|
-modda. Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish
|
bet | 2/5 | Sana | 18.03.2023 | Hajmi | 41.28 Kb. | | #45980 |
Bog'liq hayot faoliyati R5-modda. Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish
Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi.
6-modda. Jamoat birlashmalarining mehnatni muhofaza qilish muammolariga oid qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilishda ishtirok etishi
Korxonalar, mutaxassislar, fuqarolar mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal etish uchun O‘zbekiston Respublikasining jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq amal qiladigan jamoat birlashmalariga uyushishlari mumkin.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari, nazorat qilish idoralari, shuningdek korxonalar bu birlashmalarga har tomonlama yordam va madad ko‘rsatadilar hamda mehnatni muhofaza qilishni ta’minlash masalalari bo‘yicha qarorlar tayyorlash va qabul qilishda ular ishlab chiqqan nizomlar va tavsiyalarni hisobga oladilar.
7-modda. Mehnatni muhofaza qilishga oid xalqaro shartnomalar
O‘zbekiston Respublikasi korxonalari va fuqarolari xalqaro shartnomalar va bitimlar asosida ishlarni bajarayotganlarida, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ularda ko‘zda tutilgan talablar agar o‘zgacha shartlashilmagan bo‘lsa, ushbu Qonunga, O‘zbekiston Respublikasining mehnat to‘g‘risidagi qonunlariga muvofiq qo‘llanadi.
O‘zbekiston Respublikasi korxonalarida ishlayotgan chet el fuqarolari uchun mehnatni muhofaza qilish masalalariga doir munosabatlarni tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari manfaatdor tomonlarning o‘zaro bitimlari bilan belgilab qo‘yiladi.
II BO‘LIM. MEHNATNING MUHOFAZA QILINIShINI TA’MINLASh
8-modda. Mehnat muhofazasini me’yoriy ta’minlash
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda mehnatni, atrof-muhitni muhofaza qilishning ilmiy asoslangan standartlari, qoida va me’yorlarini ishlab chiqish va qabul qilish yo‘li bilan ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan talablar darajasini belgilaydi, shuningdek kasaba uyushmalari bilan kelishilgan holda mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar, kasb kasalliklarining oldini olishga oid respublikaning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini ishlab chiqadi va moliyaviy ta’minlaydi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi.
Vazirliklar va idoralar tegishli kasaba uyushmasi idoralari bilan kelishilgan holda mehnat sharoitlarini yaxshilashga oid tarmoq dasturlarini ishlab chiqadilar va moliyaviy ta’minlaydilar.
Korxona ma’muriyati, yollovchi, mulkdor yoxud ular vakolat bergan boshqaruv idorasi korxonada mehnatni muhofaza qilish standartlari, qoida va me’yorlarining talablari, shuningdek jamoa shartnomasida ko‘zda tutilgan majburiyatlar bajarilishini ta’minlaydi.
Yongʻin-portlash xavfi mavjud boʻlgan obyektlardagi favqulodda vaziyatlar va ularda aholi harakati. Statsionar oʻt oʻchirish vositalari
Yong’inning oldini olish chora tadbirlari: -tashkilot va muassasalarda doimiy ravishda tekshiruvlar o’tkazish, yong’in chiqishi portlashlarga sabab bo’ladigan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish; -qurilish me'yorlari va qoidalari, davlat standartlariga doir maxsus ko’rsatmalarni so’zsiz bajarish; -yong’indan muhofaza qiluvchi idoralaming xodimlari bergan ko’rsatmalami bajarish, eng asosiysi yong’inga olib keluvchi vaziyatlami maxsus kuchlar tomonidan birinchi marta bartaraf etish boyicha qilinadigan ishlami bajarish; -muntazam tarzda davlat maxsus tekshimv idoralari tomonidan ko’rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish va ularga yo’l qoymaslik; -yong’inni bartaraf etish chora-tadbirlarini bilish, qolaversa, yong’inni o’chirish uchun ldaqiqada bir piyola, 2-daqiqada bir chelak suv yetarli bo’lishini, 3 daqiqada esa bir sistema suv ham yetmay qolishi mumkinligini yodda saqlang; -muntazam ravishda aholini yong’innig oldini olish chora-tadbirlarini bajarishga va boshqalardan ham talab qilishga o’rgatishdan iborat; Hozirgi paytda sanoat korxonalarida yonish xavfming kamayishi borasida birmuncha ishlar amalga oshirilgan, yong’in chiqish xavfi kamaytirilgan va butunlay xavfsiz ishlaydigan elektr uskunalari qo’llanilmoqda Sanoat korxonalari bino va inshootlari tarkibidan yonuvchi qurilish materiallarini siqib chiqarilmoqda. O’t o’chirishning mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan sistemalari kengroq qo’llanilmoqda. Yirik ob'ektlami yong’indan muhofaza qilish tadbirlari:
1. Avtomatik signalizatsiya o’matish.
2.Qdrantlar o’matish.
З.О’t o’chirgichlar sonini ko’paytirish. Texnologik jarayonlar va texnik uskunalar o’z faoliyati davomida ma'lum miqdorda atrof muxitga hamda ishchi xodimlarga o’zini salbiy ta'sirini ko’rsatishi 103 mumkin. Bunday hollami oldini olish maqsadida ishlab chiqarishda chiqindi chiqmaydigan hamda atrof-muhitga zarar etkazmaydigan zamonaviy uskunalami hamda texnologik yangiliklami joriy qilish kerak. Bizga ma’lumki, yong’in va portlashlar o’zaro uzviy bog’liqligi sababli barcha tashkilotlarda sodir bo’ladigan yong’inlar natijasida portlashlar ham bo’lishi mumkin yoki aksincha portlash natijasida yong’inlar sodir bo’lishi mumkin.
Respublikamiz hududida yiliga taxminan 15-17 dan ziyod portlashlar sodir bo’ladi. Bu portlashlar asosan aholi yashaydigan xonadonlarda gazdan noto’g’ri foydalanish oqibatida sodir bo’lib, bular xonadonlardagi portlashlar deyiladi. Ulaming asosiy kelib chiqish sabablari gaz bilan ishlash tartib-qoidalariga rioya qilmaslikdir. Bu borada 1998 yil davomida xonadonlarda 50 dan ziyod portlashlar sodir bo’lgan, oqibatda fuqarolar nobud bo’lganlar, o’nlab odamlar turli tan jarohatlari olishgan, shuningdek, 1998 yilda Shatlik-Xiva, Muborak-Zarbuloq yuqori bosimdagi gaz quvurlarida nosozlik tufayli portlash sodir bo’lib, ko’plab 104 fuqarolarimiz nobud bo’lgan va tan jarohatlari olishgan. Aytilganlardan ko’rinib tunbdiki. yong’in va portlashlar qo’qqisdan sodir bo’ladi va ko’plab odamlaming o’lirnigayoki og’irtan jarohati olishiga olib keladi.
Shok holati, uning turlari va ichki qon ketishda birinchi yordam. Ezilish sindromi.
Shok, odatda, keng ko'lamdagi ichki yoki tashqi qon ketishi natijasida sodir bo'ladi, chunki bu aylanayotgan qon miqdori kamayishiga olib keladi, natijada hayotiy muhim organlarga kislorod yetib borishi kamayadi. Organizmdagi suyuqlikni boshqacha yo'qotish, masalan, ich ketishi, qayt qilish yoki keng ko'lamda kuyish ham shokka olib keladi. Shok hayot uchun xavfli holat bo'lib, o'limgaham sabab bo'lishi mumkin. Shokning belgilari va alomadari. Shokda qattiq, ichki yoki tashqi qon ketishida kuzatiladigan belgi va alomatlar, ya'ni terining rangparligi, sovib ketishi va nam bo lib qolishi, behollik, bezovtalik, og’iz qurishi, tashnalik, nafas olish tezlashishi, miyaning chalg’ishi, hushsizlik kuzatiladi. Jabrlanuvchiga birinchi yordam ko'rsatish uchun shokni keltirib chiqargan sababni bilish yoki qon ketishini ko'rish shart emas. Shokda birinchi yordam ko'rsatish. Har qanday vaziyatda ham birinchi yordam ko'rsatishning asosiy qoidalariga rioya qilinadi. Ya'ni:
1. Jabrlanuvchining normal tana haroratini saqlash uchun uning ustiga ko'rpa yoki palto yopib, undan yotishni iltimos qilinadi (boshi tanasi bilan bir tekislikda joylashgan bo'lishi kerak).
2. Hayotiy muhim organlarga qon oqimini yaxshilash uchun oyog’ini tanadan 30 sm yuqoriga ko'tariladi. Agar boshi, bo'yni, umurtqa pog’onasi, soni yoki boldiri shikastlangan bo lishi mumkin bo'lsa, yurak xuruji, insultdan shubha bo'lsa, u holda bemoming oyog’ini ko'tarmaslik kerak.
3. Shokni keltirib chiqargan sababni, masalan, tashqi qon ketishini bartaraf etishga harakat qilinadi. Jabrlanuvchiga tasalli beriladi. Jabrlanuvchiga hech narsa ichirilmaydi (agar jabrlanuvchi tashnalikni his etayotgan bo'lsa, labini suv bilan qo'llab turish mumkin). Ezilgan jarohat katta va og’ir buyum bilan shikast yetkazish natijasida yuzaga keladi. Bunda jabrlanuvchining yumshoq va suyak to'qimalari zararlanishi, shuningdek, oyoq-qo'l yoki tanani ezilishi natijasida yuzaga keladigan buzilishlar 174 kuzatiladi. Jabrlanuvchi imorat vayronalari ostida qolgan bo'lsa, uzoq vaqt bosilib yotish ham muskul to'qimasi zararlanishiga hamda jarohatlangan joydan toksin (zaqar)lar ajralishiga olib keladi. Bu ezilish sindromi “krashsindrom” ham deyiladi. Jabrlanuvchi vayrona ostidan qutqarib olingach, bu toksinlar qon aylanishi sistemasiga tushib, keyingi asoratlami, masalan, buyrak etishmovchiligjni keltirib chiqarishi mumkin.
|
| |