Variantsiz savollar:
46. NaOH eritmasining molyal va foiz konsentratsiyasi nisbati 1:3 bo’lsa, eritmaning foiz konsentratsiyasini toping.
47. Natriy fosfit kristallogidrati tarkibida vodorodning mol ulushi 50% ga teng bo’lsa, kristallogidratning molyar massasini toping.
48. Stixometrik nisbatda olingan alkil bromid va HJ reaksiyasida aralashma bug’ining o’rtacha molyar massasi 117 g/mol bo’lsa, reaksiya natijasida hosil bo’lgan alkanni aniqlang.
49. Me2CO3 eritmasi yetarli miqdorda HCl da eritilganda 5,6 litr (n.sh.) gaz va 42,5 g 50% li eritma hosil bo’ldi. Metallni aniqlang.
50. == NaOH eritmasining molyal va foiz konsentratsiyasi nisbati 1:3 bo’lsa, eritmaning foiz konsentratsiyasini toping.
51. Natriy fosfit kristallogidrati tarkibida vodorodning mol ulushi 50% ga teng bo’lsa, kristallogidratning molyar massasini toping.
52. Stixometrik nisbatda olingan alkil bromid va HJ reaksiyasida aralashma bug’ining o’rtacha molyar massasi 117 g/mol bo’lsa, reaksiya natijasida hosil bo’lgan alkanni aniqlang.
53. 229 g suvda 171 g maltoza eritildi. Hosil bo’lgan eritmadagi glukozaning foiz konsentratsiyasini toping.
54. 258 g suvda 342 g maltoza eritildi. Hosil bo’lgan eritmadagi glukozaning foiz konsentratsiyasini toping.
55. 329 g suvda 171 g maltoza eritildi. Hosil bo’lgan eritmadagi glukozaning foiz konsentratsiyasini toping.
56. 329 g suvda 171 g saxaroza eritildi. Hosil bo’lgan eritmadagi glukozaning foiz konsentratsiyasini toping.
57. 258 g suvda 342 g laktoza eritildi. Hosil bo’lgan eritmadagi glukozaning foiz konsentratsiyasini toping.
58. Dioksometanning 0,4 moli massasini toping?
59. Organizmda karbonat angidrid hosil bo’lishida katta ahamyatga ega bo’lgan elemant tarkibidagi p elektronlar s elektrondan nechtaga ko’p?
60. X-1, X+3 va X+5 ionlarida jami elektronlar soni 44 ga teng. Bunga ko'ra X elementning protonlar sonini toping.
61. ICl2- ionida markaziy atomning gibridlanish turini toping.
62. Alkan molekulasi tarkibidagi qutbli bog'lar soni qutbsiz bog'lar sonidan 3 marta ko'p va xlorlanganda 3 xil monoxlor hosila olinsa, alkan nomini ko'rsating.
63. 50°C da 40°C dan 2 sekund oldin, 60°C da 1 sekund keyin tugovchi reaksiya 20°C da qancha vaqtda tugaydi?
64. Metanal va uning gomologidan iborat 0,4 mol aralashma kumush ko’zgu reaksiyasida 1,2 mol cho’kma hosil qildi. Boshlang’ich aralashmada metanalning massasi noma’lum aldegiddan 2,8 grammga kam bo’lsa, noma’lum aldegidni toping.
65. CH2 = CH - C --- (uch bog’) CH molekulasidagi uglerod-uglerod bog’ uzunligi chapdan o’ngga qanday o’zgaradi?
66. 720 g (ρ = 1,2 g/ml) 0,6 M li sulfat kislota eritmasi bilan 900 ml 0,4 M li X eritmasi reaksiyaga kirishdi. X ni toping.
67. 56 g polietilen necha mol keladi? (-CH2-CH2-)2000
68. CrO42- va ClO4- ionlari ko’pi bilan nechta elektron oladi?
69. Mis (I) oksid va mis (I) sulfid aralashmasi o’zaro ta’sirlashganda 0,7 mol Cu tutgan va 6,4 g S atomlari tutgan qattiq modda olindi. Reaksiya uchun olingan sulfid massasini (g) aniqlang.
70. 2,5 mol Xn(YO4)m modda eritilganda 60,2·1023 ta ion hosil bo’lgan. Bu moddaning dissotsilanish darajasi 80% bo’lsa,
n + m ni hisoblang.