1. Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari. “Pedagogika tarixi”




Download 81,36 Kb.
Sana16.11.2023
Hajmi81,36 Kb.
#99735
Bog'liq
1-amaliy


1-mavzu: Pedagogika tarixi fan sifatida. Ibtidoiy jamoada tarbiya. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha talim-tarbiya va pedagogik fikrlar
Reja:
1. Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari. “Pedagogika tarixi” fani g‘oyalarining kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan o‘zaro aloqadorligi.
2. O‘zbekistan Respublikasi Prezidenta Sh.M.Mirziyoev ta’lim- tarbiya jarayonida milliy meros, pedagogik qadriyatlardaqn samarali foydalanishning ijtimoiy ahamiyati xaqida Ta’lim-tarbiya va pedagogika tarixini davrlashtirish muammolari.
3.Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti. Eng qadimgi yozma manbalarda ta’lim-tarbiya masalalarining yoritilishi.
Kishilik jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyoti jarayonida inson kamolotining qonun-qoidalari, tartibi va vositalarini o‘rganish, umumlashtirish davr talabidir. Insoniyat mavjud ekan, uning ma‘naviy taraqqiyotini ta‘minlovchi ta‘lim, tarbiya, ma‘lumot kabi tushunchalar xar bir ijtimoiy tuzumda mavjud bo‘lib, u tafakko‘r tarixining qayta tug‘ilishi va rivojlanishi bilan bog‘lik holda pedagogika fanidagi yutuqlarini o‘zlashtirish imkonini beradi. Pedagogika tarixi fanini o‘zlashtirish ma‘naviy, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotning xarakatlantiruvchi kuchi hisoblangan inson kamoloti haqidagi g‘oyalarga ijodiy yondoshgan holda o‘rganish imkonini beradi. Pedagogika tarixini o‘rganish inson kamolotining xazinasi bo‘lib, kishilik jamoasi taraqqiyotidagi tajribalarga suyangan holda rivojlanib keldi.
Pedagogika tarixi fani 1939 yildan boshlab, pedagogika oliy maktablarida o‘qitilmoqda. Uning vazifalari.
-Kishilik tarakdiyotidagi ta‘lim-tarbiyaging ijtimoiy, ma‘naviy, ma‘rifiy riojlsshish haqida ma‘lumot berish;
- O‘tmishdagi ta‘lim va tarbiya masalalarini, texnologiyasini hamda maktab tizimidagi yukskak g‘oya va tajribalarni jadal rivojlantirishni ijodiy o‘rganish;
- Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quv tarbiya yo‘li jarayonida buyuk mutafakkir olimlarning asarlaridagi pedagogik g‘oyalarini o‘rganish.
Pedagogika tarixi fani tarixiy tarakqiyot jarayonida xalqimiz yaratgan xalq pedagogik ijodini o‘rganish va unga amal qilish bilan rivojlanadi. Pedagogika tarixi quyidagi davrlarga bo‘lib o‘rganiladi:
1.Qadimgi Sharq va G‘arb xalqlari pedagogika tarixi. Bu davrda tarbiya muammosi, uning kelib chiqishi, tarixiy tarakqiyoti. O‘rta Osiyodagi ibtidoiy quldorlik davrlarida tarbiya mifologiyaning yaratilishi. Shu bilan birga Qadimgi Gretsiya va Rimda ta‘lim-tarbiya masalalari o‘rganiladi.
2.Movarounnahr xalqlari pedagogika tarixi.
VIII-XII asrlarda yaratilgan xalq pedagogikasi keng yoritiladi, hamda Islom din i va xadislarda ta‘lim-tarbiya o‘rganiladi.
3.Sharq uyg‘onish davridagi ta‘lim-tarbiya to‘g‘risidagi fikrlar haqida.
Mustaqil O‘zbekistonda Xalq ta‘limi va pedagogika fanining taraqqiyoti tarixi. Pedagogika tarixi fanini chuqur o‘rganish uchun u bilan bog‘lik bo‘lgan bir qator fanlar tizimini o‘rganish, birinchi navbatda falsafa, ruhshunosliq anatomiya-fiziologiya, tarih jamiyatshunosliq adabiyot tarixi, maktab gigienasi va boshqalar. Hozirgi o‘zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar oldin yashagan bo‘lib, ular yuksak va o‘ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgan. Dastlabki tosh qurollaridan tirikchilik uchun foydalanish, ancha takomillashgan mehnat qurollarini yasash, urug‘chilik davriga kelib, xo‘jalik hayoti va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlarni o‘z ichiga olgan davrgacha bo‘lgan tariximiz ota-bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo‘lganligidan dalolat beradi. Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Baqtriya, Xorazm, So‘g‘diyona, Marg‘iyona, Parfiya hamda Parkana kabi davlatlarida turli qabila va elatlar yashagan. Ular saklar, massagetlar, so‘g‘diyonalar, xorazmiylar, boxtarlar, chochliklar, parkanaliklar kabi qabila va urug‘lardan iborat bo‘lib, hozirgi Markaziy Osiyo hududida yashovchi xalqlarning ajdodlari hisoblanadilar.
Ushbu elatlar yashagan hududlarda o‘ziga xos madaniy an’analar tarkib topa borgan. Masalan, eramizdan oldingi asrning birinchi yarmida qadimiy davlatlar: Baqtriya va So‘g‘diyona, Marg‘iyona, Xorazm, Parkana, Parfiya kabi o‘lkalarda xalq xo‘jaligining turli sohalarida rivojlanish va taraqqiyot ro‘y bergan. Eramizdan oldingi IX-VI asrlarda paydo bo‘lgan Ahmoniylar, eramizdan avvalgi III asr o‘rtalarida tashkil topgan Grek-Baqtriya, eramizning I asrida tashkil topgan Kushonlar, eramizning V asrda yuzaga kelgan Eftalitlar, so‘ngra Sosoniylar va nihoyat Turk hoqonligi davlatlarida ijtimoiy madaniyat yuksala bordi. Ajdolarimiz tomonidan qo‘lga kiritilgan qadimiy madaniyati tarkibidan ta’lim-tarbiyaga oid merosi ham alohida o‘rin olgan. Zero, hozirgi turkiy va forsiyzabon xalqlarning bizgacha yetib kelgan muhim arxeologik topilmalari, tarixchilar, adabiyot va san’at namoyandalarining ijodiy merosi, san’at va adabiy asarlarning namunalari buning dalilidir.
. Eng qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita yetib kelmagan. Turkiy va forsiyzabon xalqlarning hayot kechirish san’ati, donolik majmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bo‘lishning namunasi tarzida e’tirof etilgan ma’naviy madaniyat yodgorliklari qadimgi grek tarixchisi Gerodotning “Tarix”, Strabonning “Geografiya” hamda Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit-turk” kabi asarlari, shuningdek, Urxun-Enisey bitiklari kabi adabiy-tarixiy manbalarda saqlangan va ular orqali bizgacha yetib kelgan. Ushbu yodgorliklar mohiyatini o‘rganish insonning shakllanishida moddiy va ma’naviy madaniyat qay darajada katta rol o‘ynaganligidan dalolat beradi. Xususan, tarbiya insonning aqliy va axloqiy jihatdan tarkib topa borishiga ta’sir etgan bo‘lsa, insonning shakllana borishi ham o‘z navbatida kishilik jamiyatining qaror topa borishiga yordam bergan. Xullas, tafakkur yurita olish qobiliyatiga ega bo‘lgan inson kamolotining ta’minlanish jarayoni hamda jamiyatning ijtimoiy taraqqiyoti o‘zaro uzviy aloqada shakllangan. Mazkur tarixiy jarayon mohiyatini bilish bizga inson tafakkurining juda uzoq davr va murakkab sharoitlarda shakllana borganligidan dalolat beradi. Ma’lumki, kishilik jamiyatining vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik jihatdan, ham ijtimoiy jihatdan takomillashib borgan.
Dastlabki diniy e’tiqodlar, eng oddiy ixtirolarning takomillashib borishi kabi holatlar inson ongining ham shakllanib borishiga turtki bo‘ldi. Bu jarayon minglab yillarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ana shu davrda inson ongi shakllanishining asosi sifatida qabul qilingan xulq-odob qoidalari, ijtimoiy talablar yuzaga kelgan. Ushbu talablar muayyan davrda yaratilgan yodgorliklarining asosiy mazmuni va mohiyatini tashkil etadi. Eng qadimgi kishilarga xos bo‘lgan xislatlar, ularning dastlabki, oddiy istaklari, orzu-umidlari qadimgi eposlarda aks etgan afsonaviy obrazlar hamda qahramonlar qiyofasida o‘z ifodasini topgan. Ruhga sig‘inish (onimizm), ajdodlar ruhiga sig‘inish (totemizm), sehrgarlik kabi diniy e’tiqodlar va marosimlar yoritilgan afsona va rivoyatlarda eng qadimiy ajdodlarimizning tafakkur dunyosi aks etgan. Ammo bu rivoyat va afsonalar ham massaget, sak, xorazmiy, so‘g‘d hamda parfiyanlar yashagan davrlar ruhini ifoda etadi, xolos.
Download 81,36 Kb.




Download 81,36 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari. “Pedagogika tarixi”

Download 81,36 Kb.