1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]




Download 2.03 Mb.
bet1/24
Sana21.09.2022
Hajmi2.03 Mb.
#26189
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
PF-122 27.04.2022
axborot va jamiyat taraqqiyoti, Шифрлаш усули, PF-60 28.01.2022 (1), 013 Мавзу 8 маш.3-4, O`qning otilishi,teshib o`tishi va jarohatlashi, travel by car, щяиул ешд, Bat 6-MT



[OKOZ:

1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni o‘tash]

[TSZ:

1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Bojxona ma’muriyatchiligini yangi bosqichga olib chiqish, bojxona va yuk operatsiyalarini raqamli transformatsiya qilish orqali inson omilini keskin qisqartirish, bojxona sohasini ochiqlik, shaffoflik hamda ishonchlilik tamoyillari asosida korrupsiyadan holi tizimga aylantirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
2022-yilda bojxona organlari infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;
2022-2023-yillarda bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
Davlat bojxona qo‘mitasi tizimidagi faoliyati tugatilayotgan bojxona postlari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) 2022-yil 1-sentabrdan boshlab xavf darajasi past bo‘lgan bojxona yuk deklaratsiyalarini bosqichma-bosqich inson omilisiz avtomatik ravishda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish hajmi oshirib boriladi, 2023-yil 1-yanvarga qadar eksportda ushbu ko‘rsatkich 80 foizga yetkaziladi;
b) 2022-yil 1-iyulga qadar “Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti”da, 2022-yil 1-oktabrga qadar “Termiz” xalqaro aeroporti”da hamda 2023-yil yakuniga qadar respublikaning qolgan barcha xalqaro aeroportlarida “Samarqand” xalqaro aeroporti” tajribasi asosida joriy etiladi;
v) 2022-yil 1-dekabrdan boshlab:
bojxona ko‘rigi jarayonlarini qamrab olgan mobil elektron tizim ishga tushiriladi;
bojxona xizmatlari to‘liq raqamlashtirilgan holda, “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar soni 40 taga yetkaziladi.
3. Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Davlat bojxona qo‘mitasi bir oy muddatda temir yo‘l orqali keladigan tovarlar bo‘yicha ma’lumotlarni oldindan elektron almashish tizimini to‘liq yo‘lga qo‘ysin.
4. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi mazkur Farmonning 1-2-ilovalarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni Davlat budjeti hisobidan moliyalashtirish uchun zarur mablag‘lar:
2022-yilda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish ishlarini boshlash uchun joriy yil O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida II va III chorak yakunlari bilan o‘zlashtirilmagan va tanlov (tender) savdolari natijasiga ko‘ra iqtisod qilingan mablag‘larni qayta taqsimlash hisobiga ajratilishini;
2023-yil va kelgusi yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishda inobatga olinishini ta’minlasin.
5. Davlat bojxona qo‘mitasining mazkur Farmonga 4-ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi Bojxona organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
2022-yil 1-iyunga qadar kadrlarni ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tanlash hamda tanlov jarayonlarining natijalari Internet tarmog‘i orqali real vaqt rejimida e’lon qilib borilishini ta’minlash;
2022-yil 1-iyuldan bir bojxona postida uch yildan ortiq xizmat o‘tagan xodimlarni rotatsiya qilish tartibini joriy etish;
2022-yil 1-sentabrga qadar xalqaro standartlarga muvofiq komplaens nazorat tizimini to‘laqonli ishga tushirish hamda ushbu tizim bo‘yicha xodimlarning bilim va malakasini oshirib borish;
2022-yil 1-oktabrga qadar bojxona yuk deklaratsiyalarini “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postlarida rasmiylashtirish tartibini joriy qilish;
2022-yil 1-dekabrga qadar bojxona organlarida korrupsion xavflarni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimini yaratish;
2023-yil 1-yanvardan boshlab bojxona organlari xodimlarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash amaliyotini bosqichma-bosqich joriy etish.
6. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxonov) 2023-yil 1-yanvarga qadar:
Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan olib borilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini muntazam ravishda reyting baholashdan o‘tkazib borsin;
reyting baholash natijalariga ko‘ra, bojxona organlarida korrupsiyaning oldini olish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ularning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan qo‘shimcha tadbirlarni amalga oshirsin.
7. Davlat bojxona qo‘mitasi raisi, uning o‘rinbosarlari va hududiy boshqarmalar rahbarlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari muammolarini o‘rganish va ularga amaliy yordam berish maqsadida har oyda kamida ikki marotaba joylarga chiqqan holda uchrashuvlar tashkil etish amaliyotini yo‘lga qo‘yilsin.
8. 2022-yil 1-dekabrdan boshlab, bojxona organlari xodimlari faoliyatini quyidagilarni nazarda tutgan holda reyting asosida baholash orqali ularni Davlat bojxona qo‘mitasining maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirish tizimi joriy etilsin:
baholash jarayonlarini axborot tizimlari orqali har yarim yil yakuni bo‘yicha amalga oshirish;
reyting natijalariga ko‘ra yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan xodimlarga keyingi baholash yakunlari e’lon qilingunga qadar lavozim maoshining 100 foizigacha miqdorda har oylik qo‘shimcha ustama to‘lash.
9. Bojxona organlari xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, odob-ahloq qoidalari va IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qitish reja-jadvali 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
10. Davlat bojxona qo‘mitasi:
2022-yil 1-iyunga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bojxona organlari xodimlari uchun hududlarda xizmat uylarini qurish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
2022-yil 1-sentabrga qadar kontrabanda hamda boshqa qonunbuzarlik holatlarini aniqlagan va yuritgan, shuningdek, undirilgan qo‘shimcha bojxona to‘lovlarini aniqlagan bojxona xodimini rag‘batlantirishning shaffof tizimini joriy etsin;
2022 — 2024-yillarda bojxona organlari tizimida ayol xodimlar ulushini kamida ikki baravar oshirish choralarini ko‘rsin.
11. Davlat bojxona qo‘mitasi va Moliya vazirligining bojxona to‘lovlarini kamaytirish bilan bog‘liq bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan shaxslar uchun qo‘llaniladigan jinoiy va ma’muriy jarimalarni yetkazilgan zarar miqdoridan kelib chiqqan holda belgilash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Davlat bojxona qo‘mitasi Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud va Adliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-avgustga qadar bojxona to‘lovlarining kamayishiga olib kelgan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi uchun jarimalarni yetkazilgan zarardan kelib chiqib belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
12. Davlat bojxona qo‘mitasi va Moliya vazirligining Davlat bojxona qo‘mitasi huzurida “Bojxona-servis” davlat muassasasi hamda uning hududiy bo‘limlarini (keyingi o‘rinlarda — “Bojxona-servis”) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Davlat bojxona qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda “Bojxona-servis” faoliyatini tashkil etish hamda uni moliyalashtirish manbalarini belgilashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda, bojxona organlari tomonidan olib qo‘yilgan tovar-moddiy boyliklarni saqlash va realizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan bino va inshootlarni ajratish masalasi nazarda tutilsin.
13. Mazkur Farmonning 1 va 2-ilovalari doirasida respublikaga olib kelinadigan qurilma va uskunalar, shu jumladan server va kompyuter texnikalari, dasturiy mahsulotlar, apparat-dasturiy komplekslar, o‘quv va laboratoriya uskunalari, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar 2026-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod etilsin.
14. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida ushbu Farmonning mazmun-mohiyatini ochib berish bo‘yicha materiallar, eshittirishlar va tematik teledasturlar e’lon qilinishini tashkil etsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 6-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlari 7-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
17. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Davlat bojxona qo‘mitasi raisi A.Y. Mavlonov belgilansin.
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 27-aprel,
PF-122-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-son Farmoniga
1-ILOVA

Download 2.03 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Download 2.03 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]

Download 2.03 Mb.