1 Tavakkalchilik va xavf-xatar turlari. Tavakkalchilik tushunchasi «uzoq mulohaza qilib o’tirmay, nima bo’lsa bo’lar, yo ostidan yo ustidan zaylida qilingan harakat ma’nosida»




Download 27.44 Kb.
bet3/4
Sana10.01.2024
Hajmi27.44 Kb.
#134375
1   2   3   4
Bog'liq
1 Tavakkalchilik va xavf xatar turlari Tavakkalchilik tushuncha
fhdslfsdn, fhdslfsdsdan, fhdslfsdsdasdn, fhdslfsdsadassdasdn, fhdslfsdsadaasdasdssdasdn, Ekonometrika Prezintatsiya, Toshkent Moliya Instituti, 4-mavzu Pedagoglik kasbi rivojlantirishda Ustoz-shogird an’anal, 12. ИД МИБИ МТ 2022 2023 (сиртки), Geomexanika fanining predmeti va asosiy vazifalari., Reference-458231101502 (1), 1, Oz betinshe Komponent, Savollar Iqtisodiyot nazariyasi fanidan, 7-ma’ruza mavzu Avtomatik rostlashning nazariy va texnik elemen-fayllar.org
3 Tavakkalchilikni boshqarish.
Aksariyat hollarda iqtisodiy baholashlar va boshqaruv qarorlari ko’p variantli bo’lib, ehtimollik xarakteriga ega. Shu sababli xato va yanglishishlar bu jarayonda tabiiy bo’lganda ham, baribir noxush holdir. Shunday sharoitda menejer:
• tavakkalchilikdagi xavf ehtimolini;
• u xavf darajasi pasaytirish choralarini;
• ehtimol qilinayotgan zararni qoplash yo’llarini oldindan hisob-kitobini qilishi lozim. Tavakkalchilikni boshqarishning mohiyati ham ana shunda.

Tavakkalchilikni boshqarishdan maqsad — bu korxonani faqat bankrotliqdan saqlab qolish emas, balki qanday sharoitda bo’lsa ham foydani minimal darajadan past bo’lishiga yo’l qo’ymaslikdir.


Boshqarishdagi xato va yanglishishlar, bankrot bo’lishning asosiy sabablaridan bo’lib hisoblanadi. Buni xalqaro biznes tajribasi tasdiqlamoqda. Shuning uchun ham menejer va tadbirkor tavakkalchilikni boshqarish samaradorligiga juda katta ahamiyat bermoqliklari lozim.
Bu o’rinda menejer oldidagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
• yuqori xavf sohasini bilib olish;
xavf darajasini baholash;
• tadbirlarni ishlab chiqish va ularni qo’llash;
• xavfni tahlil qilish va ogohlantirish.

Amaliyotda quyidagi sabablar oqibatida yuqori darajadagi xavflarning tug’ilish hollari uchraydi:


• noto’g’ri qarorlar qabul qilinganda;
• bo’ysunuvchilarning topshiriqlarni qoniqarsiz bajarganlarida;
• bajaruvchilarni noto’g’ri tanlashda;
• marketing istiqbolini aniqlashda xatoga yo’l qo’yilganda;
• rahbariyatning menejer taklifini qat’iy rad etgan hollarda.

Zarar ko’rish xavfini kamaytirish yoki uning oldini olish uchun quyidagi tadbir-choralarni amalga oshirish lozim


Tavakkalchilikni boshqarish.


Zarar ko’rish xavfini kamaytirish maqsadida tavakkalchilikning o’zi quyidagi muhim belgilar bo’yicha guruhlanadi.
1. Ob’yektga qarab:
• umumiy tavakkalchilik (bu korxonaning umumiy faoliyatiga xavf turdiradi)
• maxsus tavakkalchilik.
2. Ishlab chiqarish omiliga qarab:
• xomashyo tavakkalchiligi (miqdoriy, sifat, muddati bo’yicha);
uskunalar, energiya, xodimlar, kapital tavakkalchiligi.
3. Mahsulotni shplab chiqarish, uni saqlash jarayoniga qarab:
• ishlab chiqarishdagi tavakkalchilik (ishlab chiqarish usuli, yaroqsiz mahsulotni ishlab chiqarish xavfi va boshqalar);
• tadqiqot va ishlanmalar tavakkalchiligi;
• saqlashdagi tavakkalchilik.
4. Mahsulotni baholashga qarab:
• sotishdagi tavakkalchilik;
• baholashdagi tavakkalchilik;
• to’lashdagi tavakkalchilik;
• kafolat bo’yicha tavakkalchilik.
5. Sug’urtalashshshga qarab:
• sug’urtalanadigan tavakkalchilik (buni sug’urta fondidan qoplash mumkin);
• sug’urta qilinmaydigan tavakkalchilik (buni sug’urta fondidan qoplash mumkin emas),

Bunday guruhlash xavf oldini olish va uni kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish


uchun juda qo’l keladi.
Tavakkalchilikning maqsadga muvofiqligiga baho berish uchun eng avvalo ehtimol qilinayotgan, xavf darajasiga qarab tavakkalchilikning tayin zonalarini ajratib olish zarur.
Zarar kutilmaydigan, yani xo’jalik faoliyatining natijasi ijobiy bo’lgan zona xavfsiz zona deb ataladi.
Yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xavf zonasi deganda, ehtimol (tavakkal)

qilinayotgan zarar kutiladigan foydadan ko’p bo’lmagan zona tushuniladi. Shunda tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq deb topiladi. Yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xavf zonasining chegarasi quyidagicha ko’rinishda bo’ladi:
Zarar darajasi ko’lami ____ = Hisoblangan foyda darajasi, ko’lami
Jiddiy (keskin) xavf zonasi deganda, ehtimol (tavakkal) qilinayotgan zarar nafaqat kutiladigan foyda, shuningdek hisoblangan naqd pul daromaddan ham ko’p bo’lgan zona tushuniladi, ya’ni jiddiy xavf zonasining chegarasi quyidagicha bo’ladi:
Zarar darajasi, ko’lami __ > ___ Jami xarajat _ + _____ Foyda
Boshqacha qilib aytganda, bu yerda tadbirkor nafaqat hyech qanday foyda olishni, shuningdek barcha ishlab chiqarish xarajatlari miqdorida to’rridan-to’g’ri zarar ko’rishgacha tavakkal qiladi.
Fojiali xavf zonasi deganda ehtimol (tavakkal) qilinayotgan zararning jiddiy xavf zonasini o’z domiga tortib, uvdan oshib korxonaning xususiy kapitaliga teng bo’lgan zona tushuniladi, ya’ni bunday xavf zonasining chegarasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
Zarar darajasi ko’lami ____ = _____ xususiy kapital
Bunday tavakkalchilik oqibati korxonani yoki tadbirkorni bankrotlikka va yemirilishga olib keladi. Fojiali xavf tadbirkor hayoti, uning sog’lig’iga xavf tug’dirishi mumkin.
Tavakkalchnlik egri chizig’i deganda ehgimol qilinayotgan zarar bilan kutiladigan foyda o’rtasidagi bog’lanishni ifodalovchi egri chiziq tushuniladi. Tavakkalchilikni boshqarish faoliyati menejment sohasida eng tez rivojlanib borayotgan professional faoliyat hisoblanadi. G’arb firmalarining shtatida aynan shu xavfni kamaytirishga javob beruvchi tavakkalchilik bo’yicha lavozim mavjud (tavakkalchi-menejer). Ular firma rahbarlari bilan bir qatorda xavf-tavakkalchilik bo’yicha qabul qilinadigan qarorlarda qatnashadilar va uning oqibati uchun bab-baravar javob beradilar. Tavakkalchilikni boshqarish quyidagi faoliyatlarni o’z ichiga oladi:
Tavakkalchilikni aniqlash, tahlil qilish va uning darajasini baholash;
• Tavakkalchilikni ogohlantiruvchi tadbirlarni ishlab chiqish, uni minimallashtirish va sug’urtalash tadbirlarshi belgilash;
• Tavakkalchilik oqibatda ko’rilgan zararlarni qoplash va korxonani tiklash yo’lini izlash.

Tavakkalchilikni boshqarishda asosan ikki usul qo’lla-niladi:


• Tavakkalchshshkni ogohmgntirish va uni chegaralash usuli.


• Zararni qoplash usuli.
Tavakkalchilikni pasaytirish usullari quyidagilardan iborat:
• Qaror qabul qilish muqobillarini va tavakkalchilik darajasini obdon ekspertizadan o’tkazish.
• Tavakkalchilikning muayyan darajasini belgilash (limitlash), ya’ni muayyan qarorni qabul qilish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar summasini o’rnatish.
• Qarzdorning majburiyatlarini bajarishini ta’minlash uchun turli-tuman kafolat va qarz operasiyalaridan foydalanish.

Tavakkalchilikni diversifikasiyalash, ya’ni:


• korxona kapitalini turli faoliyatlarga investitsiyalash (12 tadan kam bo’lgan kompaniya tavsiya etiladi);
• turli ko’rinishdagi qimmatli qog’ozlarga investitsiya qilish (8—20 ko’rinish ma’qul son hisoblanadi);
• investitsiya portfeli tarkibini optimallashtirish (1/3 katta firmalar, 1/3 o’rta va 1/3 kichik);
• tovar yetkazib beruvchilar (kamida ikkita, agar 3-4 ta bo’lsa, yanada yaxshi bo’lardi) ko’paytirish;
• bozorning bir qancha segmentlariga tovar va xizmatlarni sotish, ya’ni iste’mollar kategoriyalari, mijozlar va turli regionlarni qamrab olish;
• qadrli mollarni turli joylarga saralash va hokazo;
yuqori darajadagi foyda olish, tavakkalchilik xavfini oshirib yuborishini nazarda mo’ljal olish;
• kutilishi mumkin bo’lgan zarar oldini olish va uni aniqlashning samarali nazorat qilish tizimini qo’llash.

Ikkinchi usul, ya’ni zararni qoplash uchun quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:


• maxsus zahira va sug’urta fondlarini tashkil qilish;
• tavakkalchilikni sug’urta tashkilotlarida sug’urta qildirish.

Download 27.44 Kb.
1   2   3   4




Download 27.44 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1 Tavakkalchilik va xavf-xatar turlari. Tavakkalchilik tushunchasi «uzoq mulohaza qilib o’tirmay, nima bo’lsa bo’lar, yo ostidan yo ustidan zaylida qilingan harakat ma’nosida»

Download 27.44 Kb.