1. Shahar yo‘llari va ko‘chalarini mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishidagi o‘rni




Download 452.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana02.03.2023
Hajmi452.02 Kb.
#44079
  1   2   3   4
Bog'liq
Shahar ko‘cha yo‘llarining parametrlarini aniqlash.
BORONALAR VA G\'ALTAKLARNING NAZARIYASI VA HISOBI, 5-sinf Harakatga doir masalalar yechish


Mavzu: Shahar ko‘cha yo‘llarining parametrlarini aniqlash. 
Reja: 
1. Shahar yo‘llari va ko‘chalar 
2. Shahar yo‘llari va ko‘chalarini mamlakat iqtisodiyoti 
rivojlanishidagi o‘rni 
3. Urbanizatsiya jarayoni 
4. Shahar yo‘llari va ko‘chalarining bugungi kundagi xolati. 
5. Shahar ko‘cha yo‘llarining parametrlarini 
Foyfalanilgan adabyotlar . Xulosa 
 
KIRISH 
Xalqlarni bir - biri bilan bog‘lagan karvon yo‘llari bugungi 
kunda avtomagistral yo‘llarga aylandi. SHunday Mag‘ribu-
Mashriqni bog‘lagan yo‘llardan biri dunyoga mashhur Buyuk 
Ipak yo‘lidir. Bu yo‘nalishdagi yo‘l Yevropa qit’asini Osiyoning 
okean sarhadlari bilan bog‘laydigan va xalqaro miq’yosda 
oltin kamar vazifasini bajaruvchi muhim arteriya tomirlaridan 
biri hisoblanadi. Hozirgi kunda bu yo‘l “Transkontinental yo‘l” 
deb nom olgan. Birinchi Prezidentimizning tashabbusi bilan 
“Buyuk Ipak yo‘li”ni qayta tiklash to‘g‘risidagi qonun, 
farmonlarning qabul qilinishi bu transport yo‘lagi bo‘yicha 
xalqaro anjumanlarda qatnashib, shartnomalar, bitimlar 
tuzishga imkon yaratmoqda. Bu o‘z nabatida “Yevropa -
Kavkaz- Osiyo” transport yo‘lagi (TRASEKA)ni rivojlantirish 
bo‘yicha ishlar olib borib, O‘zbekistonning rivojlanishiga hissa 
qo‘shmoqda. Prezidentimiz SH.M. Mirziyoyev Avtomobil 
yo‘llari va sun’iy inshootlarni loyihalashtirish, qurish va 
foydalanish jarayoniga kompleks yondashish asosida yo‘l 
xo‘jaligini boshqarishning samarali tizimini shakllantirish, 
ularni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, 


loyihalashtirish va yo‘l-qurilish ishlari sifatini oshirish imkonini 
beradigan to‘laqonli buyurtmachi xizmatini yaratish 
maqsadida ko‘plab qarorlar imzolandi. Jumladan, 2017-yil 14-
fevralda “Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-4954-sonli 
farmoni, bu farmonning ijrosini ta’minlash maqsadida 
“O’zbekiston Respublikasi Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi 
va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
Respublika yo’l jamg’armasi faoliyatini tashkil etish 
to’g’risida” gi PQ-2776-son qarori, 2017-yil 2-mayda “Loyiha-
qidiruv tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-2946-sonli qarorlari 
keltirish mumkin. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi 
bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi” ning “Ijtimoiy sohani 
rivojlantirish” deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalishida 
belgilangan “…yo‘l-transport, muhandislik- 5 kommunikatsiya 
hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va 
modernizatsiyalash…” chora-tadbirlarini amalga oshirishni 
nazarda tutadi. 2017-yilning 24-dekabridagi O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlisga 
murojaatnomasida “…2018 yilda yangi yo‘llar barpo etish, 
transport-logistika infratuzilmasini yanada rivojlantirish, 
ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, 180 kilometr 
uzunlikdagi temir yo‘llarni qayta tiklash va 200 kilometrdan 
ortiq temir yo‘llarni elektrlashtirish, Toshkent – Urganch – 
Xiva tezyurar poezdi va Toshkent –Samarqand – Buxoro – 
Urganch – Xiva turistik poezdi harakatini yo‘lga qo‘yish, 


Toshkent Janubiy vokzali hamda Xiva yangi vokzalini 
foydalanishga topshirish, Buxoro – Miskin va Qarshi – Kitob 
temir yo‘l yo‘nalishlarini elektrlashtirish va Shahrisabz bilan 
birlashtiradigan yangi temir yo‘l tarmog‘ini qurish, Toshkent 
shahrida Sergeli va Yunusobod metro yo‘nalishlari, 
poytaxtimiz atrofidagi katta halqa yo‘l bo‘ylab harakat 
qiladigan er usti metrosi qurish borasidagi ishlarni 
jadallashtirish, sifatli xizmat ko‘rsatish imkonini beradigan 
zamonaviy infratuzilmalar barpo etish orqali avtomobil 
yo‘llari va temir yo‘l yo‘nalishlarida yirik tranzit xarakatlarini 
tashkil etish…” kabi ustuvor vazifalar belgilab berildi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 
apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2018 yil 5 
iyundagi PQ-3775-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida 
ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga 
oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini 
ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi qarorlari hamda Prezidentimizning 
Reslublikamiz shaharlarida olib borilayotgan qurilish 
ishlari bilan tanishish jarayonida shaharlarni qaytadan 
qurish, yangi yo‘ldosh shaharchalarni barpo qilish, 
shaharlarda yo‘l infratuzilmalarini takomillashtirish, 
shahar yo‘llarida harakat xavfsizligi va qulayligini oshirish 
bo‘yicha bergan topshiriqlarini bajarish uchun shahar 
yo‘llari va ko‘chalarini loyihalash, qurish va ekspluatasiya 
qiladigan yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlarni 
tayyorlashga bo‘lgan ehtiyoj mavjudligi sabab Toshkent 
avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekslluatasiyasi 
ilstitutida 2019/2020 o‘quv yilidan yangi bakalavriatura 


va magistratura ta’lim yo‘nalishlari, sirtqi (maxsus-sirtqi) 
ta’lim mutaxassisliklari bo‘yicha qabul oshganligi, yangi 
o‘quv rejalardagi fanlar sonini ko‘payishi, o‘quv yuklama 
soatlarini oshishini hisobga olgan holda 2019 yilning 30 
avgustdagi institut Kengashining 1-sonli qaroriga asosan 
O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil Yo‘llari Davlat 
Qo‘mitasi Toshkent Avtomobil Yo’llarini Loyihalash, 
Qurish va Ekspluatatsiyasi Instituti Rektorining 31-
avgust 2019 yil №679-sonli “Institut fakultet va kafedra 
tuzilmalariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi buyrug’iga 
asosan ish yuritadi. 
Shahar ko‘chalari tarmoqlarining rejasi 
ishlab chiqarish korxonalari, turar joy mavzelari, jamoat 
binolari, vokzallar, pristanlar, shuningdek, shahar 
tashqarisidagi yo‘llarning tutashishlarini joylashtirish bilan 
belgilanadi.
Eski shaharlarning rejalashtirilishi ijtimoiy, topografik va 
iqlim sharoitlarining ta’sirida tarixan yuzaga kelgan (tarkib 
topgan). Yangi shaharlarni rejalashtirishda aholi uchun eng 
yaxshi qulayliklar yaratishdek asosiy tamoyildan kelib 
chiqiladi. Yangi shaharlarni rejalashtirish, mavjud shaharlarni 
rivojlantirish va qayta qurish kabi, sanoat, transport 
aloqalarini joylashtirishni, turar joy mavzelari uchun eng 
yaroqli uchastkalar tanlashni va yashil massivlar yaratishni har 
tomonlama o‘rganishga asoslanadi. 
Jahon shaharsozligi tajribasida transport infrastrukturasini 
rivojlanganlik darajasini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan 
biri bu – shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘i (KYT)ning zichligi (δ)dir. 
Bu ko‘rsatkich KYT uzunligining shahar maydoniga nisbati 


bilan tavsiflanadi. Shaharning umumiy ko‘cha-yo‘l tarmog‘i 
zichligini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin[3]: 
δ
um
=
L
um
S
(1) 
bu yerda: δ
um 
– shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining umumiy 
zichligi, km/ km
2

L
um
–ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining umumiy uzunligi, km; 
S – shaharning umumiy maydoni, km
2

Shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining umumiy uzunligi 66,7 km ni 
tashkil etadi. Shahardagi barcha ko‘chalarning umumiy maydoni – 
258,54 ga. Urganch shahrining asosiy (jamoat transporti yuradigan) 
ko‘cha yo‘l tarmog‘i uzunnligi-65,6 km. 
Urganch shahridagi barcha ko‘chalarning uzunligini shahar 
umumiy maydoniga nisbatidan – shaharning umumiy ko‘cha-yo‘l 
tarmog‘i zichligi (
δ
um
) kelib chiqadi, ya’ni: 
δ
um
=
66,7
29
= 2,3 km/km
2
(2) 
bu yerda: 
δ
um
– Urganch shahrining umumiy ko‘cha-yo‘l tarmog‘i zichligi; 
L – umumiy ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining uzunligi; 
S – Urganch shahrining umumiy maydoni. 
Huddi shunday, Urganch shahridagi asosiy (jamoat transporti 
qatnaydigan) ko‘chalarning uzunligini [2] shahar umumiy 
maydoniga nisbatidan – asosiy ko‘chalarga nisbatan shaharning 
asosiy ko‘cha-yo‘l tarmog‘i zichligi 

as
) kelib chiqadi: 
δ
as

L
as
S =
65,6
29 = 2,3 км/ km
2
Amaldagi normalar bo‘yicha KYT zichligi ular orasidagi masofa 
0,5-
1,0 km bo‘lgani holda δ
as 
= 2.2-2.4 km/km
2
ni tashkil etadi [2]. 
Bundan ko‘rinadiki, Urganch shahrida hozircha δ
as 
qiymati 
normadan o‘rtacha hisobda 0,1 ko‘p. 
Shaharsozlikda KYT zichligining ko‘rsatkichi yana bir muhim 
faktorga bog‘liq bo‘lib, bu ko‘rsatkich KYTning nochiziqlilik 
koeffitsienti (K
n
)dir. Mazkur koeffitsientning kattaligi shahar 


KYTning sxemasiga bog‘liqdir. Jahon shaharsozligi tajribasidan 
ma’lumki, bu borada eng maqbul sxema – bu diagonalli 
to‘rtburchakli sxema bo‘lib (1-rasm), u AQShning bir qancha yangi 
va kichik shaharlarida amalda qo‘llanilgan. Mazkur sxema 
bo‘yicha K
n
=1.1-1.2. Xalqasimon sxemada bu ko‘rsatkich K
n
= 1.5 
ni tashkil etadi. 
Shahar yo‘llari va ko‘chalari fanining asosiy maqsadi va 
vazifalari – bu shaharlardagi transport muammolari: ko‘cha va yo‘l 
tarmoqlarini kuchli yuklanish bilan ishlashi, shahar yo‘llarida 
transportlarni o‘tkazish qobiliyatini pasayishi, aholini 
avtotransportlardan foydalanishida ko‘p vaqt sarflashi hamda 
shahar hududida yangi yo‘llarni qurish uchun xudud muammolarini 
o‘rganib, taxlil etish va shahar yo‘llari va ko‘chalari tarmog‘ini 
loyihalashda shahar transportining ta’siri, yo‘llardan suvni 
chetlatish tarmoqlarini loyihalash, shahar xududi sharoitlarini 
hisobga olgan xolda muhandislik yer osti tarmoqlarini loyihalash, 
yo‘llarda xavfsiz harakatni tashkil etishdan iboartdir. 
Bugun mustaqil O‘zbekiston uchun xalqaro va mahalliy 
yo‘llarni rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Chunki 
davlatimizning jahon iqtisodiyotiga jadal integratsiyalashish 
jarayoni bevosita yo‘l tizimining samarali ishlashi bilan bog‘liqdir. 
BMT Taraqqiyot dasturi O‘zbekistondagi ekspertlarining fikricha, 
bugungi kunda yuk va yo‘lovchi tashishning asosiy qismi aynan 
avtomobil yo‘llariga to‘g‘ri kelmoqda. Xususan, avtomobil yo‘llari 
orqali yuklarning qariyb 85 foizi, yo‘lovchilarning 95 foizdan 
ortig‘i tashilmoqda. Bu shundan dalolat beradiki, avtoyo‘llar 
mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim o‘rin tutadi. 
Shu bois O‘zbekistonda iste’molchilarni ishonchli, qulay, xavfsiz 
va rentabelli transport aloqasi bilan ta’minlaydigan transport-
kommunikatsiya tarmog‘ini tashkil etish vazifasi muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Shaharlar – madaniy va ilmiy, mehnat va iqtisodiy resurslar 
markazidir. Lug‘atlarda shahar – bu aholi joylashgan markaz bo‘lib, 
aholisi qishloq xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanmaydigan, 
rahbariyat, savdo , ishlab chiqarish va madaniy markazdir. 


Trantsportlarni rivojlantirish nuqtai nazaridan shahar bu – temir 
yo‘l va avtomobil yo‘llari, havo va suv transportlari tugunlari 
joylashgan markazdir. Bu o‘z navbatida qishloq aholisi o‘sishini 
pasayishiga va shahar aholisini o‘sishiga olib keldi. Bunday 
jarayonlarni – urbanizatsiya deb ataladi (fransuzcha urbanization). 
1900 yilda – dunyo shaharlarida 224.4 mln. odam, bu yer sharining 
13.6 % aholisini tashkil etadi, 1990 yilda 2261 mln odam – 41 %, 
hozirda shahar aholisi – 3.5 mlrd.ni tashkil etadi. 
Shahar aholisi, ayniqsa, 1973-1986-
yillarda tez koʻpaygan. 
Bunga 1972-
yilda Oʻzbekistonda aholi yashaydigan joylarga 
shahar maqomini berish uchun zarur boʻlgan demografik 
meʼyorning oʻzgarishi, yaʼni aholi sonining 10 mingdan 7 ming 
kishiga tushirilishi sabab boʻldi. Natijada bir-yilda oʻnga yaqin 
qishloqlar shahar toifasiga oʻtkazil di. Mas., 1970-yilda 
respublikada 42 ta shahar boʻlgan boʻlsa, ular qatoriga 1973-yilda 
13 ta, 1974-yilda 9 ta, 1975-yilda 5 ta, 1976-yilda 6 ta, 1977-yilda 
5 ta „yangi shahar“ qoʻshildi. 
Biroq, shaharlar sonining bunday tez surʻatlarda koʻpayishi 
haqiqiy urbanizatsiya emas, koʻproq „soxta“ urbanizatsiyaga olib 
keldi. Shaharlar sonining koʻpayishi 20-asrning 90-yillarida keskin 
qisqardi va eng soʻnggi-yillarda yangi shaharlar deyarli tashkil 
topmadi. hoz. Toshkent viloyatida 34 ta, Qoraqalpogʻistonda 29 ta, 
Samarqand viloyatida 23 ta shahar va shaharchalar mavjud. 
Ularning eng kam soni Sirdaryo viloyatida 11 ta va Xorazm 
viloyatida 10 ta, Buxoro viloyatida 14 ta va Navoiy, Surxondaryo 
va Jizzax viloyatlarida 15 tadan, Andijon va Qashqadaryoda 16 
tadan, Namangan viloyatida 20 ta va Fargʻonada 19 ta shahar va 
shaharchalar bor (2005). 
Urbanizatsiya faqatgina shahar va shaharchalarning umumiy 
soni bilan emas, balki koʻproq shaharlar aglomeratsiya sining 
rivojlanganligi bilan belgilanadi. Oʻzbekistonda 2005-yil 
maʼlumotiga koʻra 17 ta yirik shahar bor. Ular orasida Toshkent sh. 
keskin ajralib turadi. Aholisining soni 2128 mingdan ortiq boʻlgan 
poytaxt shaharning respublikadagi urbanizatsiya jarayoniga 
boʻlgan taʼsiri benihoya katta. Shu tarzda Oʻzbekistonda 


urbanizatsiya jarayoni Toshkent sh., katta va oʻrta shaharlarga 
bogʻliq holda amalga oshmoqda. Yirik shaharlar negizida 
shaharlarning murakkab hududiy tizimi shahar aglomeratsiyalari 
vujudga kelg
an boʻlib, ular urbanizatsiya rivojlanishining muhim 
koʻrsatkichi sifatida xizmat qiladi. Mas., Toshkent aglomeratsiyasi 
30 ga yaqin shahar va shaharchalarni birlashtiradi. `Shuningdek, 
FargʻonaMargʻilon, Samarqand, Namangan, buxoro, Andijon, va b. 
aglomeratsiyalar ham rivojlanib bormoqda. 
Respublikada 2020-2025 yillarda “yo'ldosh-shaharlar”ni 
rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi belgilanishi rejalashtirilgan. 
Respublikamizdagi yirik shaharlarning tabiiy-iqtisodiy 
salohiyatidan kelib chiqib va ulardagi yuqori demografik holat 
sabab yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarga shaharsozlik hamda 
urbanizatsiya tamoyillari asosida echimlarni shakllantirish 
belgilangan. SHu maqsadda, quyidagi shaharlarga “yo'ldosh-
shaharlar” maqomi berish rejalashtirilgan: 
1. Andijon shahri uchun SHahrixon va Asaka shaharlari; 
2. Namangan shahri uchun To'raqo'rg'on va CHortoq 
shaharlari; 
3. Farg'ona shahri uchun Mindon shaharchasi; 
4. Samarqand shahri uchun CHelak va Urgut shaharlari; 
5. Buxoro shahri uchun Gala-Osiyo shahri
6. Qarshi shahri uchun Koson va Xonabod shaharlari; 


7. Nukus shahri uchun Xo'jayli va Tahiatosh shaharlari. 
Bugungi kunda avtomobil yoʻllarining xizmat muddatini 
oshirish, buning uchun yoʻl tuzilmalarida innovasion yoʻl qurilish 
materiallarini joriy etish va qurilish texnologiyalarini 
takomillashtirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Ushbu 
masalalar “2020-
2030 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining 
avtomobil yoʻllarini rivojlantirish strategiyasi” asosini tashkil 
qiladi. 
2030 yilgacha avtomobil yoʻllarini rivojlantirish strategiyasini 
amalga oshirishda mavjud avtomobil yoʻllari tarmogʻining 
transport-ekspluatasion sifatlarini oshirish, harakat qulayligi va 
xavfsizligini taʼminlash yechimlari ishonchliligini oshirish dolzarb 
vazifalardan hisoblanadi. 
Bugungi kunda respublikada jami 209 496 km avtomobil 
yo‘llari mavjud. 


Avtomobil yo‘li — transport vositalari harakatlanishi uchun 
mo‘ljallangan, ularning belgilangan tezlikda, og‘irlikda, 
o‘lchamlarda muttasil va xavfsiz harakatlanishini 
ta’minlaydigan muhandislik inshootlari majmuasi, shuningdek 
ushbu majmuani joylashtirish uchun berilgan yer uchastkalari 
va majmua ustidagi belgilangan doiradagi bo‘shliq. 
O‘zbekiston Respublikasida bugungi kunda 98 % ga yaqin 
yo‘lovchilar va 88 % dan ko‘proq yuklar avtomobil yo‘llari 
orqali tashilmoqda. Avtomobil yo‘llari Respublika 
iqtisodiyotini tayanchi va uni rivojlantirishning asosiy ustivor 
yo‘nalishlardan hisoblanadi. Respublika iqtisodiyotini 
rivojlantirish bevosita avtomobil yo‘llari tarmog‘ini 
rivojlantirish bilan bog‘liqdir. Rivojlangan davlatlar 
iqtisodiyotni rivojlantirish uchun birlamchi masala sifatida yo‘l 
tarmog‘ini belgilashgan. Bugungi kunda dunyoning birinchi 
iqtisodiyoti hisoblangan AQSHda 6586610 km yo‘l tarmog‘i, 
ikkinchi bo‘lgan Xitoyda 4356200 km yo‘l tarmog‘i, rivojlangan 
Yaponiyada 1210251 km yo‘l tarmog‘i mavjuddir. Yaponiya 
yo‘l tarmog‘i zichligi 3,2 km/km2 ni tashkil qiladi, agarda 
hududi Yaponiyaga nisbatan 1,19 marta katta bo‘lgan 
O‘zbekiston bilan solishtirsak, O‘zbekistonda 184000 km yo‘l 
tarmog‘i mavjud, uning zichligi 0,40 km/km2 ni, yaʼni 
Yaponiyaga nisbatan 8 marotaba kamdir. O‘zbekistonda 
avtomobil yo‘llari tarmog‘ining ekspluatatsion holatining 
qoniqarsizligi sababli transport-ekspluatatsion xarajatlar 
oshishib bormoqda va bu yo‘qotishlar YAIM ning 1% ga 
yaqindir. Bugungi kunda avtomobil yo‘llari sohasida 6500 ga 
yaqin muhandis-texnik xodimlar ishlaydi, shundan 30 % ga 
yaqini yo‘l sohasi mutaxassisligiga ega emas. Hozirda 
avtomobil yo‘llari sohasi uchun kadrlar tayyorlash, ularni 
malakasini oshirish va qayta tayyorlash dolzarb masaladir. 
Hozirda 10 ga yaqin Prezident farmon va qarorlaridagi 
avtomobil yo‘llari tarmog‘ini tubdan yaxshilash, rivojlantirish 
va takomillashtirish uchun avtomobil yo‘llari sohasiga yuqori 
malakali va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, 


sohadagi muhandis-texnik xodimlarni zamonaviy talablar va 
ilg‘or xorijiy tajribalar asosida malakasini oshirish va ularni 
qayta tayyorlash, avtomobil yo‘llari sohasida ilmiy-tadqiqot 
ishlarini rivojlantirish vazifalarini ijrosini taʼminlash bugungi 
kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Buning uchun 
Toshkent davlat transport umiversiteti tarkibida “Avtomobil 
yo‘llarini qurish va ekspluatatsiya qilish” kafedrasi faoliyat 
yuritishi juda muhimdir. Hammamizga birday maʼlumki, 
barcha muammolarni mutaxassis kadrlar hal qiladi. 1956-yili 
O‘rta Osiyo Politexnika institutining (hozirgi I.Karimov 
nomidagi TDTU) “Qurilish fakulteti” tasarrufida “Avtomobil 
yo‘llari” mutaxassisligi ochildi va 1958 yili “Avtomobil yo‘llari” 
kafedrasi tashkil etildi. 1971 yili “Avtomobil yo‘llari” kafedrasi 
ikkiga ajralib: “Avtomobil yo‘llarini qidirish va loyihalash” va 
“Avtomobil yo‘llarini qurish texnologiyasi va ekspluatatsiyasi” 
kafedralari faoliyat ko‘rsata boshladi. 1972 yilda Toshkent 
avtomobil yo‘llar instituti tashkil etildi. 1994 yildan boshlab 
“Avtomobil yo‘llarini qidirish va loyihalash” va “Avtomobil 
yo‘llarini qurish texnologiyasi va ekspluatatsiyasi” kafedralari 
birlashtirilib “Avtomobil yo‘llari” kafedrasi faoliyat ko‘rsatdi. 
1995 yilda “Aerodromlar va aeroportlar” kafedrasi tashkil 
etildi. 2005 yil “Avtomobil yo‘llari” va “Aerodromlar va 
aeroportlar” kafedralari birlashtirilib, “Avtomobil yo‘llari va 
aerodromlar” kafedrasi tashkil etildi. 2013 yil 2 sentabrdan 
“Avtomobil yo‘llari va aerodromlar” kafedrasi ikkita kafedraga 
ajratilib, “Avtomobil yo‘llari va aerodromlarni loyihalash” va 
“Avtomobil yo‘llari va aerodromlarni qurish, ekspluatatsiya 
qilish” kafedralari tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2016 yil 26 avgustdagi “Avtomobil yo‘llarini 
loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi sohasida kadrlar 
tayyorlashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
PQ-2580-son qarori hamda ushbu qarorni ijrosini ta’minlash 
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus 
ta’lim vazirligining 2016 yil 29 avgustdagi 362 sonli buyrug‘i 
bilan Toshkent avtomobil yo‘llar instituti qayta tashkil etilib, 


Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va 
ekspluatatsiyasi instituti tashkil etildi. 

Download 452.02 Kb.
  1   2   3   4




Download 452.02 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Shahar yo‘llari va ko‘chalarini mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishidagi o‘rni

Download 452.02 Kb.
Pdf ko'rish