`ullanadi
A. tiflopedagogika
63.Oilaviy tarbiya – bu ...
A. oilada ota – onalar, vassiylar va katta kishilar toomnidan bolalarni tarbiyalash
64.“Men” obrazi orqali shaxsda o`z-o`ziga nisbatan baholash tizimi nesha xil bo`lishi mumkin?
A. 3 xil
65.Pedagogik texnologiyaning muhim belgilari bu…
A. Ta’lim jarayonini oldindan loyihalash
66.O`qitish metodlarini asosiy natijaviylik mezonlari bu…?
A. belgilangan vazifalarni hal etish uchun uni qo’llashning mosligi va iqtisodiyligi; uni qo’llashda soddallik va osonlik; nafaqat eng yaxshi natijalarni ta`minlashi, balki ularga erishishning yuqori ishonchliligini ta`minlay olishi.
67.Esda qolganlarni tasvirlovchi ta’lim metodlari bu…?
A. kitob bilan ishlash, laboratoriya, amaliy ish, mashq
68.O’zlashtirish faoliyatini ta`minlovchi ta’lim metodlari bu…?
A. ma’ruza , tushuntirish, hikoya, namoyish, ko`rsatish, video usul, yoriqnoma.
69.Aqliy hujum metodining asosiy vazifasi bu:
A. ta`lim oluvchilarni o’quv-bilish faoliyatini faollashtirish, ularni muammoni mustaqil tushunish va yechishga qiziqtirish va ularda muomala madaniyati, fikr almashinish malakalarini rivojlantirishi, tashqi ta`sir ostida fikrlashdan ozod bo’lish va ijodiy topshiriqni yechishda birlamchi yo’l fikrlarini engib o’tishni tarbiyalaydi
70.Dastlabki Sparta va Afina maktablari qaerda paydo bo‘lgan?
A. Yunonistonda
71.Pedagogikaning asosiy tarmoqlari qaysi banda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A. Katta yoshdagilar pedagogikasi, xarbiy pedagogika, oila pedagogikasi, defektologiya
72. Tarmog‘i o‘z navbatida aloxida mustaqil bo‘lgan qanday tarmoqlarga bo‘linadi
A. Surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya.
73.Jamoadagi ma’naviy-psixologik muhit – bu...
A. jamoa a’zolari o‘rtasidagi ichki aloqalarning barqaror holati.
74.“Tarbiya bizlar uchun yo xayot –yo mamot, yo najot – yo xalokat, yo saodat, yo falokatdir masalasidir”. Ushbu fikr kimga tegishli?
A. Avloniy.
B. Ibn Sino.
C. Navoiy.
D. Farobiy.
75.Didaktika nima.
A. Didaktika – ta’lim jarayoni, qonuniyatlarini, prinsiplari, metodlari va tashkiliy shakllarini o‘rganuvchi pedagogika fanining bir sohasi
76.Didaktika so‘zi qanday ma’noni bildiradi.
A. Didaktika grekcha so‘z bo‘lib, o‘qitish, o‘rganish ma’nolarini bildiradi.
77.Didaktikaning asosiy tushunchalari qaysilar.
A. Ta’lim jarayonining mohiyati, qonuniyatlari, mazmuni, prinsiplari, metodlari va tashkiliy shakllari.
78.Ta’lim berish usuli - bu:
A. Belgilangan ta’lim olish maqsadiga erishish bo‘yicha ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o‘zaro faoliyatini tartibli tashkil etish yo‘li
79.Dual ta’lim bu-
A. Dual ta’lim ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni olishga qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.
80.Inklyuziv ta’lim bu-
A. Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan.
81.Ta’lim metodlari deganda -
A. o‘qituvchi va ta’lim oluvchilarning birgalikda bajaradigan faoliyat usullari tushuniladi va bu usullar ta’lim oluvchilarning texnik-texnologik bilimlarni, ko‘nikma va malakalarni egallashlariga, mustaqil ravishda bilim olish va bu bilimlardan amalda foydalanish qobiliyatini oshirishga qaratilgan bo‘ladi
82.Ta’limning mazmuni qanday manbalarda aks ettiriladi?
A. Ta’limning mazmuni o‘quv rejalarida, dasturlarida va darsliklarda aks ettiriladi.
83.Pedagogika atamasining lug‘aviy ma`nosi belgilang.
A. Bola etaklavchi.
Download 23,86 Kb.




Download 23,86 Kb.