1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlanish tendensiyalari




Download 52.06 Kb.
bet4/6
Sana01.11.2023
Hajmi52.06 Kb.
#92418
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-amaliy Kamolov Faxriddin-915
Begijonov Muslimbek kurs ishi, radiobiologiyadan-6, radiobiologiya-4-mavzu, 6-mustaqilish, dokument microsoft word 2, 666666, 5.52.01.01 kompyetwr injiniringi tayyor bolgan dastur, Samandar Mb Kitchen, Исматовой Гуллола, №1 NI uchun uslubiy ko\'rsatma, 10, kompy, portal.guldu.uz-Kimyo tarixi (1), portal.guldu.uz-O`QUV-USLUBIY KO`RSATMA
EXHT bilan hamkorlik
O’zbekiston 1992–yil fevral oyida dunyoda tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti – EXHT ga a'zo bo’lib kirdi. LKarimovning 1992– yil 9–10– iyulda bo’lgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining majlisida ishtirok etishi, unda nutq so’zlashi va Kengashning 10 iyulda bo’lgan majlisiga raislik qilishi O’zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallayotganligining dalilidir. I. Karimov o’z nutqida u yoki bu mintaqada tinchlik va barqarorlikni buzishi mumkin bo’lgan mojarolar yaqinlashuvining oldini olish, mojarolarga yo'1 qo’ymaslik muammolari bilan shug’ullanuvchi mexanizmni vujudga keltirish, tashkilot qabul qilayotgan hujjatlarning ta'sirchanligini oshirish, hujjatlar mojarolarni oldini olish, yo'1 qo’ymaslik ruhida bo’lishini ta'minlash takliflarini ilgari surdi. 1994–yil sentabr oyining oxirlarida Toshkentda EXHT ning umumiy masalalarga bag'ishlangan xalqapo anjumani bo’lib, unda tashkilot faoliyatining barcha qirralariga oid masalalar ko’rib chiqildi. EXHT Toshkentda va Urganchda atrof muhitni qayta tiklash bo’yicha seminarlar o’tkazdi, Orol muammosini hal qilishga ko’maklashmoqda. 1995– yil iyulda Toshkentda EXHT ning aloqalar bo’yicha mintaqaviy byurosi ochildi va faoliyat ko’rsatmoqda.
EXHT ning 1996– yil dekabrda Lissabonda bo’lgan Sammitida XXI asr arafasida yalpi xavfsizlik modelini yaratish xususida munozara bo’ldi. O’zbekistonning mojarolar yuz berib turgan hududlarga yashirincha qurol–yarog’ yetkazib berishni to’xtatish, EXHTning Markaziy Osiyo faoliyatini kuchaytirishga oid takliflari ma'qullandi va Lissabon deklaratsiyasida hujjatlashtirildi. 1999–yil noyabr oyida bo’lgan EXHTning Stanbul sammiti Islom Karimovning xalqaro terrorchilikka qarshi kurashuvchi xalqaro markaz tuzish haqidagi taklifi ham ma'qullandi. O’zbekistonning EXHT bilan hamkorligi mustahkamlanib, o’sib borayotganligiga 2002–yil 6–7–aprel kunlari EXHT Bosh kotibi Y. Kubishning mamlakatimizga tashrifi ham yaqqol misol bo’la oladi.
O’zbekiston ko’pgina mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi, NATOning Tinchlik dasturi”, EKO, Islom konferensiyasi tashkiloti, qo’shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali hamkorlik qilmoqda.
1996–yil fevral oyida O’zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasida hamkorlik o’rnatish bo’yicha muzokaralar bo’ldi. Shu yil iyul oyida Florensiya shahrida Yevropa Ittifoqi bilan O’zbekiston o’rtasida sherikchilik va hamkorlik to’g’risida Bitim imzolandi. Bu hujyat O’zbekistonning Yevropa Ittifoqi va unga a'zo bo’lgan 15 ta mamlakat bilan o’zaro munosabatlarining huquqiy negizi bo’lib siyosiy, iqtisodiy, ilmiy–texnikaviy, madaniy aloqalar uchun keng imkoniyatlar ochdi. Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik O’zbekistonning xavfsizligi va taraqqiyotini ta'minlovchi muhim omillardan biri boiib xizmat qilmoqda.

Download 52.06 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 52.06 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlanish tendensiyalari

Download 52.06 Kb.