|
1. Qo‘shimchalar turlari. Mineral qo‘shimchalar
|
bet | 1/8 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 33,6 Kb. | | #108310 |
Bog'liq 1. Qo‘shimchalar turlari. Mineral qo‘shimchalar-hozir.org
1. Qo‘shimchalar turlari. Mineral qo‘shimchalar
1Ma’ruza Zamonaviy qo‘shimchalarni turlari va funksional belgilari bo‘yicha tasniflanish xossalari va ishlatish soxasi
Reja:
1.Qo‘shimchalar turlari.
2. Mineral qo‘shimchalar
3. Sanoat chiqindilari asosidagi qo‘shimchalar
4. Betonga qo‘shiladigan bioqo‘shimchalar.
Organik qo‘shimchalar
6. Kompleks qo‘shimchalar
7. Portlandsement gidrotlanish mexanizmiga qo‘shimchalarni ta’siri
8. Suvga talabchanlikka tutib qolishiga ta’sir etuvchi qo‘shimchalar
Hamma qo‘shimchalar (tabiiy yoki sun’iy kimyoviy mahsulotlar) ularni ta’sir etish mexanizmi bo‘yicha sinflanadi va 4 sinfga bo‘linadi:
1 - qo‘shimchalar, mineral bog‘lovchi moddalarni eruvchanligini o‘zgartiruvchi va ular bilan kimyoviy reaksiyasiga kirishmaydigan.
2 - qo‘shimchalar, bog‘lovchilar bilan reaksiyaga kirishuvchi va qiyin eruvchan yoki kam eruvchan kompleks birikmalar xosil qiluvchilar.
3 - qo‘shimchalar, kristallanish tayyor markazini xosil qiluvchilar.
4 - organik sirti aktiv moddalar (SAM), qatiq fazani sirtida adsobsiyalashga qobiliyati bor.
Kimyoviy qo‘shimchalar betonlar uchun GOST 24 211 bo‘yicha ishlatilishiga bog‘langan xolda (ta’sir etuvchi asosiy effekt bo‘yicha) quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Beton qorishmalarini xossalarini boshqaruvchilar:
a) Plastifikatsiyalovchi;
I-gurux (superplastifikatorlar);
II-gurux (kuchli plastifisirlovchilar);
III-gurux (o‘rtacha plastifisirlovchilar);
IV-gurux (past plastifisirlovchilar).
b) Maxkamlovchilar:
v) suv ushlab turuvchilar;
g) qayta quyuvchilikni yaxshilaydigan;
d) beton qorishmalarini saqlanishini boshqaruvchilar, tutib qolishni sekinlashtiruvchilar va tezlashtiruvchilar;
ye) g‘ovak xosil (yengil betonlar uchun), havo olib, gaz xosil qiluvchilar.
2. Betonni qotishini boshqaruvchilar:
a) qotishni sekinlashtiruvchilar;
b) qotishni tezlashtiruvchilar.
3. Beton va yig‘ma temir betonni mustaxkamligini, sovuqqa, agressiv muhitga chidamligligini oshiruvchilar, o‘tkazuvchanligini pasaytiruvchilar:
a) I, II, III, IV – gurux suv ajratuvchilar;
b) kolmatatsiya;
v) havo olib kiruvchilar;
g) gaz hosil qiluvchilar;
d) po‘lat armaturaga nisbatan beton ximoya xossalarini oshiruvchilar (po‘lat yemirilishini ingibitorlari).
4. Betonga maxsus xossalarga ega bo‘lishini beruvchilar.
a) I, II, III – gurux gidratlovchi qo‘shimchalar;
b) sovuqqa qarshi (salbiy xaroratlarda qotishni ta’minlovchilar);
v) bioqo‘shimchalar;
g) polimer.
5. Maydalangan mineral qo‘shimchalar:
a) noaktiv;
b) aktiv;
v) plastifisirlovchi mineral;
6. Kompleks qo‘shimchalar;
a) kompleks kimyoviy qo‘shimchalar;
b) organomineral qo‘shimchalar.
|
| |