Pisixologik konsultatsiya va uning yuzaga kelishi




Download 82,3 Kb.
bet2/6
Sana30.05.2024
Hajmi82,3 Kb.
#257255
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1. Psixologik konsultatsiya va uning yuzaga kelishi

1.Pisixologik konsultatsiya va uning yuzaga kelishi.
Insonlarga psixologik yordam ko’rsatish ildizi uzoq tarixga borib taqaladi. Bu yumushlarni qadimda aynan psixologlar bo’lmasa-da, kohinlar, diniy arboblar, faylasuflar bajargan. Diniy ullamolar odamlarga ruhiy jihatdan ko’mak berishda maxsus psixologik metodlardan foydalanmagan bo’lsa-da, uning elementlarini o’z faoliyatlarida aks ettirishgan. Ya’ni insonlarni qiynayotgan muammolarini eshitganlar, taskin berganlar. Psixologik xizmatning aynan mutaxassislar, xususan, psixologlar tomonidan amalga oshirilishni boshlanish XIX asrning boshlariga to’g’ri keladi. Xususan, psixologik xizmat AQShda 1800-yillardan boshlab rivojlana boshladi. AQShning birinchi amaliyotchi psixologlari o’z-o’zini tarbiyalash muammosini o’rgangan eksperimental psixologlar edilar.Fransiyada psixologik xizmatni Alfred Bine joriy etdi va bu borada e’tibor asosan ta’lim sohasiga e’tibor qaratildi. 1894-yildan boshlab psixologik xizmatni mamlakatda amalga oshirish zarurligi tasdiqlandi va 1905-yilda umumiy dastur bo’yicha o’qiy olmaydigan bolalarni tekshirish orqali aqliy taraqqiyotda orqada qolgan o’quvchilarni ajratadigan Bine-Simon testi yaratildi.1970-yilda Fransiyada psixologik-pedagogik yordam guruhlari psixologik xizmatning asosiy turini tashkil etdi. 1990-yilda Fransiyada psixologik xizmatning yo’nalishlari bo’yicha asosiy vazifalar aniqlab berildi. Psixologik xizmatni olib boruvchi shaxs vakolati kengaytirildi hamda psixolog shaxsning har tamonlama rivojlanishi uchun qo’lidan kelgan barcha ishlarni qilishi kerak, bunda u bu ishlarga o’qituvchilarni va ota-onalarni ham jalb etishi mumkin va xatto lozim topsa, maktab va oila tarbiyasiga qarshi chiqishi mumkin, deb maxsus ta’kidlandi.Sobiq sovet Ittifoqida birinchi bo’lib Estoniyada 1975-yilda maktabda psixologik xizmat tashkil etildi (rahbari X.I. X.Liymets, Yu.L. Serd bo’lib, ular tarbiyasi qiyin o’smirlar uchun maxsus maktablarda ish olib boradilar). Rossiyada 1982-yilda maktablarda psixolog shtati ochildi.1989-yilda O’zbekistonda amaliyotchi psixologlarning yetishmasligi sababli Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida amaliyotchi psixologlar tayyorlash fakulteti ochildi.
Bugungi kunga kelib, psixologik xizmatni 3 nuqtai nazardan qarab chiqish mumkin:
  • ilmiy nuqtai nazardan;


  • tashviqot nuqtai nazardan;


  • amaliy nuqtai nazardan.


Faqat mana shu nuqtai nazarlarning birligigina psixologik xizmat predmetini tashkil etadi.Ilmiy nuqtai nazar psixologik xizmatning metodologik muammolarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Bu yo’nalish ijrochilarining asosiy funksiyasi psixologik xizmat ishida psixodiagnostik, psixokorrektsion va rivojlantiruvchi metodlarni ishlab chiqish va nazariy asoslashga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlarni o’tkazishdan iborat.Tashviqot nuqtai nazari odamlarning psixologik bilimlardan foydalanishini nazarda tutadi.Psixologik xizmatning amaliy nuqtai nazarini psixologlarning amalga oshiradigan ishlari tashkil etadi.Hozirgi bosqichda psixologik xizmat faoliyatining 2 yo’nalishi:


  • dolzarb va kelajak yo’nalishlari mavjud.


  1. Dolzarb yo’nalish insonlar hayotidagi qiyinchiliklar, ular hulq-atvori, muloqotidagi og’ishlar, muammolarni hal qilishga qaratilgan.


  2. Kelajak yo’nalishi esa har bir insonning individuallgini rivojlantirishga, jamiyatda yaratuvchanlik hayotiga psixologik tayyorlikni shakllantirishga qaratilgan.


Ikki yo’nalish ham bir-biri bilan bog’liq.Psixologik xizmatning maqsadi–shaxsning har tomonlama shakllanishi, rivojlanishi, samarali ijtimoiylashuvi va moslashuvi, rivojlanishining barcha yosh davrlarida psixologik salomatligini muxofaza qilish uchun psixologik-pedagogik shart-sharoit yaratishdan iborat.Tadqiqodlarimizdagi kuzatuvlarimiz natijasida, O’zbekiston Respublikasi bo’yicha mingdan ortiq xususiy va davlat tasarrufidagi psixologik xizmat ko’rsatish markazlari mavjud. Bunday turdagi xizmat markazlariga murojaat etuvchilarning soni esa kundan kunga ortib bormoqda. Ammo, O’zbekiston miqyosida psixologga murojaat qilish o’zbeklarning qadriyatlariga nomunosib deb ham hisoblanadi afsuski. Nima uchun bizning jamiyatda “Men psixolog xizmatidan foydalanaman” deyish odatdagidek qabul qilinmaydi? To’g’ri, shunday. Odamlar psixolog huzuriga tashrif buyurganida: ”Menda hech qanda muammo yo’q, men hammasini o’zim hal qila olaman.Muammoimni o’zim yecha olaman ammo, psixolog yordamiga muhtojman deb o’ylayman” unda nima sababdan odamlar psixolog konsultatsiyasiga murojaat qilishadi? XXI asrning boshlariga kelib psixolog kasbi haqidagi tushuncha kengaya boshladi va psixologik konsultatsiyaga kasallikni davolash uchun tashrif buyuradigan joy emasligini jamiyat tushuna boshladi. Biroq, yuqordagi jumlalarni hali ham uchratishimiz mumkin. Buning uchun ommaning fikrini kengaytirish va albatta psixologiya haqidagi bilimlarni oshirish zarurdir. O’zbekiston Respublikasida “Psixologik xizmat haqidagi Nizom” 1996-yil 15-martda qabul qilingan. Bunda 5 ta bo’lim, 12 moddadan tashkil topgan. Keyinchlaik bunga o’zgartirishlar kiritildi. 2001-yil, 2002-yil ,2017-yil va so’nggisi 2019-yilda (577- sonli) amalga oshirilgan. Bundan ko’zlangan maqsad kelgusida jamiyatda yetakchi kadrlarni yetkazib berishdan iborat hisoblanadi.


Bunda psixologik xizmat asosan uch bosqichda amalga oshiriladi:
1.Umumiy o’rta ta’lim miqyosida
2.Tumanlar yoki shaharlar miqyosida
3.Viloyat miqyosida
Endi bularning har birining alohida vazifalari mavjud bo’lib dastlab maktab psixologlarida asosan bolalar bilan ishlash , ularning past xulqiga ega bo’lgan bolalarni tarbiyalash ishlari olib borishi mumkin. Tumanlarda ishlovchi psixologlar esa asosan oila va nikoh borasidagi muammolarni tushuntirish ishlari olib borishlari zarur bo’ladi.Viloyat psixiloglari esa bu ikkisini nazorat qilib turishi zarur bo’ladi. Hozirda psixologik xizmatlarning rivojlanishi hamda ommalashib borishining albatta asos va tarixi mavjud. Psixologik xizmat dastlab 1800-yilda AQSH da tashkil topgan. So’ng boshqa Yevropa mamlakatlariga kirib kelgan. Yevropa mamalakatlarida 1894-yilda Fransiyada psixologik xizmat tashkil etildi. Sobiq sovet davlatlaridan esa 1975-yilda Chexoslavakiyada joriy etildi. Bu yerda asosan tarbiyasi og’ir bolalar bilan ishlashga qaratilgan jarayondan iborat bo’lagan. Psixologik xizmat mazmuni esa bu o’qishda , ishda, tarbiyasida, oilasida muammosi bo’lgan shaxslar bilan individual yoki guruhiy ishlashni nazarda tutadi. Psixologik xizmatning maqsad va vazifalari quyidagilardan iboratdir: turli yoshdagi insonlarga to’g’ri yo’nalish berishdan va shaxslarni qiynayotgan muammolarga yechim topishdan iborat. Psixologik maslahat amaliy psixolog faoliyatining alohida turidir. R.S.Nemov, Yu.E.Aleshina, G.S.Pank, V.M.Fedorchuk va boshqalarning fikricha, psixologik maslahat individual va guruhli psixoterapiya, psixokorreksiyadan sezilarli darajada farq qiladi va bir vaqtning o'zida amaliy psixolog faoliyatining barcha turlari bilan bog'liqdir.Psixologik maslahatning mohiyati - bu mijoz o'zining psixologik muammolarini hal qilishda yangi imkoniyatlarni ochadigan (reallashtiradigan) sharoitlarni yaratish orqali maxsus kasbiy va ilmiy bilimlarga asoslangan mutaxassis-psixolog tomonidan bevosita psixologik yordam ko'rsatishdir.Psixologik maslahat amaliy psixologning boshqa faoliyatidan bir qator xususiyatlari bilan farq qiladi.Xususan, psixologik maslahat psixolog va mijoz o'rtasidagi shaxsiy aloqalarning qisqa muddatli va epizodik xarakterga ega bo'lib, psixoterapiyaning turli usullari mijoz bilan uzoq vaqt ishlashga mo'ljallangan.Agar psixologik maslahat mijozga uning shaxslararo munosabatlarini qayta tashkil etishda yordam berishga qaratilgan bo'lsa, psixoterapevtik ta'sir shaxsning eng chuqur muammolarini hal qilishga qaratilgan. Psixologik maslahatni o'tkazishda psixolog-maslahatchi mijozga maslahat beradi, ammo ularni amaliy amalga oshirish mijozning ishi. Psixoterapiyada esa mijozning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan faol harakatlar psixolog tomonidan amalga oshiriladi va mijoz faqat ularga munosabat bildiradi yoki bu ta'sirlarni sezadi. Psixologik maslahat bilan bog'liq bo'lgan psixokorreksiya bilan asosiy ish ko'pincha mijoz tomonidan psixolog yo'qligida yoki u bilan bevosita va doimiy aloqada bo'lmagan holda mustaqil ravishda amalga oshiriladi. Psixodiagnostika maslahatning tarkibiy qismi sifatida qaraladi. Maslahat berishda psixodiagnostika mijozni bevosita kuzatish natijalariga, olingan ma'lumotlarni umumlashtirishga asoslanadi. Psixodiagnostika maslahatning boshida maxsus psixologik testlardan foydalanmasdan amalga oshiriladi va psixokorreksiyaga qaraganda ancha kam vaqt talab etadi. Psixologik maslahatning maqsadi mijozga o'z shaxsiyatini o'rganishda, uning atrofidagi dunyo bilan munosabatlarini tushunishda, muammolarini baholashda va ularni bartaraf etishning muqobil variantlarini topishda yordam berishdir.Ushbu maqsad quyidagi asosiy vazifalarni hal qilish orqali amalga oshiriladi (R.S. Nemovga ko'ra):
1.Mijoz duch kelgan muammoni konkretlashtirish (aniqlashtirish).Bu vazifa mijozni tinglash, uni kuzatishdan iborat. Maxsus tinglash usullarini qo'llagan holda, maslahatchi mijozning muammosi nimada degan xulosaga keladi.
2.Mijozni mijoz muammosining mohiyati, uning jiddiyligining haqiqiy darajasi haqida xabardor qilish. Ya'ni, maslahatchi mijozga nafaqat uning muammosi nima ekanligini tushuntiribgina qolmay,balki bu muammo nima uchun paydo bo'lganligi va uni amalda qanday hal qilish mumkinligini ham tushuntiradi.
3.Psixolog-maslahatchi tomonidan mijozning shaxsiyatini o'rganish. Bunday tadqiqot mijozning o'z muammolarini qanchalik to'liq va chuqur tushunishini va ularni hal qilishga qanchalik tayyorligini aniqlash imkonini beradi.
4.Muammoni eng yaxshi tarzda hal qilish bo'yicha mijozga maslahat va tavsiyalarni aniq shakllantirish. Shu bilan birga, mijozning individual xususiyatlari va psixologning muammoni tushunishining o'ziga xosligi hisobga olinadi. Maslahatlar va fokuslar mijoz uchun sodda, qisqa va tushunarli bo'lishi kerak, shuningdek, mijozning real hayotiy sharoitlariga mos kelishi va uning tomonidan tegishli nazorat ostida bo'lishi kerak.
5.Mijoz har doim ham psixologdan olingan maslahat va tavsiyalarni amalga oshirishga zudlik bilan va muvaffaqiyat umidi bilan bora olmaydi. Ba'zida, tajribasizlik va qobiliyatsizlik tufayli mijoz xato qiladi va psixologning tezkor yordamiga muhtoj. Shu sababli, psixolog-maslahatchining vazifasi mijozga muammoni hal qila boshlaganida taklif qilinadigan qo'shimcha amaliy maslahatlar shaklida yordam berishdir.
6.Agar u yoki bu sabablarga ko'ra mijoz psixolog tomonidan berilgan maslahat va tavsiyalarni bajarishdan bosh tortsa, u holda ikkinchisi psixologik maslahatning yakuniy amaliy natijasi uchun javobgar emas, balki faqat ushbu tavsiyalarning to'g'riligi uchun javobgardir.
7.Mijozni kelajakda shunga o'xshash muammolardan qanday qochish kerakligini o'rgatish. Bu, xususan, psixoprofilaktika vazifalaridan biridir. Uni hal qilish, maslahatchi psixolog mijozning mustaqil ravishda bunday muammoning takrorlanishini oldini olishiga ishonch hosil qiladi.
8.Psixologik konsultatsiya jarayonida mijozni psixologik va tarbiyaviy axborotlashtirish ham amalga oshiriladi. Bu mijozga boshlang'ich, hayotiy psixologik bilim va ko'nikmalarni berishdan iborat bo'lib, ularni o'zlashtirish va to'g'ri qo'llash maxsus psixologik tayyorgarliksiz mumkin. Psixologik maslahat samaradorligining mezoni, G. S. Abramovaning fikriga ko'ra, boshqa shaxsning (mijozning) uning muammosi bo'yicha yangi tajribalarning paydo bo'lishidir.Quyida Rossiya Federatsiyasidagi statistikaga ko’ra jamiyatdagi shaxslar psixologga nima muammolar bilan murojaat etishlari haqida:

Umuman olganda qachon psixologga murojaat qilish mumkin deb hisoblanadi? Agar hayotingizda qandaydir muhim hodisalardan so’ng quyidagicha alomatlar bo’lsa:-His-tuyg’ularingiz yoki taningizdagi hissiyotlaringiz sizni yenggishga harakat qilsa;-G’azabingizni nazorat qila olmasangiz;-Uyqingizdagi fojeali voqeadagi obrazlar sizni qo’rqitishda,bezovta qilishda davom etsa;-Yaqinlaringiz bilan munosabatlaringiz keskin o’zgarsa, tanishlaringiz ularga bo’lgan murojatlaringizda sizdan katta o’zgarishlar kutayotganida;-Ishingizga,kasbingizga bo’lgan munosabatingiz o’zgarsa;-Daxsgatli tushlar ko’rishni boshlasangiz yoxud uyqusizlikdan qiynalaytgan bo’lsangiz;-Alkogol yoki tamaki maxsulotlariga o’rganib qolgan bo’lsangiz;-G’azbingizni jilovlay olmasangiz; His-tuyg’ularingizni bo’lishadigan odam yoki guruhingiz bo’lmasa;-Ko’p baxtsiz hodisalarga duch kelaversangiz;-Odatlaringiz yomon tarafga o’zgarib qolsa;-Dunyodan hafa ekaningiz yoki undan ko’nglinggiz qolganini sezsangiz.. Yuqorida keltirilgan sabablar psixologga murojaat qiluvchilarning bir parchagina sabablari xolos. Ammo, ko’pchilik mummo bo’lsagina psixolog huzuriga boriladi deb o’ylashlari tabiiy. Shunday savollarga javob toppish maqsadida “AiF-Voronej” muxbiri psixolog Olga Veselova bilan suhbatda qanday vaziyatlarda psixologga tashrif munosib ekanligi haqida intervyu oladi.Psixolog Olga Vaseleva: Psixolog tayyor maslahat bermaydi. “Psixologga murojaat qilish uchun dramatik narsalarni boshdan kechirish shart emas. Ba'zan o'z qalbingizni kashf etish va u haqida gapirishni xohlashingiz kifoya, - deydi Olga Veselova. - Psixologga murojaat qilishingiz mumkin bo'lgan muammolar doirasi juda katta. Ba'zida odamlar maslahat uchun kelishadi va hatto so'rovni shakllantira olmaydilar. Bunday holda, mutaxassisning vazifasi mijozdan unga nima bo'layotganini so'rash, unga dam olishga yordam berish, ishonch munosabatlarini o'rnatishdir. Va shunday bo'ladiki, qarindoshlar odamni mutaxassisga yuborishadi. Va bu shunday, chunki tashqi tomondan u ko'proq ko'rinadi. Misol uchun, odam vaziyatning ichida bo'lishi mumkin va hatto buni sezmaydi. Ba'zida odamlar uchun mutaxassis bilan uchrashishga qaror qilish oson emas, deydi Olga Veselova, ba'zida esa, aksincha, juda oddiy bo'ladi, chunki odam psixologdan unga qandaydir maslahat berishini kutadi. "Mijoz kelib so'rashi mumkin:" Men nima qilishim kerak?". Biz tayyor maslahat bermaymiz, bizning vazifamiz odamni o'ziga ishonishga, muammolarni o'zi hal qilishga o'rgatishdir, - tushuntiradi Olga. - U bunga tayyor emas, keyin bizni hafsalasi pir bo'lib qoldirishi mumkin. Shuningdek, siz psixoterapiya uzoq jarayon bo'lishi mumkinligini, uning o'z qoidalariga ega ekanligini, buzilmasligini tushunishingiz kerak.


Psixologning mijoz bilan ishlashi uchta shartga asoslanadi:
✓ cheklangan vaqt;
✓ mijoz va psixolog uchun xavfsiz joyning mavjudligi;
✓ tarif bo'yicha xizmatlar uchun to'lov;
Mijoz bilan ishlash qaysi rejimda o'tishi birinchi uchrashuvda aniq bo'ladi. Agar bu psixoterapiya bo'lsa, odam tanlovga ega bo'ladi: yoki uzoq vaqt davomida mutaxassis bilan ishlash yoki kerakli ma'lumotni olish va uni o'zi aniqlashga harakat qilish.Yuqoridagi ma’lumotlarga tayangan holda quyidagicha xulosaga kelishimiz mumkin: bugungi kundagi psixolog konsultatsiyasiga tashrif buyuruvchilar soni keskin ko’paymoqda, ammo, jamiyatimizdagi shaxslarning aksar psixologik bilimlari sayozligi va ularni oshirish uchun trening, dars va olib borilayotgan ishlarning ommalashayotgani va ular samarasini astalik bilan ko’rsatayotgani taqsinga loyiq holatlardan deb hisoblashimiz mumkin. Chunki, shaxslarda psixologik bilimlarning zarurligi va har jabhada o’z samarasini ko’rsatishi mumkinligi doimiy aniqlanib bormoqda. Jamiyatimizda ham mutaxassis konsultant psixologlarning bilimlarini yanada oshirishlari, o’z shaxsiyatlarini rivojlantirishda tinimsiz mashg’ulotlar oilb borishlari va o’z foydalarini aholiga tegishi ularni zavqlantiradi.



Download 82,3 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 82,3 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pisixologik konsultatsiya va uning yuzaga kelishi

Download 82,3 Kb.