kompyuterlarda ma’lumotlar bazasini tashkil etish va saqlashni ta’minlovchi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT);
matnli hujjatlarni avtomatik ravishda bichimlashtiruvchi, ularni tegishli holatda rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muharrirlari;
grafik muharrirlar;
hisoblashlar uchun qulay muhitni ta’minlovchi elektron jadvallar;
taqdimot qilish vositalari, ya’ni tasvirlar hosil qilish, ularni ekranda namoyish etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga mo`ljallangan maxsus dasturlar.Ofis ADT idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta’minlovchi dasturlarni o`z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:
REJA:lovchi yoki organayzerlar, ya’ni ish vaqtini REJA:lashtiruvchi, uchrashuvlar bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, telefon va yozuv kitoblarini olib boruvchi dasturlar;tarjimon dasturlar, ya’ni berilgan boshlang`ich matnni ko`rsatilgan tilga tarjima qilishga mo`ljallangan dasturlar;
skaner yordamida o`qilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga binoan o`zgartiruvchi dasturiy vositalar;tarmoqdagi uzoq masofada joylashgan abonent bilan foydalanuvchi orasidagi o`zaro muloqotni tashkil etuvchi kommunikatsion dasturlar.