• Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari
  • 1-qism 1-Savol. Multimedia texnologiyasining o’ziga xos xususiyatlari va bola ruhiyatiga ta’siri




    Download 69.5 Kb.
    bet1/4
    Sana15.12.2022
    Hajmi69.5 Kb.
    #34926
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Savollar
    2.O‘RTA ASR SHARQ ALLOMALARINING MATEMATIKAGA QO‘SHGAN HISSALARI, 6- ТОПШИРИК, 4-amaliy, 2-mustaqil ish, 1-mustaqil

    1-QISM
    1-Savol. Multimedia texnologiyasining o’ziga xos xususiyatlari va bola ruhiyatiga ta’siri.
    Yosh bolalar tevarak-atrofga, voqea va xodisalarga, narsa va buyumlarga qiziquvchan bo’ladi. Hamma narsani ushlab, paypaslab, yurgizib, harakatga keltirib ko’rishni yoqtiradilar. 
    Kompyuter o’yinlari tarbiyalanuvchilarning ushbu qiziquvchanlik xususiyatini oshiradi. Natijada, ularning aqliy rivojlanishi shakllana boradi. Multimediali kompyuter o’yinlari tarbiyalanuvchilarning qiziquvchanlik xususiyatini oshirishi quyidagilar asosida namoyon bo’ladi:
    1) ekranda ko’rsatiladigan o’yin obyektiga animasiya samarasi berilgan bo’lishi va ular doimiy ravishda harakatlanib, jilolanib turishida; 2) tovushda; 3) musiqada; 4) animatsiyada; 5) multifikasiyada.
    O’yin davomidagi ushbu "kompyuterli" psixologik-pedagogik ta’sirlar yosh bolalarning faqat qiziquvchanlik xususiyatini oshiribgina qolmasdan, balki bilim olishga bo’lgan ishtiyoqini ham oshiradi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ma’lum bo’ldiki, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyasini shakllanishida axborot texnologiyalari ya’ni, multmedialardan foydalanish uni MTMlarda samarali qo’llash hozirgi kunning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi.
    Multimedia vositalarini tayyorlash va bolalarning kompyuter savodxonligini shakllantirish metodikasi shaxsiy kompyuterlar multimedia texnologiyasining asosiy texnik vositasi hisoblanadi. MTMlarning ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishda qo’shimcha vositalar - kompakt disklar, turli xil taqdimotlar, slaydlar va hokazolar talab etiladi. Multimedia vositalaridagi ta’lim-tarbiya materiallari dinamik xarakterga ega bo’lib, ular animatsiya bilan berilgan bo’ladi. Ta’lim tizimida foydalanib kelinayotgan an’anaviy ko’rgazmali materiallar statik xarakterga ega. Masalan, tarbiyachi A harfini an’anaviy usulda o’rgatish mobaynida, bolaga uning qog’ozdan yoki kartondan yasalgan shaklini ko’rsatadi (statik vosita). Mutimedia vositasida ko’rsatilganda A harfi kompyuter (monitor) ekranida tebranib, bolalarning diqqatini o’ziga jalb etadi (dinamik vosita). Hozirgi kunda turli xil multimediali ta’lim vositalarini ishlab chiqish va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish jadal rivojlanayapti. MTMlari ta’lim- tarbiya jarayonida ulardan foydalanish metodikasi ishlab chiqilmagani uchun tarbiyachi-pedagoglar multimedia vositalarini multimedia texnologiyasi sifatida qabul qilmoqdalar. Kezi kelganda shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, multimedia vositalarini ishlab chiqaruvchi maxsus muassasadan tashqari, har bir MTM tarbiyachilarining o’zlari tayyorlashi mumkin bo’lgan dasturli va rolli multimedia vositalarini (DVD-disk) qo’llash mumkin. DVD video diski multimedianing texnik vositasi sifatida bir necha afzalliklarga ega. Diskdan foydalanib, o’rganiladigan materialni bosqichlar bo’yicha to’la, ba’zi hollarda alohida elementlarini ko’rish mumkin, zarur bo’lganda material qayta namoyish etiladi. DVD video diskda sxemalar, rasmlar, grafiklar ham joylashtirilgan bo’ladi. Multimedia texnologiyasining didaktik vositalari ta’limning didaktik talablariga to’la mos keladi. 
    MTMlarida multimediali kompyuterli ta’limni amalga oshirishning asosiy talablaridan biri - bolalarning kompyuter savodxonligini shakllantirish va ularni kompyuterda mustaqil ishlashini ta’minlashdan iborat. 
    Tarbiyalanuvchilarning kompyuter savodxonligini shakllantirilishdan asosiy maqsad ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishda kompyuterdan foydalanishga qaratilgani sababli, tarbiyachi o’zining nazorati ostida "Sichqoncha" yordamida turli ta’lim o’yinlarini, matematik amallarni, ekologik topshiriqlarni va shularga o’xshash vazifalarni bajartirishga o’tadi. Tarbiyalanuvchilar "Sichqoncha"dan foydalanish bo’yicha to’la amaliy malaka va ko’nikma hosil qilganlaridan so’ng mustaqil ish bajara boshlaydilar. Bu holda ham tarbiyachi ularning ishini doimiy kuzatib turadi.
    3-Savol Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari

    Download 69.5 Kb.
      1   2   3   4




    Download 69.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-qism 1-Savol. Multimedia texnologiyasining o’ziga xos xususiyatlari va bola ruhiyatiga ta’siri

    Download 69.5 Kb.