1. pedagogik texnologiyaning paydo bo'lishi, rivojlanishi va uning ta’riflari, texnologiyalarning rivojlanish tarixi




Download 46.3 Kb.
bet1/5
Sana20.02.2022
Hajmi46.3 Kb.
#17855
  1   2   3   4   5
Bog'liq
KURS ISHI TEX
talim texnologiyalari, 1 OYLIK UMUMIY YUKLAMA 156 SOAT, Talabaga yakuniy testlar (AutoRecovered) JAVOBLAR (2)

1.PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING PAYDO BO'LISHI, RIVOJLANISHI VA UNING TA’RIFLARI, TEXNOLOGIYALARNING RIVOJLANISH TARIXI
Respublikamiz hukumati tomonidan ta’limni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor sohasi deb e’lon qilinishi, ijtimoiy hayotning barcha sohalarining demokratlashuvi va insonparvarlashuvi hamda “Ta’lim to'g'risida”gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»nhig qabul qilinishi ta’lim tizimining rivojlanishiga asos bo'ldi va ta ’lim tizimida tub islohotlar uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Ijtimoiy voqelik ta ’limni boshqarish muammolarini ко'rib chiqish va hal qilishni mustaqil yo'nalish sifatida ajratib olish, ta’limtarbiya jarayonini boshqarishning asoslangan usul, vositalarini ishlab chiqish va joriy qilish zaruratini belgilab berdi. Uning o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish o'rtasidagi tashkiliy-boshqaruv, axborot www.ziyouz.com kutubxonasi aloqalari; ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik shaxsni shakllantirishdagi yaxlit jarayonning tarkibiy qismlari sifatidagi ahamiyatini oshirdi. Bugungi kunda erkin va mustaqil fikrlovchi, ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli ravishda va faol ishtirok etishga qodir yosh avlodni shakllantirish- «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning asosiy ustuvor yo'nalishidir. Bu esa mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga demokratik asoslarni joriy etish, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishni tezlashtirish imkonini beradi. Dastur ta ’lim muassasalari mustaqilligini kengaytirish orqali ta’lim boshqaruvini demokratlashtirishni o ‘z ichiga oladi. \ / у O'qish, o'qitish — inson faoliyatining boshqa sohalari singari ijtimoiy foydali faoliyatdir. Iqtisodiy tizimlar nima ishlab chiqarayotgani bilangina emas, balki qanday ishlab chiqarayotgani va qanaqa mehnat qurollari yordamida ishlab chiqarayotganligi bilan biri ikkinchisidan farq qiladi, degan g‘oya o‘qish-o‘qitish faoliyatiga ham taalluqlidir. Pedagogika fanida ta’lim usullari rivojlanishiga shu nuqtai nazardan qarab, uni shartli ravishda quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: 1. Muallini «o‘z qo'l kuchi» bilan o‘qitish bosqichi, ya’ni o'quvchi uchun axborot manbai — o'qituvchining o'zi bo'ladigan jarayon. 2. O'quv kitoblari, darsliklar yaratilgan va keng qo'llanilgan bosqich. 3. Audiovizual vositalar qo'llanilgan bosqich. 4. O'qitishni boshqarishda oddiy avtomatlashtirish vositalarini qo'llash bosqichi. 5. O'qitishni zamonaviy АКТ lari vositasida boshqarishning avtomatlashtirilgan bosqichi. v Insoniyatning rivojlanish davrlari almashganda pedagogik texnologiyalar butunlay yo‘q bo'lib ketmaydi, balki pedagogik texnologiyalar keyingi davrlarga assotsiatsiya orqali fikran bog'lanadi, yangi sifatlar, xususiyatlarga ega bo'lib, kuchayadi va boyiydi. Ushbu jarayon borgan sari tezlashib boradi. Kishilik tarixida 1-bosqich uzoq muddat davom etgan. Unda o'qituvchi o'z kuchiga, o'z bilim va mahoratiga asoslanib ish bajargan. Keyinchalik dunyoviy va diniy mazmundagi qo'lyozma kitoblar yaratildi, lekin o'quvchi ularning mazmunini o'qituvchi faoliyati vositasida o'zlashtiradi. www.ziyouz.com kutubxonasi 2-bosqich, ya’ni qog'oz va o'quv kitoblari davri hali nihoyasiga yetkazilgani yo‘q, darsliklar yaratish va ulardan foydalanish texnologiyasi esa hamon mukammal emas. Lekin o'qitishning 1,2,3- bosqichlariga xos ta'lim vositalari maktablarga jadal kirib bormoqda. 1/ O'quv adabiyotlarini joriy etish qarama-qarshiliklar kurashi natijasida sodir bo'lgan. Keyingi davrlarda ham ta’lim sohasidagi jiddiy o'zgarishlar kurashsiz amalga oshmagan, bunday o'zgarishlar oson kechmagan. Bugungi kunda ham 1-bosqich texnologiyasi ruhida shakllangan ayrim pedagoglarda keyingi davrlarda vujudga kelgan o'quv vositalarini o'zlashtirib olishga, ta'lim-tarbiya jarayonini shu asosda tashkil etishga intilish sust darajada. 1-bosqich o'quv vositalari o'qituvchidan ko'p mehnat talab etadi va o'quvchining bilim. tayyorgarlik darajasi yuqori bo'lmaydi. Bu pedagogik bosqichlarning har birida ta'lim metodlari takomillashtirila borganligi tufayli o'qituvchi mehnatining samarasi ortib, zamonaviy texnologiyani qo'llaydiganlar safi kengaya borgan. Bugungi kunda respublikamizni rivojlangan davlatlar darajasiga chiqarish maqsadida bir qator qonun va qarorlar qabul qilindi. Ta’lim O'zbekiston davlati siyosatining ustuvor sohasiga aylandi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida rivojlangan mamlakatlar darajasida raqobatbardosh, yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarni egallagan, yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadi va vazifasi kun tartibiga qo'yildi. Auditoriyalarga kirib o'quv jarayonini kuzatgan kishi mavjud pedagogik tizim birinchi va ikkinchi bosqichlarga xos ekanligiga ishonch hosil qiladi. ■ p e dagogik texnologiyaning asosiy elementlari quyidagilardan iborat: 1. Pedagogik muloqot texnologiyasida o'qituvchi (pedagog)ning o'quvchi-talabalar bilan muloqoti. Muloqotning vazifalari: - shaxsni tanish, axborot almashish; - kelgusi pedagogik muloqotni modellashtirish va tahlil etish; - muloqotdan olinadigan tasawurlar; - muloqot yuzasidan fikrlash va fikr almashish; - pedagogik muloqotni tashkil etishning texnikasi va texnologiyasi; - ishga ijodiy yondashish va boshqalar. Pedagogik talab texnologiyasi. - «pedagogik talab» tushunchasi, uning o'ziga xos xususiyatlari; www.ziyouz.com kutubxonasi - xulq-atvor va ijtimoiy-madaniy qoidalarning namoyon bo'lishi; - o'quvchi-talabaga bo'lgan hurmat va talab; - pedagogik talabning psixologik tamoyillari va mezonlari. 2. Baholash texnologiyasi, pedagogik baho va uni mezonlash. - xatti-harakatlardan olingan taassurot, voqelikni, obyekt va subyektni qabul qilish; - baho berish usullarini tanlash, o‘qituvchi(pedagog)ning o'z imkoniyatini tahlil etishi va ta'sir samaradorligini oshirishi); -pedagogik baholash texnologiyasi. 3. Axborotning ta’sir ko'rsatish texnologiyasi. - nutqiy-axborot berish, «ratsional axborot berish» tushunchalari, demonstratsion va ko'rgazmali vositalar-axborot olish vositalaridan biri sifatida; - nutqiy ta ’sir etish, suhbat, ham korlik, tezis, argum ent, ko'rgazmalar va obrazlar; - nutqiy ta’sir etish texnologiyasi; - demonstratsion va ko'rgazmali vositalar, etik, iqtisodiy, estetik, gigienik materiallar; - qabul qilishning fiziologik va psixologik xususiyatlarini demonstratsiya qilish texnologiyasi. 4. Pedagogik vaziyatiami yaratish va uni yechish texnologiyasi. - pedagogik konflikt tushunchasi — konflikt pedagogik texnologiya elementi sifatida, konflikt subyektlari orasidagi qarama-qarshiliklar, bo'sh va mazmunli konflikt; - holat tahlili (voqeani aniqlash); - konflikt, - konfliktning xilma-xilligi (norozilik, qarshi chiqish); - konfliktni yechish shakllari (yumor, hazil, mutoiba). Zamonaviy pedagogik texnologiyaning qo'shimcha elementlari: 1. Psixologik muhit yaratish texnologiyasi. 2. Guruh faoliyatini tashkil etish texnologiyasi. 3. Muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz holatlami tashkil etish texnologiyasi. 4. O'quvchining xatti-harakatiga pedagogik reaksiya qilish texnologiyasi. 5. Xulqi va odobi yomon o'quvchi-talabalar bilan ishlash texnologiyasi. 6. Etik himoya texnologiyasi. www.ziyouz.com kutubxonasi 7. Muammoli vaziyatlar yaratish texnologiyasi. 8. Pedagogik vosita texnologiyasi. 9. Pedagogik improvizatsiya texnologiyasi. Pedagogik texnologiya atamasiga har bir didakt olim o'z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ta'rif bergan. Hali bu tushunchaga to '­ liq va yagona ta’rif qabul qilinmagan. Ushbu ta’riflar ichida eng maqsadga muvofig'i YUNESKO tomonidan berilgan ta’rif sanaladi. Pedagogik texnologiya — ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida o'qitish va bilimlarni o'zlashtirish jarayonining inson salohiyati va texnik resurslami qo'llash, ularning o'zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir. Shuningdek, texnologiya deganda, subyekt tomonidan obyektga ko'rsatilgan ta’sir natijasida subyektda sifat o'zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib, obyektga yo'naltirilgan aniq maqsadli amallami muayyan ketma - ketlikda bajarishni ko'zda tutadi. Yuqorida keltirilgan tushunchalarni o'quv jarayoniga ko'chiradigan bo'lsak, o'qituvchi(pedagog)ning o'qitish vositalari yordamida o'quvchi-talabalarga muayyan sharoitlarda ko'rsatgan tizimli ta'siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo'lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlami intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa yoki boshqacha aytganda, o'qituvchi tomonidan o'qitish vositalari yordamida o'quvchilarga ta’sir ko'rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni deb ta’riflash mumkin. Professor N.Sayidahmedovning fikricha, «Texnologiya — bu shaxsni o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish qonunlarini o'zida jo qiladigan va yakuniy natijani ta’minlaydigan pedagogik faoliyatdir». Texnologiya tushunchasi regulyativ (tartibga solib turuvchi) ta ’sir etish kuchiga ega bo'lib, erkin ijod qilishga undaydi: - samarador o'quv-bilish faoliyatining asoslarini topish; - uni ekstensiv (kuch, vaqt, resurs yo'qotishga olib keladigan samarasiz) asosdan ko'ra intensiv Gadal), mumkin qadar, ilmiy asosda qurish; - talab etilgan natijalami kafolatlaydigan fan va tajriba yutuqlaridan foydalanish; - o'qitish davomida tuzatishlar ehtimolini loyihalash metodiga tayangan holda yo'qotish; www.ziyouz.com kutubxonasi - ta’lim jarayonini yuqori darajada axborotlashtirish va zaruriy harakatlarni algoritmlash; - texnik vositalarni yaratish. ulardan foydalanish metodikasini o'zlashtirish va boshqalar. Texnologiya murakkab jarayon sifatida qator o'qitish bosqichlaridan, o'z navbatida. bu bosqichlarning har biri o'ziga xos amallardan iborat bo'ladi. Amal — o‘qituvchining sinfda mavzu bo'yicha o'quv elementlarini tushuntirish borasidagi bajargan ishlar yig'indisi bo'lib, o'qitish jarayonining shu bosqichida tugallangan qismini tashkil etadi. Pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etish mumkin bo‘lgan ma'lum pedagogik tizimning loyihasi hisoblanadi. у Pedagogik texnologiya-ta’lim texnologiyasi, yangi pedagogik tajriba, yangi pedagogik texnologiya, zamonaviy pedagogik texnologiya. axborot texnologiyasi, yangi tajriba, ta’lim-tarbiya metodlari tushunchalarini qamrab oladi. Demak, pedagogik texnologiya didaktik vazifalarni samaraii amalga oshirish, shu sohadagi maqsadga erishish vo'li bo'lib hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga imkoniyatlar yetarli darajada. Zamonaviy pedagogik texnologiyani pedagogika fanining alohida tarmog'i sifatida yoki faqat ta'lim amaliyotini maqbullashtirishga yo'naltirilgan tizim deb qarash mumkin emas. Zamonaviy pedagogik texnologiya bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlami birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradij^w alo, zamonaviy pedagogik texnologiya nimani anglatadi? 1. Zamonaviy pedagogik texnologiya o‘quv-tarbiya jarayoni uchun loyihalanadi va belgilangan maqsadni yechishga qaratiladi. Har bir jamiyat shaxsni shakllantirish maqsadini aniq belgilab beradi va shunga mos holda m a’lum bir pedagogik tizim mavjud bo'ladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o‘z ta'sirini o‘tkazadi va ta'lim - tarbiya maqsadini umumiy holda belgilab beradi. Maqsadi esa pedagogik tizimning qolgan elementlarini, o‘z navbatida, yangilash zaruratini keltirib chiqaradi. 2. Bugungi kunda fan-texnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib boryapti, yangi texnologiyalar kirib kelmoqda. Sifat o‘zgarishlari shundan dalolat beradiki, endilikda yangi metodikalarni talab etadigan va ta'lim jarayonining ajralwww.ziyouz.com kutubxonasi mas qismiga aylanib borayotgan, unga o'zining ma'lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli, audiovizual, audial vositalar ham mavjud bo4lib, ular zamonaviy pedagogik texnologiyalarni real voqelikka aylantirdi. ^ ^ am o n av iy pedagogik texnologiya mohiyat-e'tibori jihatidan boshqa texnologiyalar bilan bir safda turadi, chunki ular ham boshqalari qatori o ‘z xususiy sohasiga, metodlari va vositalariga egadir. Biroq zamonaviy pedagogik texnologiya inson ongi bilan bog'liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo'lmagan pedagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish va axborotli texnologiyalardan ajralib turadi. Uning o'ziga xos xususiyati — tarbiya komponentlarini mujassamlashtirganidir. Zamonaviy pedagogik texnologiya boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz boyib boradi va an’anaviy o'quv jarayoniga, uning samarasini oshirishga ta'sir ko'rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. O'quv-tarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtirish tarixiy voqelik va jarayondir. Axborotlashtirish bu jarayondagi inqilobiy burilish va uning muhim bosqichidir. Oddiy til bilan aytganda, ta’lim tizimida axborot texnologiyasi — bu «o'quvchi yoki talaba — kompyuter» o'rtasidagi muloqotdir. Axborotli texnologiya pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi bo'lib, u ta’lim jarayonida texnik vositalarning mukammallashgan zamonaviy turi sifatida qo'liana boshlandi. Axborot texnologiyalari insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo'lgan. Hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o'ziga xos xususiyati shundaki, «sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste'mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ortiq bo'ldi, ya’ni axborot texnologiyalari barcha mavjud texnologiyalar va xususan, yangi texnologiyalar orasida yetakchi o'rin egallamoqda. Axborot texnologiyalarining rivojlanishida aqliy mehnat vositalarining o'zgarishi bilan bog'liq ikkita axborot inqilobi hal qiluvchi ta’sir ko'rsatdi. Birinchi inqilob kitob bosishning paydo bo'lishi bilan ro'y berdi va telefon, telegraf, radioning ixtiro qilinishi bilan chuqurlashdi. Ikkinchi inqilob elektron-hisoblash mashinalari (EHM )ning paydo bo'lishi va tez tarqalishi, EHM lokal tarmoqlarining yaratilishi, axborot resurslarini boshqarish tizimlarining tashkil etilishi bilan bog'liqdir. Shu bois yaqin kelajakda respublikawww.ziyouz.com kutubxonasi mizdagi mavjud barcha o'quv yurtlari dasturli mashinalar bilan yetarli darajada ta'minlash muammosi paydo bo'ldi. Shundagina axborotli texnologiya asosida talabalarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish imkoniyati tug'iladi va u o'qituvchining yaqin ko'makdoshiga avlanadi.
111 Pedagogika fani tarixidan ko’rinib turibdiki o’qitish va kadrlar tayyorlashning yanada mukammal metodlarini va usullarini izlash doimiy davom etib kelgan. O’qitish - bu jamiyat taraqqiyoti uchun samarali pedagogning faoliyati yakunlanishi bilan darhol ko’rinmasa ham har qanday boshqa faoliyat kabi ishlab chiqarish faoliyatidir. Jamiyat tarixida iqtisodiy davrlar faqatgina nimalar ishlab chiqarilishi, kim tomonidan qancha ishlab chiqarilishi, mehnatning qaysi vositalari bilan ishlab chiqarilishiga qarab farq qilmaydi. Ana shu nuqtai nazardan biz ijtimoiy tarixda mavjud bo’lgan “pedagogik rivojlanish davr” larni ko’rib chiqamiz. I. Individual pedagog, qo’l bilan ishlaydigan pedagogning pedagogik faoliyati davri (qadimgi davrlardan boshlab XVII asrgacha); II. Yozuv kitobi davri (XVII asrdan hozirgi davrgacha); III. Audiovizual vositalar davri (XX asrning 50 yillari); IV. O’qitishni boshqarishni avtomatlashtirish oddiy vositalari davri (XX asrning 70 yillari); V. Zamonaviy hisoblash mashinalari asosida ta’limni boshqarishni avtomatlashtirishda adaptiv vositalar davri (XX asr oxiri komp’yuterda o’qitish). Dastlab XX asrning 20 yillarida “Pedagogik texnologiya” termini birinchi bor pedagogika bo’yicha asrlarda tilga olingan. Shu vaqtning o’zida yana bir boshqa – “pedagogik texnika” termini ham tarqaldi. U pedagogik entsiklopediyada 30 yillarda o’quv mashg’ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga qaratilgan uslublar va vositalar sifatida ifodalangan. Bu tushuncha 1940 yillardan 50-yillar o’rtasigacha “ta’lim texnologiyasi” deb qo’llanilib, o’quv jarayonida audiovizual texnika vositalaridan foydalanishni ifoda qilgan. 60- yillar o’rtalarida bu tushunchaning mazmuni chet ellarda pedagogik nashrlarda va xalqaro konferensiyalarda keng muhokama etildi, natijada ushbu sohada turli mamlakatlarda (AQSH, Angliya, Yaponiya, Frantsiya, Italiya, Vengriya) uni talqin qilishning ikki yo’nalishi belgilandi. Birinchi yo’nalish tarafdorlari texnik vositalar va dasturlashtirilgan o’qitish vositalarini qo’llash zarurligini ta’kidladilar. Ikkinchi yo’nalish tarafdorlari esa o’quv jarayonini tashkil etish samaradorligini oshirish va pedagogik g’oyalarni texnikaning keskin rivojlanishidan ortda qolishini yo’qotishni muhim deb hisobladilar. Shunday qilib 1-yo’nalish “o’qitishda texnik vositalar” sifatida belgilandi, 2-yo’nalish “o’qitish texnologiyasi” yoki “o’quv jarayoni texnologiyasi” sifatida belgilandi. 70-yillarning boshlarida turli xildagi uskunalarini va o’quv vositalarini modernizatsiyalashtirish zarurligi anglab yetildi. Bularsiz o’qitishning sifatliligi va samaradorliligiga erishib bo’lmas edi. Keyinchalik bu muammo bilan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va markazlar shug’ullana boshladi. AQSHda 1971 yil – “Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar bo’yicha AQSH Assotsiatsiyasi ” tuzildi. Hozirgi kunda mamlakat bo’ylab va Kanadada bu kengashning 50 ta filiallari ish olib bormoqda. AQSHda 1961 yilda “Pedagogik texnologiya” jurnali (Educational Technology), 1971 yilda esa – “Audiovizual o’qitish” jurnali nashr etila boshlandi. Angliyada 1967 yil – Pedagogik texnologiya bo’yicha Milliy kengash, 1964 yildan boshlab “Pedaogik texnologiya va o’qitishni dasturlashtirish” jurnalini, 1971 yilda “Pedagogik texnologiya” jurnalini nashr eta boshladi. Yaponiyada - Pedagogik texnologiyalar muammolari bilan 4 ta ilmiy tashkilotlar shug’ullanadi. 1967 yilda “Pedagogik texnologiyalar bo’yicha Milliy kengash” tashkil etildi, uning filiallari 22 ta davlat universitetlarida joylashtirilgan. 1965 yildan boshlab Yapon tilida har uch oyda “Pedagogik texnologiya” jurnali va ingliz tilida yiliga ikki marta “Pedagogik texnologiyalar sohasida tadqiqotlar” jurnali nashr etildi. Yaqinda “Pedagogik texnologiyalar bo’yicha umumyapon Markaziy kengashi” tashkil etildi, u muammolar bo’yicha xalqaro aloqalar o’rnatish bilan ham shug’ullanadi. Italiyada – 1971 yili pedagogik texnologiyalar bo’yicha Milliy markaz tashkil etildi va “Pedagogik texnologiyalar” jurnali nashr etiladi. Vengriyada – 1973 yili o’qitish texnologiyasi Davlat Markazi tashkil etildi. O’qitish texnologiyasi bo’yicha Xalqaro seminarda (Budapesht, 1977) olim S.G.Shapovalenko o’qitish jarayonining uchta texnologik prinsiplarini ko’rsatdi: 1. Bilim va texnikani mukammal egallash. 2. Audiovizual materiallari fondi bilan tanishish. 3. Ulardan samarali foydalanish metodikasini bilish, shu jumladan ijodiy yondashishi rivojlanishi ham. Vengriya olimi L.Salai “o’qitish texnologiyasi” tushunchasiga rejalashtirish, maqsadlarni tahlil qilish, o’quv tarbiyaviy ishlar jarayonini ilmiy tashkil etish, samaradorligini oshirish maqsadida eng muhim vosita va materiallarni tanlashni kiritib o’qitish jarayonini tashkil etuvchilarni doirasini ancha kengaytirdi. XX asrning 80-yillarida zamonaviy pedagogik jarayonni, pedagogik texnologiyaning mohiyatini yanada chuqurroq anglab yetishga urinishlar davom etdi. Rossiya XX asrning 90- yillarida pedagogik texnologiyalar bo’yicha Markaz tashkil etildi, “Maktab texnologiyasi”, “Ta’limda innovatsiyalar” jurnallari nashr etiladi. O’zbekistonda 1997 yili kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilingandan boshlab ta’lim tizimida, pedagogik nashrlarda pedagogik texnologiyalar muammolari dolzarb tadqiqotchilik ob’ektlari sifatida ko’tarila boshlandi. 1999 yilda Respublika ta’lim Markazi qoshida pedagogik texnologiyalar bo’yicha Markaz tashkil etildi. “Ta’lim texnologiyalari”, “Ta’lim muammolari” kabi jurnallar nashr etila boshlandi, pedagogik texnologiyalar muammolari bo’yicha maqolalar “Xalq ta’limi”, “Pedagogik ta’lim”, “Ta’lim va tarbiya” jurnallarida, “Ma’rifat”, “O’qituvchilar gazetasi” va boshqa ilmiy-pedagogik nashrlarda bosilib chiqarilmoqda. 1994 yili pedagogik texnologiyalar muammolari bo’yicha 1-Respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi o’tkazildi, ma’ruzalar va hisobotlar materiallari maxsus to’plamda chop etildi. Pedagog olimlar U.Nishonaliev, N.S.Saidahmedov, N.N.Azizxodjaeva, Ziyomuhammedov, O’.Tolipov, B.L.Faberman va boshqalar Respublikada pedagogik texnologiyalar muammolari bo’yicha jiddiy tadqiqotlar olib bormoqdalar. 2000 yilda, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti qoshida pedagogika fanlari doktori, professor N.N.Azizxodjaeva rahbarligi ostida innovatsion texnologiyalar Markazi tashkil etildi.
Hozirgi ta’lim-tarbiya sohasida keng rivojlanib borayotgan yo’nalishlardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashdan iborat. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o’z bilim va tajribalarini o’sib kelayotgan avlodga o’rgatishdan iborat bo’lib, bu jarayonda asosan inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan avlodga uzatish amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiyaning har turli ta’riflari mavjud bo’lib, har bir ta’rif ma’lum nuqtai nazardan yondashishni ifodalaydi. Ayrim asosiy ta’riflar va ularning sharxlarini ko’rib chiqamiz. Pedagogik texologiya-barkamol insonni shakllantirish faoliyati. Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo’llaniladigan usullar, yo’llar yig’indisi (Izohli lug’at). Texnologiya – ishlov berish, ahvolni o’zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati, metodlar yig’indisi (V.M.SHepel). Pedagogik texnologiya – o’qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo’llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig’indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi: u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat (B.T.Lixachev). Pedagogik texnologiya-o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan xolda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o’quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir (V.B.Bespalko). Pedagogik texnologiya-ta’limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish jarayoni tafsiloti (I.P.Volkov) Pedagogik texnologiya-o’quv jarayonining o’quvchilar va o’qituvchi uchun so’zsiz qulay sharoitlar ta’minlashni loyihalash, tashkil qilish va o’tkazish bo’yicha hamma detallari o’ylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli (V.M.Monaxov). Pedagogik texnologiya-texnika resurslari, odamlar va ularning o’zaro ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi o’qitish va bilimlarni o’zlashtirishning xamma jarayonlarini yaratish, qo’llash va aniqlashning tizimli metodi (YuNESKO). Pedagogik texnologiya-bu o’qitishga o’ziga xos yangicha (innovatsion) yondoshuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalashi, texnokatik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko’chirilgan tasviri, ta’lim jarayoning muayyan standartlashuvi hisoblanadi (B.L.Farberman). O’qituvchining o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida o’quvchilarga muayyan sharoit va izchillikda ta’sir ko’rsatish hamda mazkur faoliyatning mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayoni (N.Saidahmedov). Pedagogik texnologiyaning mohiyati didaktik maqsad, talab etiladigan o`zlashtirish darajasiga erishishdan iborat bo`lib, uni tadbiq etishni hisobga olgan holda ta`lim jarayonini ilgaridan loyihalashtirishda namoyon bo`ladi (U.Nishonaliyev) Yuqorida keltirilgan ayrim ta’riflarning o’zaro har xilligidan ko’rinadiki, pedagogik texnologiya tushunchasi ko’p qirrali bo’lib, unga pedagogik, psixologik, didaktik, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa nuqtai nazalardan yondashish mumkin. Pedagogik texnologiya-axborotlarni o’zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, ulardagi yangi ma’no-mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli bog’liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o’rgatish jarayonidan iborat. Pedagogik texnologiya-ta’lim metodlari, usullari, yo’llari hamda tarbiyaviy vositalar yig’indisi: u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalari majmuidir. Pedagogik texnologiya-ma’lumotlarni o’zlashtirish uchun qulay shakl va usulda uzatish va o’zlashtirish jarayonidan iborat. Demak, pedagogik texnologiya-insonga (ta’lim-tarbiya oluvchiga) oldindan belgilangan maqsad bo’yicha ta’sir o’tkazish faoliyatidan iborat. Pedagogik texnologiya o’quvchini mustaqil o’qishga, bilim olishga, fikrlashga o’rgatishni kafolatlaydigan jarayondir.


Download 46.3 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 46.3 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. pedagogik texnologiyaning paydo bo'lishi, rivojlanishi va uning ta’riflari, texnologiyalarning rivojlanish tarixi

Download 46.3 Kb.